Tabiiy fanlar fakulteti


ADABIYOTLAR SHARXI 1.1 Mikroo‘g‘itlar. (mikroelementlar) ning tavsifi



Download 371,18 Kb.
bet6/33
Sana30.06.2021
Hajmi371,18 Kb.
#105818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati

ADABIYOTLAR SHARXI

1.1 Mikroo‘g‘itlar. (mikroelementlar) ning tavsifi


Ta’sir etuvchi moddasi mikroelement bo‘lgan mineral o‘g‘itlarga mikroo‘g‘itlar deyiladi. Davriy sistemadagi 107 ta elementlarning 80% shu jumladan og‘ir metallarning barchasi (temir bundan mustasno) mikroelementlardir. Ular o‘simlik va hayvonlar organizmida (quruq holdagisiga nisbatan hisoblanadi) 0,01% dan oshmaydi. Har yerga solinadigan normasi 0,1-3kg dan oshmaydi. Hozirga qadar 14 ta mikroelementning hayotiy jarayonlardagi muhim

roli, ahamiyati aniqlangan.

Shular jumlasiga B, Mn, Cu, Zn, Co, Mo va boshqalar kiradi. Ular hayotiy jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim moddalar, fermentlar, gormonlar, pigmentlar va boshqalar tarkibiga kiradi. Ular o‘simliklar organizmida turli fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Masalan: ular fermentlar aktivligini oshirish orqali, uglevodorodlar almashinuviga ta’sir o‘tkazadi, fotosintez jarayonida nurni o‘zlashtirishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlatadi. Ayrim mikroelementlar o‘simliklarning ayrim foydali xossalarini kuchaytiradi. Qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamliligini oshiradi, urug‘ning rivojlanishini va pishishini tezlashtiradi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi va xokazo. Zarur mikroelementlarning etmasligi esa o‘simlik va hayvonlarda modda almashinuvini buzilishiga, ularni turli kasalliklarga chalinishiga olib keladi.

Masalan: borning etishmasligi bahorgi bug‘doy, kanop va qand lavlagini kasalliklarga chidamliligini kamaytiradi, marganets etishmasligi fotosintez intensivligini kamaytiradi, molibden etmasligi barglarda nitratlarning to‘planishiga va hosilida oqsilning kamayishiga, temirning etmasligi esa barglar xloroziga olib keladi. Biroq mikroelementlarning ko‘pi ham o‘simlik va hayvonlarga zaharli ta’sir etadi. Ayniqsa, ko‘pgina og‘ir metallar (masalan, qo‘rg‘oshin va simob) zaharli ta’sir etadi. Shuning uchun ham tuproqda mikroelementlar miqdori va sifati aniqlanishi va unga ekiladigan ekinlarning ularga bo‘lgan talabi o‘rganilmog‘i

lozim va shu ma’lumotlar asosida u yoki bu mikroelement turi va miqdoridan foydalanish kerak bo‘ladi.

Ayrim xorijiy mamlakatlarda keyingi yillarda mikroelementlardan foydalanish (tarkibida mikroelementlar saqlovchi yangi tur o‘g‘itlarning yaratilishi va ishlab chiqarilishi ayniqsa kengayib bormoqda) tez sur’at bilan o‘sib bormoqda. Mikroo‘g‘it sifatida tarkibida mikroelementlar saqlovchi tabiiy ruda minerallari, ba’zi sanoat ishlab chiqarish chiqindilari, texnik tuzlar, maxsus tayyorlangan moddalar va aralashmalar, masalan, kompleksonatlar (ichki kompleks birikmalar); firitlar (qattiq aralashmalar suyuqlanmasidan olinadigan

shishasimon yoki metalsimon donachalar) va boshqalar ishlatiladi.

Mikroo‘g‘itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o‘simlikka changlantirish (sepish) va purkash hamda urug‘larga ishlov berish yo‘li bilan ishlatiladi. Keng qo‘llaniladigan mikroo‘g‘itlarga borli, misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar kiradi.

Mikroo‘g‘itlar kuzgi, lalmi (bahorgi), texnik ekinlar uchun ham, sabzavotlar uchun ham ishlatiladi, urug‘ va danaklar ularda ivitiladi, hosildorlik yetarlicha oshadi, olinadigan mahsulotning fitoftoroz bilan zararlanishi hamda nitrat va radionuklidlar miqdori kamayadi.

Mikroelementlar mineral o‘g‘itlarning asosiy ozuqa elementlari o‘rnini bosa olmaydi, faqatgina ular ta’sirini to‘ldiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish amaliyoti ko‘rsatishicha, mikroelementlar biri o‘rnini boshqasi bosa olmaydi. Tuproqda mikroelementlar kam bo‘lganda qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yetarlicha hosil bermaydi, o‘simlik esa turli kasalliklarga chalinishi mumkin.

Fosforli, azotli va kaliyli o‘g‘itlardan foydalanish hamma vaqt ham kerakli natijani beravermaydi. Buning asosiy sababi tirik organizmlar normal hayot faoliyati uchun kerakli va kam konsentratsiyada bo‘ladigan kimyoviy elementlar mikroelementlarning tuproqda yetishmasligi yoki bo‘lmasligidadir. Binobarin, yuqori sifatli hosil olish uchun o‘simliklarning mineral oziqlanishida tuproqqa asosiy elementlardan tashqari mikroelementlarni ham to‘ldirib turish darkor bo‘ladi.

Mikroo‘g‘itlar – o‘g‘itlarning alohida muhim guruhi bo‘lib, ular ko‘pgina turli xil komponentlar bilan bir qatorda o‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan mikroelementlardir. Qishloq xo‘jaligida borli, marganesli, kobaltli, molibdenli, misli va ruxli o‘g‘itlar keng miqyosda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda ozuqa sifatida yoddan foydalaniladi.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida mikroo‘g‘itlardan foydalanish miqyosi kengayib bormoqda. Ularni makroo‘g‘itlar tarkibiga kiritishda komponentlarning ta’sirlashishi natijasida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi.

Bizni o‘rab turgan hamma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar, havo, suv, tuproq, hayvon, o‘simliklar hamda hammasi kimyoviy elementlarning aralashmasi yoki birikmasidan iboratdir. Tabiatda ba’zi elementlar tez-tez va ko‘p miqdorda, ba’zilari onda sonda va oz miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin yoki birikma holida) eng ko‘p miqdorda uchraydi. Tuproq og‘irligining 49,3% ni kislorod tashkil etadi.

Masalan, yod yer qobig‘ida atigi 0,0001% dir. Bu ikki element o‘rtasidagi farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda yer qobig‘ining tarkibi yetarli darajada to‘la o‘rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari anchagina kremniy (26%), alyuminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta element yer qobig‘i butun massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning uchun ham ular makroelementlar deb ataladi. Biz o‘rgana oladigan yer qobig‘i massasining 2% dan kamrog‘i boshqa qolgan elementlarga to‘g‘ri keladi. (1.1 jadval)


    1. jadval


Download 371,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish