Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi



Download 28,52 Mb.
bet44/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor yeritmasida qaynatib, yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskopda ko‘rinadi. Bargning yuqori epidyermisi ko‘pburchakli yoki yumaloq, biroz egri-bugri devorli, pastki epidyermisi esa egri-bugri devorli hujayralardan tashkil topgan. Ustitsalar asosan pastki epidyermisda joylashgan bo‘lib, 2 ta epidyermis hujayrasi bilan o‘ralgan (labguldoshlar oilasiga xos). Bargdagi tuklar ikki xii bo‘ladi: oddiy (3—4 ta kichkina va bitta uzun egri-bugri hujayrali) hamda boshchali tukchalar. Boshchali tuklari mayda bo‘lib, 1—3 ta mayda hujayrali qisqa oyoqchadan va yumaloq shaklli bir hujayrali boshchadan tashkil topgan. Boshchali tuklar asosan barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Efir moyili bezlar tuklar ortida deyarli ko‘rinmaydi. Bu bezlar yumaloq shaklli bo‘lib, efir moyi ishlab chiqaradigan, radius bo‘yicha joylashgan 8 ta hujayradan tashkil topgan (8-rasm).
Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning barcha organlarida efir moyi bo‘ladi. Barg tarkibida 0,5—2,5% efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi. Dorivor marmarak bargining preparatlari burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida, og‘iz (stomatit va gingivit kasalliklarida) va tomoqni chayqash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Marmarak bargi tomoq, ko‘krak, yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, me’da kasalliklarida va ich ketishiga qarshi ishlatiladigan yig‘ma-choylar tarkibiga kiradi. Marmarak bargidan „Salvin“ dorivor preparati olinadi. Uning suvdagi yoki natriy xloridning izotonik yeritmasidagi 0,1 va 0,25% li yeritmalari og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali yallig‘lanish kasalliklari (gingivit, stomatit, parodontoz), yiringli, tropik va suyaklarning oqma yaralarini davolashda qo‘llaniladi.
EVKALIPT
O‘simlikning nomi. Chiviqsimon evkalipt — Eucalyptus viminalis Labill., kulrang evkalipt — Eucalyptus cinyerea F. et Mull., sharsimon (zangori) evkalipt — Eucalyptus globo’lus Labill., mirtadoshlar — Myrtaceae oilasiga kiradi (20-rangli rasm). Chiviqsimon evkalipt 50 m gacha balandlikdagi doim yashil daraxt. Poya po‘stlog‘ining po‘kagi silliq, oq rangli, qariyb butunlay ko‘chib tushib ketadi. Yosh barglari tor yoki keng lansetsimon, yaltiroq, och yoki to‘q yashil, uzunligi 5—10 sm, eni 1,5—3 sm bo‘lib, bandsiz (yoki poyani o‘rab oluvchi), poyada qarama-qarshi joylashadi. Qari barglari lansetsimon yoki o‘roqsimon biroz qayrilgan, uzunligi 11—18 sm bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan soyabonga to‘plangan. Kulrang evkalipt bo‘yi 25 m gacha bo‘lgan doim yashil daraxt. Po‘stloq po‘kagi to‘q jigarrang, shoxchalaridagisi — qizg‘ish oq rangli, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ko‘chadi. Yosh barglari tuxumsimon, dumaloq yoki yuraksimon-lansetsimon shaklli, uzunligi 3,5—4,5 sm, eni 3—5,5 sm bo‘lib, bandsiz yoki qisqa bandi bilan qarama-qarshi o‘rnashgan. Qari barglar yuraksimon-lansetsimon, tuxumsimon yoki lansetsimon, uzunligi 10—13 sm, eni 5 sm gacha bo‘lib, bandsiz yoki qisqa bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan soyabonga to‘plangan. Zangori evkalipt bo‘yi 50—70 m ga yetadigan doim yashil daraxt. O‘simlikning yosh barglari zangori, tuxumsimon, qalin mum qavati bilan qoplangan bo‘lib, poyada bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. 3—4-yilgi barglari esa to‘q yashil, ingichka lansetsimon, o‘roqqa o‘xshash egilgan bo‘lib, qisqa bandlari bilan poyada ketma-ket va yyerga nisbatan tik o‘rnashgan. Shuning uchun evkalipt daraxti soya byermaydi. Guli yakka-yakka, bandsiz, barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Gulkosachasi naychasimon, onalik tuguni bilan birlashgan. Gul g‘unchasida kosacha qopqoq bilan yopilgan bo‘lib, otaliklari va 4 ta tojbargini byerkitib turadi. Gul ochilganidan keyin qopqoq tushib ketadi. Otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni pastda joylashgan. Mevasi — to‘rt qirrali chanoq. Evkalipt turlari juda tez o‘sadigan yirik daraxt bo‘lib, 3 yoshdagisining uzunligi 8 m, 10 yoshdagisi 25 m keladi. Ba’zi turlarining bo‘yi 150 m gacha, tanasining yo‘g‘onligi esa 25 m gacha yetadi. Evkalipt — 3,5 yoshidan gullay boshlaydi. Evkalipt turlari, asosan, barglarining tashqi tuzilishi bilan birbiridan farq qiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish