Tabiiy fanlar fakulteti "tasdiqlayman"



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#277908
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
fargona viloyatida engil sanoatni rivozhlantirish muammolari

 

 

 

 

Manba: Farg‗ona viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 



 

Viloyatda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2014 

yildan 2017 yilgacha o‘sib borgan. 2017 yilda viloyatda 1052,2 ming kv m gilam 

va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan(8-rasm). 




52 

 

8-rasm. 



 

2.3.Farg„ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 

muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  izchil  islohotlar  jarayonida  xorijiy 

sarmoyalarni  jalb  etgan  holda  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  korxonalar  eksport 

salohiyatini  yuksaltirishga  qaratilayotgan  alohida  e‘tibor  iqtisodiy  barqarorlikni 

ta‘minlash, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‗layotir.  

O‗tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yengil 

sanoatda  130  dan  ortiq  loyiha  ishga  tushirildi.  Qo‗qon  shahridagi  ―Indorama 

Kokand  Tekstayl‖  qo‗shma  korxonasi,  Beshariq  tumanidagi  ―Beshariq 

to‗qimachi‖,  Uchko‗prik  tumanidagi  ―Xumo  to‗qimachi‖  mas‘uliyati  cheklangan 

jamiyatlari,  Bag‗dod  tumanidagi  ―Fergana  spinning‖  qo‗shma  korxonasi  kabi 

ko‗plab  korxonalarda  istiqbolli  loyihalar  amalga  oshirilib,  yangi  turdagi 

mahsulotlar  ishlab  chiqarish  o‗zlashtirildi.  Farg‗ona  shahrida  ish  boshlagan 

―Fergana oseana textile‖ O‗zbekiston – Tailand qo‗shma korxonasi yiliga 3 ming 

600  tonna  paxta  xomashyosidan  sifatli  ip-kalava  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega. 

Korxona mahsulotlari Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoyga eksport qilinmoqda. 



53 

 

Marg‗ilon shahridagi ―Teksajen‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida keyingi 



uch  yilda  keng  ko‗lamli  modernizatsiya  ishlari  amalga  oshirilib,  zamonaviy 

texnologiyalar o‗rnatildi. Ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sifati yanada oshgan 

korxonada  ayni  paytda  100  dan  ziyod  ishchi  mehnat  qilmoqda.  Ishlab 

chiqarilayotgan  ip-kalava  mahsulotlari  raqobatbardoshligi  va  yuqori  sifati  bilan 

xaridorlarga  manzur  bo‗layotir.  Mazkur  jamiyatda  kuniga  8  tonnaga  yaqin  ip-

kalava  ishlab  chiqarilib,  tayyor  mahsulotlar  Rossiya,  Xitoy,  Eron  va  Turkiya 

davlatlariga eksport qilinmoqda.  

Raqobat tobora kuchayib borayotgan xalqaro bozordagi o‗zgarishlar sifatli, 

eksportbop  mahsulot  turini  ko‗paytirishni  taqozo  etmoqda.  Mamlakatimizda 

eksportchi  korxonalarning  har  tomonlama  qo‗llab-quvvatlanayotgani  ishlab 

chiqarishni rivojlantirish va eksport hajmini oshirish imkoniyatini kengaytirmoqda. 

Joriy  yilda  korxonada  yangi  loyiha  asosida  choyshablar,  bolalar  futbolkalari  va 

paypoqlar ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish rejalashtirilgan.  

Respublikada  keng  turdagi  sifatli  yengilva  tikuv-trikotaj  mahsulotlari 

(keyingi  o‗rinlarda  yengilmahsuloti  deb  yuritiladi)  ishlab  chiqarilishini  tashkil 

etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, 

mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  eksport  salohiyatini  oshirishga  qaratilgan 

kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

O‗tgan davr mobaynida yengilva tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o‗rinlarda 

yengilsanoati  deb  yuritiladi)  rivojlantirish  uchun  zarur  huquqiy  baza  va  qulay 

sharoitlar shakllantirildi. 

Shu  bilan  birga,  o‗tkazilgan  o‗rganishlarda  mamlakat  yengilsanoatining 

izchil  rivojlanishiga  to‗siq  bo‗layotgan  qator  tizimli  muammolar  aniqlandi, 

xususan: 

birinchidan,  yengil  sanoatining  boshqaruv  tizimi  tarmoqning  zamonaviy 

rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning 

to‗planib  qolishiga  olib  kelmoqda  hamda  uning  jadal  modernizatsiya  qilinishiga 

to‗sqinlik qilmoqda; 




54 

 

ikkinchidan,  milliy  standartlar  va  yengil  sanoat  mahsulotlarining  sinovlari 



bo‗yicha  laboratoriyalarning  xalqaro  standartlar  va  talablar  bilan  uyg‗unlashtirish 

ishlarining  qoniqarsizligi,  shuningdek,  sifat  menejmenti  zamonaviy  tizimlarini 

joriy  etishning  past  darajada  ekanligi  mahalliy  mahsulotlarni  yirik  xorijiy  savdo 

bozorlariga  chiqarishga,  eksport  salohiyatini  yuksaltirishga  hamda  mahsulotlar 

sifati va xavfsizligiga bo‗lgan ishonchni oshirishga to‗siq bo‗lmoqda; 

uchinchidan, 

tarmoqqa 

zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  joriy  etish  darajasi  mavjud  muammolarni  tizimli  tahlil  qilish  va 

yengilsanoati  rivojlanishining  istiqbolli  yo‗nalishlarini  belgilash  uchun  shart-

sharoit yaratmayapti; 

to‘rtinchidan,  xom  ashyo  va  ishlab  chiqarish  resurslarining  nooqilona 

taqsimlanishi,  logistika  va  muhandislik  infratuzilmasini  tashkil  etishdagi 

kamchiliklar  ishlab  chiqarish  quvvatlari  ancha  qismining  to‗xtab  qolishiga, 

iqtisodiy  yo‗qotishlarga  va  oqibatda  mahsulotlar  tannarxining  oshishiga, 

shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda; 

beshinchidan,  yengilyarim  tayyor  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  eksport 

qilishning  barqaror  ustunlik  qilishi,  yuqori  qo‗shilgan  qiymatli  tayyor 

yengilmahsulotlarini 

ishlab 

chiqarish 

va 

jahon 


bozorlarida 

munosib 


raqobatlashishga qodir bo‗lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada 

emasligi yengilsanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;  

oltinchidan,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  yengilsanoatining  real  ehtiyojlariga 

javob  bermaydi,  tarmoqni  rivojlantirishning  dolzarb  masalalari  bo‗yicha 

o‗qitishning  innovatsion  yo‗nalishlarini  joriy  etish  va  ilmiy  tadqiqotlarni 

chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo‗lga qo‗yilmagan.  




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish