Vodorod elektrodni nitrat, xlorat,
permanganat, manganat, temir (III) singari
oksidlovchilar va qaytaruvchilar bo'lgan, shuningdek to'yinmagan organik birikmalar,
aminlar, nitrofenollar, alkaloidlar ishtirok etganda ishlatib bo'lmaydi.
Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi
hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori
bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali
organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan
ionlar va ionogen
birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda
harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-
chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi
orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning
uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-
Kt2+lar ionit membranani tashkil etuvchi birikmalardir.
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va
qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir.
Elektrod tarkibiga simob va
kalomel (Hg2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham
kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko`ra, elektrod uch xil bo`ladi.
1. To`yingan kalomel elektrod
—
kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan,
uning elektrod potensiali +0,2488 F(t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik
darajasi va harorat koeffitsienti ancha yuqori.
2. Normal kalomel elektrodi
—
kaliy xloridning 1N eritmasi bilan to`ldirilgan. Uning
potensiali +0,2828 V (t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq
boladi.
3. Detsinormallik
kalomel elektrodi
—
0,1N kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldirilgan,
uning potensiali +0,3365 K(t=25°C).[19]
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko`p ishlatiladigan elektrod. Bu
elektrodning potensiali +0,2224 F(t=25°C), uning doimiylik darajasi yuqori,
elektrodning o`lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin.
Elektrod, ko`pincha kumush va platina simiga elektrolitik cho`ktirilgan kumush yoki
kumush xlorid asosida tayyorlanadi.
Bevosita potensiometriya.Bu potensiometriya oksidlanish-qaytarilish potensialini,
vodorod va boshqa ionlar aktivligini (ionometriya),
turli xil fizik-kimyoviy
konstantalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bevosita potensiometriyada o`lchanadigan
potensial taqqoslash (E) va indikator (£.) elektrodlari hamda «suyuq birikma» (E)
potensiallaridan tashkil topadi:
Ec potensial ikki xil konsentratsiyali suyuqliklar chegarasida har xil zaryadli ionlarning
(kation va anion) turli tezliklarda tarqalishi tufayli yuzaga keladi.
Ayrim elektrodlar uchun const indikator elektrodining standart potensialiga teng,
membranali elektrodlar uchun bu qiymat asimmetriya potensiali bilan belgilanadi.
Membranani yasashda ichki va tashqi sirtlarning farqli bo`lishi va elektrod sirtining
mexanik va kimyoviy ta`sirlar natijasida o`zgarishi tufayli asimmetrik potensial yuzaga
keladi. Asimmetrik potensialning ta`sirini yo`qotish uchun elektrodni doimiy ravishda
bufer eritma yordamida darajalab turish zarur.
Ionometriya potensiometrik tahlilning istiqbolli usullaridan biri bo`lib,
uning asosiy
vazifasi turli kation va anionlar uchun selektiv
—
qaytar elektrod yaratish, ularni
qo`llash va o`rganishdan iboratdir. Qadimdan ma`lum bo`lgan
pH-metriya
ionometriyaning bir turidir. Kation va anionlarni aniqlashga qarab, ionometriya usuli
kationometriya va anionometriyaga bo`linadi. Hozir 100 dan ortiq ion va moddaga
selektiv bo`lgan elektrodlar mavjud. Sanoat korxonalari ko`plab ionomerlar ishlab
chiqarmoqda. Ularning qo`llanilish sohalari ham kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: