Tabiiy fanlar fakulteti


Tolaning texnologik xususiyatlariga ruxning ta’siri



Download 371,18 Kb.
bet30/33
Sana30.06.2021
Hajmi371,18 Kb.
#105818
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati

Tolaning texnologik xususiyatlariga ruxning ta’siri






Tajriba varianti

Dastlabki yil

Keyingi yil

1

N 200, P2O5 140, K2O 100

kg/ga (fon)



35,5

136

sara

5,1

2,2

37,6

129,7

I

4,6

2,0

2


Fon + 0,04 %

ZnSO4*7H2O bilan chigitni ivitish


35,8

147

sara

5,1

2,2

38,0

129,2

sara

4,8

2,1

3


Fon + 0,04 %

ZnSO4*7H2O bilan chigitni ivitish + ekishgacha 2

kg/ga Zn

36,4

144

sara

5,1

2,2

38,3

128,5

sara

4,8

2,1


4


Fon + 0,04 %

ZnSO4*7H2O bilan chigitni ivitish + shonalash va gullashda 0,04 %

ZnSO4*7H2O purkash


36,4


141


sara


5,0


2,1


37,3


128,0


sara


4,8


2,1


5


Fon + 0,04 %

ZnSO4*7H2O bilan chigitni ivitish + shonalashda 2

kg/ga Zn bilan oziqalantirish


36,4


140


sara


4,9


2,1


38,3


127,0


sara


4,8


2,1


6

Shunday, gullashda

36,4

137,5

sara

5,0

2,1

37,6

128,0

sara

4,7

2,1

7

Shunday, birinchi

oziqalantirishda



36,4

141

sara

5,1

2,2

37,9

127,7

sara

4,8

2,1

8

Fon + 2 kg/ga Zn bilan

shonalashda,oziqlantirish



35,2

143,5

sara

5,0

2,1

38,2

129,2

sara

4,7

2,1

9

Shunday, 4 kg/ga Zn bilan

shonalashda oziqlantirish



36,0

143

sara

5,0

2,1

38,2

129,7

I

4,8

2,1

10

Shunday, 6 kg/ga Zn bilan

shonalashda oziqlantirish



35,7

146,5

sara

5,1

2,2

39,5

126,7

I

4,7

2,1

3.2 Kimyo sanoatidagi chiqindilarini bevosita mikroo‘g‘it sifatida foydalanilganda, o‘simlikni hosildorligiga ta’sirini aniqlash
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mikroelementlarning muhim ahamiyati va ularga bo‘lgan talabning tobora oshib borishi, sanoat oldiga qishloq xo‘jaligini istiqbolli mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash vazifasini qo‘yadi. Bu o‘g‘itlarni o‘simlik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi lozim.

Mikroelementning mutloq yetishmasligi, ayniqsa ulaming tuproq tarkibidagi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan miqdorining kamligi o‘simliklar hosildorligining pasayib ketishiga olib keladigan asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu xildagi tanqislikka misol tariqasida tortli tuproqlarda misning, nordon chimli podzol va sur tusli o‘rmon tuproqlarida molibdenning, karbonatli va qumoq tuproqlarda marganes, temir va ruxning tanqisligini keltirib o‘tish mumkin.

Qishloq xo‘jaligini jadal ravishda kimyolashtirish sharoitida ekinlarning hosildorligini oshishi minerai oziq elem entlari, jum ladan mikroelementlarning ham ko‘p miqdorda tuproqdan olib ketilishiga sabab bilan bo‘lib, bu narsa mikroelementlardan foydalanishga oid talab mezonini izdan chiqaradi. Tuproqda alohida olingan mikroelementning yetishmasligi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning samarasini to‘liq namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Mikroo‘g‘itlardan foydalanish esa o‘simlik oziqasining asosiy elementlarining samaradorligini oshishiga sabab bo‘ladi. Qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mikroelementlar bilan boyitilgan o‘g‘itlarni, jumladan kompleks o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharoitida mikroelementli o‘g‘itlarni sinab ko‘rish (ishqorlangan qora tuproq va chim podzol tuproqlarda) shuni ko‘rsatadiki, faqat bor hisobida nitroammofosdan olinadigan qo‘shimcha hosil har gektar maydonga qand lavlagisining ildizlari bo‘yicha 30-40 sentnerni, karam urug‘i bo‘yicha 2,3- 2,9 sentnerni, no‘xat doni bo‘yicha 2,1-3,7 sentnerni tashkil qiladi. Chim podzol tuproqlarga superfosfatga molibdenni qo‘shib solish pichan uchun ekilgan

dukkaklilar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda har gektariga 5-6 sentner hosil olish imkoniyatini yaratadi.

Misning keskin tanqisligida qo‘llanilgan bir qator (torf, chimbotqoq tuproqlarida) asosiy o‘g‘itlar fonida boshoqlilar deyarli don bermaydi, mis bilan boyitilgan kaliy xlor solinganda esa, arpaning hosilini 15-18% ga, sabzavotlarning hosilini 20% ga oshishiga erishish imkonini yaratadi. Mikroelementlarni asosiy o‘g‘itlar bilan birga qo‘shib qo‘llash iqtisodiy jihatdan ham ancha qulay hisoblanadi.

Masalan, qand lavlagiga nitroammofosni bo‘r bilan qo‘shib berilganda, mikroelementlardan foydalanish tufayli qo‘shimcha hosil qiymati 90 so‘mni, shartli toza daromad esa gektariga 66 so‘mni tashkil etadi.

Mikroelementlarni meneral o‘g‘itlar fonida qo‘llaganda, g‘o‘za, bug‘doy va bedaning ham hosildorligi oshganligi kuzatilgan. Qishloq xo‘jaligining mikroelementlarga bo‘lgan talabini qondirish 60-70% holatlarda ularni asosiy o‘g‘it tarkibiga kiritilish orqali va 30-40% holatlarda ildiz orqali amalga oshiriladigan hamda ekishdan oldin amalga oshiriladigan oziqlantirish orqali amalga oshirilishi lozim.

Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mumkin qadar sifatli va yuqori hosil yetishtirish, o‘simliklarni mutanosiblangan tarzda oziq elementlari bilan ta ’m inlash yoki m ikroo‘g‘itlardan foydalanishga differensial yondoshishnigina talab qilib qolmasdan, balki tuproqlarning mikroelementlar bilan ta ’minlanganlik darajasini, tuproq iqlim sharoitlarini, ekinlarni oziqlanishga bo‘lgan talabi va boshqalarni e’tiborga olishni talab etadi. Mikroelementlarning tuproqdagi harakatchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish darajasiga tuproq muhitining fiziologik nordonligi yoki mineral o‘g‘itlarning ishqoriyligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Organik o‘g‘itlarni yuqori me’yorda qollash, odatda, mikroelementlarning tuproqdagi zaxirasini va harakatchan shakldagi miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi. Sanoat chiqindilaridan mahalliy o‘g‘it sifatida foydalanish, shaharning axlat kom postlaridan, oqar suvlarning cho‘km alaridan va

hokazolardan foydalanish, odam , o‘simlik va hayvonlar uchun toksik bo‘lgan alohida mikroelementlarning tuproqda yig‘ilishiga olib keladi.

Bu kabi chiqindilarni alohida ishlov berilgandan keyingina qollash tavsiya etiladi. Azotli o‘g‘itlardan foydalanish sur'atining doimiy ravishda oshib borishi sharoitida, mikroelementlardan foydalanishga alohida e’tibor berish va bunda nitrat ham da azot o‘zlashtirilishining boshqa jarayonlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarida nitratlarning to‘planishi va ular bilan suvlarning, ayniqsa ichimlik suvining ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘p tadqiqotlarda molibdenning o‘g‘it va tuproq tarkibidagi azotni o‘zlashtirilishini yaxshilashi isbotlangan. Mikroelentlardan o‘g‘it sifatida foydalanishga qaratilgan tad qiqotlar dehqonchilikda mikroelementlardan foydalanishining amaliy jihatlarini ishlab chiqishga, ulardan foydalanishning agrokimyoviy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lmog‘i zarur.

Ular jumlasiga:


  1. tuproqni agrokimyoviy tahlil qilish asosida mikroo‘g‘itlarning samaradorligini aniqlovchi uslublarni ishlab chiqish;

  2. har xil tuproq sharoitida uzoq davom etadigan dala tajribalari o‘tkazish yo‘li bilan makro va mikroelementlarning mutanosibligini tatbiq qilish;

  3. o‘simliklardagi oziqlanish va moddalar almashinuvi jarayonida makro va mikroelementlarning o‘zaro ta’sirini, tuproq hamda o‘g‘itlar tarkibidagi asosiy oziq elementlardan foydalan ishi va ekinlar mahsuldorligiga mikroelementlar (mikroo‘g‘itlarning) ta’sirini o‘rganish.

Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning birinchisi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar tuproq va o‘sim liklar tarkibidagi mikroelementlarning chegaraviy miqdorini aniqlashga, tuproqdagi mikroelementlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan shakldagi miqdorini aniqlashning mukammal uslublarini ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, alohida tuproq iqlim zonalari, tum anlar m iqyosida ekinlarning oziqlanish xususiyatlariga, organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish darajasiga, suv bilan ta’minlanish holatiga qarabo‘rganishga asoslanadi. Ilgari

agrokimyoviy nuqtayi nazardan o‘rganilmagan mikroelement (yod, litiy, aluminiy, vanadiy, titбn, selen, rubidiy, brom va ftor) hamda alohida olingan mikroelement masalan (mis, ftor, mishyak, xrom, qo‘rg‘oshin) larning texnologik ifloslanish va atrof muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan o‘rganishga alohida e’tibor berish lozim.

Sanoat chiqindilaridan mikroo‘g‘it sifatida foydalanish bo‘yicha O‘zbekistonda ham birqancha ishlaramalga oshirilmoqda. Ma’lumki, O‘zbekistonda qazilma boyliklar juda ko‘p bo‘lib, ularni qayta ishlash jarayonida juda ko‘p chiqindilar hosil bo‘ladi. Bu chiqindilarning tarkibida esa ko‘plab mikroelem entlar mavjud. Chiqindilardan foydalanishning afzalligi shundaki, ular arzonga tushadi. Paxtachilik ilmiv ishlab chiqarish birlashmasining ma’lumotlariga qaraganda, bu chiqindilar paxtaning o‘sishi va rivojlanishiga samarali ta ’sir ko‘rsatadi, ko‘saklar sonini ko‘paytirib, hosilni oshiradi, tolaning sifatini esa yaxshilaydi.

Masalan, Oxangaron sement zavodining chiqindisi paxta dalasiga 3 yil davomida solinganda, paxta hosili 1,2-3,8 s/ga, Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi esa hosilni 1,8-3,7 s/ga oshirgan.

Sanoat chiqindilarini ayniqsa aralash holda qo‘llash juda yaxshi samara beradi.

Masalan, Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi alohida-alohida gektariga 500 kg dan solinganda, hosildorlik 3,6 va 2,7 s/ga, ular aralashtirilib, birgalikda qo‘llanilganda esa hosildorlik 5,5 sentnerga oshgan. Shuningdek, bu chiqindilar faqat tuproqqa solingan yildagina hosilni oshirib qolmasdan, ularning ta’siri keyingi 2-4 yillarda ham davom etgan. Demak, bu chiqindilarni 3-4 yilda 1 marta qo‘llash maqsadga muvofiqdir.





3.1-Rasm. Dala tajribalari o‘tkazilgan maydonlarning umumiy ko‘rinishi (Kosonsoy tumani “Cho‘ngbosh paxtakori” fermer xo‘jaligi)
Sanoat chiqindilari yerni shudgorlashdan yoki chigit ekishdan oldin tuproqning 16-18 sm chuqurligiga gektariga 400-500 kg hisobidan beriladi. Ayniqsa bu chiqindilar ularga yaqin hududlarda mahalliy o‘g‘it sifatida ishlatilsa, iqtisodiy samarasi yanada yuqori bo‘ladi.

Mikroo‘g‘itlarning paxta hosiliga ta’sirini tekshirish bo‘yicha respublikamizda bir qator tajribalar o‘tkazilgan bo‘lib, bu tajribalar Olmaliq kon metallurgiya zavodi chiqindilarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha B. Isayev tomonidan olib borilgan.

Kimyo sanoati chiqindilarini bevosita mikroo‘g‘it sifatida foydalanilganda g‘o‘zaning hosildorligiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan dala tajribalarimiz Kosonsoy tumanidagi “Cho‘ngbosh paxtakori” fermer xo‘jaligi maydonlarida olib borilgan.

3.2.1-jadval



Download 371,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish