Tabiiy fanlar fakulteti


Yer qobig‘idagi ba’zi elementlarning (%) hisobida miqdori



Download 371,18 Kb.
bet7/33
Sana30.06.2021
Hajmi371,18 Kb.
#105818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati

Yer qobig‘idagi ba’zi elementlarning (%) hisobida miqdori.





C-0,35

Cu-0,01

Mn-0,10

J-0,001

S-0,10

Zn-0,02

Mo-0,001

To-0,001

N-0,4

Co-0,02

B-0,005

P-0,12

Tabiatda o‘simlik va hayvonlar organizmida, tuproq va suvda juda kam miqdorda, ko‘pincha 0,001 dan 0,0000000000001% gacha bo‘ladigan kimyoviy elementlarga mikroelementlar deyiladi.

Bunday elementlarga rux, marganes, bor, mis, molibden, kobalt, xrom, yod, brom va boshqa elementlar kiradi. Mikroelementlarning yetishmasligi o‘simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikroo‘g‘itlardan foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balkiancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi.

Mikroelementlarning ijobiy ta’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi o‘simliklarning kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshirish bilan bogiiq bo‘ladi. Ko‘pincha mikroelementlardan ultra mikroelementlar deb ataladigan guruhga ajratiladi. Bunday elementlar tabiatda 0,00001% dan ham kam bo‘ladi (oltin, simob, radiy, uran va boshqalar). Bularning aniq chegarasini belgilash qiyin, chunki «ultra» qo‘shimchasi tabiatda bunday kimyoviy elementlarning kam ekanligini ko‘rsatadi.

«Mikroelementlar» degan nomning o‘zi ham ma’lum darajada shartlidir. Tirik organizmlar va o‘simliklardagi birorta muhim biokimyoviy yoki fiziologik jarayon u yoki bu turdagi mikroelementlarsiz amalga oshmaydi.

Hozirgi paytda rux, mis, molibden, marganes, bor, kobaltning fiziologik va biokimyoviy roli anchagina o‘rganilgan, ularning o‘simliklar metabolizmidagi roli, to‘qimalardagi sintetik jarayonlardagi bevosita yoki bilvosita ishtiroki, organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri yetarlicha aniqlangan. Bu mikroelementlarning o‘simliklardagi biologik jarayonlarga, uglevod almashinuviga, oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga va fosforlanishga ta’sir etish mexanizmi o‘rganilgan.

Mikroelementlar fermentlar tarkibida ishtirok etib, nuklein almashinuvida va oqsillar sintezida tengsiz aktivator vazifasini bajaradi, o‘simlik to‘qimalaridagi turli xil birikmalarda modda almashinuvi tezligi va energiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mikroelementlar o‘simlik organizmi metabolizmida muhim fiziologo biologik vazifani bajaradi. Ular to‘qimadagi sintetik jarayonlarda qatnashadi, xususan, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida, shuningdek organizmdagi reaksiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilab beradi. Ular yetishmaganda organik moddalar sintezi, fosfor va azot almashinuvi buziladi, o‘simlik to‘qimalaridagi asosiy almashinish jarayonlari tezligi pasayadi.

Mikroelementlar tuproqda turli xil shakllarda bo‘ladi va o‘simliklarga turli darajada o‘zlashadi. O‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan mikroelementlarning tuproqda kam bo‘lishi ularda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

O‘simliklar hayotiy faoliyatida har bir mikroelement o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Masalan, mis va molibden o‘simliklar nafas olishi bilan bog‘liq bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, fotosintezda, azot va fosfor almashinuvida, shuningdek aminokislotalar va xlorofill biosintezida hamda molekulyar azot fiksatsiyasida qatnashadi.

O‘simliklar oziqlanishida misning yetishmasligi fermentlar faolligini pasaytiradi,xlorofill va nuklein kislotalarning me’yorida hosil bo‘lishi hamda oqsillar biosintezi buziladi. Buning natijasida o‘simlik hosildorligi pasayadi.

Shakar lavlagidan yuqori hosil olishda ruxning katta ahamiyat kasb etishi ham aniqlangan. Shuningdek, rux ko‘pchilik donli ekinlarda kasalliklarga chidamlilikni oshiradi. Rux yetishmaganda g‘o‘za azotning o‘zlashishi kamayadi, oqsil sintezi buziladi, natijada paxta hosildorligi pasayadi. Dala sharoitida o‘tkazilgan tajribalar natijasida mis, rux va molibden ammofos tarkibida paxta hosildorligiga va vilt bilan kasallanishning oldini olishga ijobiy ta’siri aniqlangan. Mikroelementlar o‘simlikning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosil to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Bunda kasallangan o‘simlikdagi viltning 25-27% ga kamayishi, hosildorlikning 10-13% ga ortishi aniqlangan. Kasallangan o‘simliklarda rux va molibdenga bo‘lgan talab sog‘lom o‘simlikka nisbatan katta bo‘ladi.

Mikroelementlarni asosiy o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llanilishi o‘simliklarga azot o‘zlashishini 5-9% ga va fosfor o‘zlashishini 4-5% ga

oshiradi, bu esa paxta hosildorligini 2,5 dan 7,0 s/ga ga oshishini ta’minlaydi. Turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarining har xil mikroelementlarga bo‘lgan talabi turli tuproqlarda bir xil bo‘lmaydi.

Tuproqda kerakli shakldagi bor, marganes, mis, molibden, ma’lum sharoitlarda esa kobalt, rux, yod, vanadiy va boshqa mikroelementlar yetishmasa, qishloq xo‘jaligi ekinlarida o‘ziga xos kasalliklar yuzaga keladi, bu esa hosil sifati pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda mos holdagi mikroo‘g‘itlardan foydalanish natijasida o‘simliklar kasallanishi bartaraf etiladi va o‘simlik mahsulotlari sifati yaxshilanadi.

Mikroelementlar ta’sirida ko‘pgina o‘simliklardagi saxaridlar, kraxmal yoki oqsil, vitamin va yog‘lar miqdori ortadi. Shuningdek, mikroelementlar qo‘llanilganda o‘simliklarning qurg‘oqchilikka, haroratning ortishi va pasayishiga chidamliligi ortadi, zararkunandalar va kasalliklarga chidamliligi ortadi.

Qishloq xo‘jaligining mikroo‘g‘itlarga bo‘lagan talabi keyingi paytlarda mikroelementlar bilan boyitilgan asosiy shakllardagi oddiy va kompleks mineral makroo‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirilmoqda. Ularning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Ba’zi elementlar tuproqda va tog‘ jinslarida (temir, aluminiy, kremniy) ko‘p miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa juda kamdir. Tirik organizmlardagi asosiy massani suvda oson eruvchi birikmalar va gaz hosil qiladigan kimyoviy elementlar tashkil etadi. Bularni organizm yaxshi o‘zlashtiradi. Lekin aluminiy va kremniy yer qobig‘ida juda keng tarqalgan (qum, loy, liar xil silikatlarning g‘oyat ko‘p qismi ana shu elementlardan tashkil topgan). Tirik organizmlarda esa bir necha ming marta kam chunki ular organizmda qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi.

Kobalt va nikel yer qobig‘ida tirik organizmdagiga nisbatan taxminan 100- 400 marta ko‘p bo‘ladi. Ammo tirik organizm ucliun mos birikma hosil qiladigan va tez eriydigan kimyoviy elementlar- uglerod, azot,fosfor va yod yer qobig‘ida kam uchraydi.

Organizmlar ham kimyoviy elementlar miqdorining kam yoki ko‘pligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, o‘simliklarda kremniy, aluminiy, hayvon organizmida azot, kalsiy, fosfor, bor yoki yod ko‘p bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar orasida nav yoki turlar borki, ularda bir element boshqa elementga qaraganda ko‘p miqdorda bo‘ladi.

Masalan, dengiz hayvonlarining orgnizmida yod ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning me’yorl rivojlanishi uchun 10 ta kimyoviy elementning zarurligi allaqachon isbotlangan. Bunday elementlarga kislorod, vodorod,uglerod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kiradi. O‘simlik oziqasi tarkibida yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan birortasi mavjud bo‘lmasa u qurib qoladi.[5,6,7,8,10]


    1. Download 371,18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish