Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,16 Mb.
bet8/127
Sana26.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#465429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
majmua

PEROKSISOMALAR. Protoplazmadagi so‘nggi yillarda aniqlangan juda kichik organoidlardan biri peroksisomalardir. Peroksisoma hajmi jixatidan mitoxondriyalarga yaqin turadi, dumaloq shaklda bo‘lib, diametri 0,2-1,5 mkm. Peroksisomalarda yorug‘likda nafas olish (fotodыxanie) fermentlari ko‘roq shuning uchun ham ular barglarda ko‘p bo‘ladi.
GLIOKSISOMALAR. Glioksisomalar ham peroksisomalar guruhiga kiradi. Bu organoidlar unayotgan urug‘ hujayralarida hosil bo‘ladi. Ularda asosan yog‘ kislotalarini o‘zgartirib, shakar hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar ko‘proq to‘planadi.
SFEROSOMALAR. Bu organoidlarni 1880 yilda Ganshteyn kashf etgan va mikrosoma deb nom bergan. Keyinchalik shakliga qarab, sferosoma deb yuritila boshlandi. SHakli dumalok, yorug‘likni kuchli singdirish qobiliyatli, diametri 0,5-1 mkm. Endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi va ajralib chiqadi, asosan ferment lipaza ko‘p bo‘lganligi yog‘larning ko‘prok sintez qilinishi va to‘planishiga sharoit yaratib beradi. Bajaradigan funksiyalari lizosomalarnikiga ham o‘xshab ketadi.
VAKUOLALAR. O‘simlik hujayrasining tirik organoididir. O‘simlik hujayralarining protoplazmasi tarkibida juda ko‘p suv bo‘lishi bilan hayvon hujayrasidan farq qiladi. SHuning uchun ham o‘simlik hujayrasida vakuola tizimi yaxshi taraqqiy etgan. YOsh hujayralarda vakuola o‘rniga endoplazmatik to‘r kanallarida joylashgan pufakchalar bo‘ladi. Hujayraning voyaga etish jarayonida bu pufakchalar bir-biri bilan qo‘shilib yiriklasha boshlaydi va endoplazmatik to‘rdan ajralib, hujayra markazidagi yirik va yagona vakuolaga aylanadi. Uni o‘rab turgan membrana endoplazmatik to‘r tonoplast, vakuolani to‘latib turgan suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Voyaga etgan hujayralarning markazida yagona vakuola hosil bo‘lib, uning hajmi umumiy hujayra hajmining 90 foizigacha etishi mumkin. Hujayra shirasining 96-98 foizi suvdan iborat bo‘lib, uniig tarkibida modda almashinish jarayonida ajralib chiqqan organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, uglevodlar, alkaloidlar, glikozidlar, oshlovchi moddalar, xar xil tuzlar, efir moylari, pigmentlar va boshqalar bo‘ladi. Vakuolalarning asosiy biologik roli shundaki, ular o‘zlarida to‘plangan konsentratsiyali hujayra shirasi hisobiga osmotik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Natijada hujayraning so‘rish kuchi, turgor bosimi va suv rejimi boshqariladi.
PROTOPLAZMA. Protoplazma hujayra ichidagi sitoplazma va organoiddar bilan birgalikda bir butunni tashkil etib, unda metabolitik jarayonning murakkab reaksiyalari sodir bo‘ladi.Sitoplazma protoplazmaning asosiy qismini tashkil etuvchi suyuqlikdir. Boshqa organoidlar asosan sitoplazma ichida joylashadi. Ularning hosil bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zlarining funksional vazifalarini bajarishlari uchun faqat sitoplazma ichidagina optimal sharoit bo‘ladi. O‘simlik hujayrasini to‘ldirib turgan sitoplazma uch qavatdan iboratdir. Sirt tomondan hujayra devoriga yopishib turuvchi qavati—plazmolemma ya’ni tashqi membrana deyiladi. Ichki qavati vakuoladan chegaralanib turadi va u tonoplast yoki ichki membrana deyiladi. Sitoplazmaniig o‘rta qavati mezoplazma deyiladi. Hujayraning metabolitik jarayonida ishtirok etuvchi barcha organoidlar sitoplazmaning mezoplazma qavatida joylashgan. Sitoplazma shilimshik, rangsiz, tiniq, yarim suyuq xolatdagi modda. Protoplazmaning kimyoviy tarkibi juda murakkab bo‘lib, organik va anorganik birikmalardan iborat. Ular kolloid va erigan holda bo‘ladi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish