Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet83/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

1. Atsidofil o‘simliklar - kislotali tuproqda o‘suvchi indikator
o‘simliklar. Bu guruh o‘simliklarga botqoqlikda o‘suvchi torf moxi, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klyukvasi (Oxycocus auadripetohis), o‘tloqlarda o‘suvchi belaus, brusinka, chyernikalar ham kiradi.
2. Neytral muhitli tuproq o‘simliklari. Bu guruhga eng muhim em-xashak o‘simliklaridan o‘tloq ovsyanitsasi, o‘tloq timofieevkasi, sebarga, tog’‘ sebargasi, sariq beda (M. falcafa), Sibir borsheviki, zira va shu kabilar kiradi.
3. Bazifil o‘simliklar - ishqorli muhitli tuproq o‘simliklari -
indikatorlari. Bo’larga dasht va cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simliklar kiradi. Cho‘l mintaqasining qumli tuproqlarida psammofitlar deb atalgan o‘simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo‘lib, ularga singrenlar, oq saksovul, qandim, quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, iloqlar misol bo‘la oladi.
Psammofit o‘simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda reduksiyalashgan(saksovulda), meva va urug‘lari qumda o‘rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko‘rsatuvchi o‘simliklar– indikator turlar deyiladi. Masalan, plaun alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qarag‘ay va makkajo‘xorilar oltinga boy tuproqlarda o‘sadi.
4. Indiffyeren o‘simliklar. Bo’larning tipik vakili landish o‘simligi hisoblanadi. Bunday o‘simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o‘sa oladi.
Tuproqning tuz rejimiga o‘simliklarning reaksiyasi. Makro va mikro elementlarning o‘simliklar uchun ahamiyati
Tuproq yeritmasidagi makro va mikro elementlarni o‘simliklarning hammasi ham bir xilday qabo’l qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo‘ladi. SHu sababli ba’zan ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin. SHunga qaramasdan o‘simliklar bu xil mikroelementlarni tuproqdan olib o‘z tanasida saqlash xususiyatiga ega. Masalan, qoqio‘tdoshlar, ayiqtovondoshlar oilalariga kiruvchi o‘simliklar tarkibida litiya ko‘proq, astragal, selen, el, barglarida marganets ko‘p uchraydi. Suvdagi suvo‘tlarda yod va brom ko‘p uchraydi. Masalan, Laminariya o‘simligi tarkibida yodning miqdori 0,1-0,5% uchragan holda dengiz suvida esa bu ko‘rsatgich 0,000005% ga teng. Karamgullilar va soyabongullilar oilalariga kiruvchi o‘simliklarda olitingugurtning miqdori boshqa oila vakillariga qaraganda 5-10 barobar ko‘pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uchrasa lavlagi, kartoshka tarkibida kaliy, magniy, tilog‘och va sho‘radoshlar oilasi vakillarida ko‘pincha soda ko‘proq uchraydi.
T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o‘simliklar o‘t o‘simliklariga qaraganda minyeral moddalarni 10-15 barobar kamroq qabo’l qilishadi. Daraxt o‘simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli ular qishloq xo‘jalik ekinlari o‘smaydigan unumsiz tuproqlarda ham bemalol yashayvyeradilar. Bunday holatga, ayniqsa, qarag‘ay o‘ta chidamlidir. O‘simliklarning yoshi o‘tishi bilan ularning minyeral moddalarga bo‘lgan talabi o‘zgarib boradi. Daraxtsimon o‘simliklarda azot va minyeral moddalarga bo‘lgan talabi ularning o‘sishi davrida kuchli bo‘lsa g‘allasimon o‘simliklarda esa naychalash va boshoq hosil bo‘lishi davrida bo‘ladi. Dorivor o‘simliklarda bu ko‘rsatkichga talab gullash va gullashdan oldin kuzatiladi.
Tuproq unumdorligiga nisbatan o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1.Evtrof o‘simlikla - unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar(yasen,
zarang, dub va boshqa daraxt o‘simliklar).
2. Oligotroflar–tuproq unumdorligiga kam talabchan o‘simliklar. Bu guruhga daraxtlardan oddiy qarag‘ay kiradi.
3.Mezotrof-kam unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar bu guruhga o‘tloq va o‘rmon zonasinig o‘simliklari kiradi.
O‘simlik uchun eng muhim kimeviy elementlar bo’lar azot, fosfor va kaliydir. Shuning uchun o‘simliklarga o‘g‘it byerganda kompleks, ya’ni NPK (azot, fosfor, kaliy) byeriladi.
Azot o‘simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofil tarkibiga kirganligi sababli u hamma o‘simliklar uchun eng kyerakli muhim element hisoblanadi. Azot etishmasa o‘simliklar bargi och yashil rangda bo‘ladi. Bundan tashqari o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi va moddalar almashuvida aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo‘ladi. O‘simliklar uchun azotning manbai nitratlar, ammoniy tuzlari va azot to‘plovchi baktyeriyalar hosil qiladigan biologik azotlardir. Azot etishmaganda g‘allasimon o‘simliklarda quyidagi o‘zgarishlar bo‘ladi: poyalari ingichka, barglar kichik va dag‘al, ularning hujayralari mayda va hujayra po‘sti qalin bo‘ladi. YOsh barglar och yashil rangda, biroq qarigan barglar sariq, qizil ranglarga kira boshlaydi. O‘simlikning o‘sishi va tuplanishi juda sust bo‘ladi. Bu hollarda azot byerish tavsiya etiladi. Azotning ko‘pligi ham o‘simliklarga zarar keltiradi. ya’ni azot ko‘p bo‘lib, kaliy va fosfor etishmasa o‘simliklarda yupqa po‘stli katta va ko‘p suvli barglari hosil bo‘ladi. Bu o‘simliklar bargida azot konsentratsiyasi kuchli bo‘lib, bu xil o‘simliklar sovuqqa chidamsiz va hasharotlar tomonidan ko‘proq zararlanadi. Azot qand lavlagi bargining o‘sishini tezlashtirsa ham uning ildiz mevasidagi qand miqdorini pasaytiradi.
Fosfor xuddi azotdek o‘simliklar uchun eng muhim kimyoviy element bo‘lib, u ham nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Yosh myeristimatik hujayralarda keksa hujayralarga qaraganda fosfor ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari fosfor modda almashinish va fotosintez jarayonlarida ham muhim rol o‘ynaydi. Yuqori enyergiyaga ega fosforlar ko‘pincha ATF da bo‘ladi. Fosfor etishmasa o‘simliklarning rivojlanishi susayadi. Ya’ni ildiz, poya va barglari rivojlanmaydi. Poyasi ingichka, barglari dag‘al bo‘lib, rangi ko‘k yashil bo‘ladi, antatsion pegmentlarining ko‘pligidan barglari ba’zan bronza rangda bo‘ladi. Tuplanish intensivligi va meva byeradigan poyalari keskin qisqaradi. Fosfor ko‘pincha o‘simliklarga ekishdan yoki ko‘chatni o‘tkazishdan oldin byeriladi.
Kaliy. Ammoniy ionlaridan aminokislotalar va proteinlarni sintez qilishda kaliyning o‘rni katta. Fotosintez jarayoni ham kaliy ishtirokida bo‘lib turadi. Kaliyning etishmasligi natijasida barglarning O2 ni qabo’l qilish jarayoni susayadi. Ko‘p azot me’yori qand lavlagi ildizidagi qand moddasini kamaytirsa, kaliy esa ko‘paytiradi. Kaliy etishmasligidan ko‘pincha o‘simliklarning ostki barglari quriy boshlaydi, ildiz va ildiz mevalari yaxshi rivojlanmaydi. Masalan, kaliyning ko‘payishi bilan kartoshka tugunagi va undagi kraxmalning miqdori doimo oshib boradi. Kartoshkadan tashqari kaliyga nisbatan talabchan o‘simliklardan qand lavlagi, meva - sabzavot(olma, smorodina) ekinlarini ham ko‘rsatish mumkin. Kaliy etishmasa ko‘pchilik o‘simliklar past haroratga nisbatan chidamsiz bo‘lib qolishadi. Demak, g‘allasimon o‘simliklarga va mevali daraxtlarga kaliy etarli byerilsa, ularning tarkibida qand moddasining ko‘p to‘planishi natijasida sovuqqa chidamlilik xususiyati ortadi. Kaliy etishmasa o‘simliklarda poyalari qisqa, barglari kichik burshaygan, ko‘k yashil va jigar ranglarda bo‘ladi. Kaliy o‘simliklarga azot va fosfor bilan birgalikda yerta bahorda byeriladi.
Kalsiy. Myeristimatik hujayralarning o‘sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy etishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To‘qimalar tarkibida kalsiy ko‘payib ketsa, o‘simliklarning magniy va kaliy elementlarini pasaytiradi. Kalsiyga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Kalsiefillar - kalsiy ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar (bo‘takuz, astra, daraxtlardan buk, tilog‘och, oddiy archalar).
2.Kalsiefoblar - kislotali tuproqda o‘suvchi o‘simliklar(torf moxlari, choy, kashtan).
Kalsiyga nisbatan indeffyerent o‘simliklar (befarq o‘simliklar). Bo’lar kislotali tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o‘savyeradi (landish).

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish