Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet81/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

4) Kapillyar suv tuproq g‘ovaklarida kapillyar-me­nisk kuchi ta’sirida ushlanib turadi, kapillyar oraliqlar qancha tor bo‘lsa, kapillyar-menisk kuchi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproqning kapillyarlar orqali suvni yuqoriga ko‘tarib byerish xossasi uning suv ko‘tarib byerish qobiliyati deb ataladi. Kapillyar suv har akatchan bo‘ladi, uning joydan-joyga ko‘chib yurishi o‘simliklar jadal iste’mol qilishida sarflanadngan suv zaxiralarining o‘rni to‘lishini ta’minlaydi. U moddalarni oson yeritadi va unda yerigai organik ham da minyeral moddalar o‘simlik organlari bo‘ylab har akatlanadi. Kapillyar suvning bug‘lanishi yerlar sho‘rlanishida rol o‘ynaydi. Kapil­lyar xoshiya deb ataladigan qatlam, ya’ni sizot suvlar satxidan ko‘tarilgan nam qatlam hosil qiluvchi kapillyar-tiralgan suvning ko‘tarilish balandligi tuproq strukturasiga va mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qumli va qumloq tuproqli yyerlarda bunday ko‘tarilish balandligi 40—60 sm dan oshmaydi. Lekin qumoq va soz tuproqli yyerlarda 2—7 m ga etadi. Kapillyar-tiralgan suv sarflanganda (o‘simliklar va bug‘lanish orqali) uning o‘rni sizot suvlar xisobiga to‘ladi. Agar sizot suvlar sathi ko‘tarilsa, kapillyar hoshiya satxi ham ko‘tariladi yoki aksincha. Agar sizot suvlar bilan kapillyar suv o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, u holda kapillyar-muallaq suv hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda uning tuproq profili buylab tarqalishida chuqurlik oshgan sari namlik asta-sekin kamaya boradi. Kapillyar-muallaq suvning har akatlanish tezligi uncha katta emas.
Tuproqdagi kapillyar suvning har akatchanligi va har akatlanish tezligi tuproq namligiga va boshka fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar tuproqning namligi yuqori bo‘lsa (sizot suvlar satxi yuqori bo‘lgan vaqtda), kapillyar suv tez har akatlanadi namlik pasayganda esa har akati susayadi. Soz tuproqli yerlarda suvning kapillyarlar bo‘ylab har akatlanishi yuqori bo‘lib, unda nam uzoq masofaga siljishi mumkin. Og‘ip soz tuproqli yerlarda mayda kapillyarlardagi suv katta kuch bilan ushlanib qoladi, shunga ko‘ra, suvning kapillyarlar orqali siljishi juda sust bo’ladi. Lyossimon qumoq va lyoss (sog‘) tuproqlarda kapillyar suv eng yuqori va juda tez ko‘tariladi (O‘zbekistonda va Kaspiybo’yi pasttekisligida).
5) Tuprokdagi yerkin suv og‘irlik kuchi ta’sirida vyertikal siljish xususiyatiga ega. U yuqori darajada yerituvchanlik samaradorligiga ega bo‘lib, yerigan xolatdagi tuzlar va kolloid yeritmalar ana shu suv bilan birga har akatlanadi. Tuproqda yerkin suv ko‘p miqdorda bo‘lsa, o‘ta namlikka, botqoqlanishga va byerchlanish protsesslarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Yerkin suv ba’zan gravitatsion, sizot, yuza bog‘langan va muz shaklidagi turlarga bo‘linadn.
Gravitatsion suv pastga yoki yon tomonga siljiydi, shuningdek, sizot suvlargacha etib borib, ular satxining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Sizot (grunt) suvlar tuproqning barcha bo‘shliqlari yerkin suv bilan to‘lishidan yoki chuqur yer osti suvlari bosim kuchi ta’sirida ko‘tarilishidan hosil bo‘ladi. Sizot suvlar satxi, odatda, tuproq yuzasi relefini takrorlaydi. Sizot suvlar sathi yuqori bo‘lganda yoki ular kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilganda anayerob protsesslar rivojlanadi, arid iqlim sharoitida esa sizot suvlar ko‘p bug‘lanishi natijasida ko‘p miqdorda tuzlar to‘planadi. Qumli yerlarda va toshloqlarda sizot suvlar eng har akatchan bo‘ladi. Birmuncha pastlik yerlarda sizot suvlar satxi yer yuzasiga yakin (1 —1,5 m) joylashgan bo‘ladi va kapillyarlar orqali o‘simliklarni suv bilan ta’minlab turadi. Suv ayirg‘ichlarda sizot suvlar chuqur (10—15 m gacha) joylashgan bo‘ladi va o‘simliklar uchun deyarli aham iyatga ega bo‘lmaydi. Lekin ildiz sistemasi juda chuqur kirib o‘sadigan ba’zi daraxtlar 20—30 m gacha chuqurlikdagi sizot suvlardan foydalana oladi. Ko‘pchilik daraxt va butalar uchun 10—12 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlarning hech qanday foydasi yuq. Ayrim madaniy o‘simliklar (lavlagi, g‘o‘za, beda) 2—3 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlardan foydalana oladi.
Sizot suvlarning minyerallashish darajasi katta aham iyatga ega. Chunonchi, uning tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, bunday suv o‘simliklar uchun kam foydali bo‘ladi. SHunga ko‘ra, 0,5—3,0 g/l optimal konsentratsiya hisoblanadi; yuqori konsentratsiya (12—15 g/l) o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 30—50 g/l konsentratsiyali sizot suvlardan esa faqat galofitlar foydalana oladi. Shunday qilib, sizot suvlar qancha chuchuk va satxi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishida shuncha foydali bo‘ladi. Zich o‘simlik qoplami orqali transpiratsiya protsessida ko‘plab suv sarflanishi oqibatida sizot suvlar satxi pasayib ketishi mumkin. Bu, odatda, tuproqning botqoqlanish protsessi susayishiga, arid zonada (masalan, daraxtlar kanallar bo’yicha o‘stiriladigan joylarda) esa tuproqning sho‘rlainshiga olib keladi. Kuzda, ya’ni transpiratsiya protsessi ancha kamaygan vaqtda sho‘rlanish kuchayadi.
Yyer yuzasidagi yerkin suv oqimi yerga singish tezligidan yuqori bo‘lgan vaqtda yerning nishabi bo’yicha oqa boshlaydi. Muz holatidagi yerkin suv o‘simliklar uchun foydasiz xisoblanadi. Lekin qish davrida muz xolatidagi yerkin suv va ayniqsa «doimiy muzliklar» hosil bo‘lishi tuproqning suv rejimida va o‘simlik qoplami har aktyerida sezilarli iz qoldiradi. Mamlakatimiz shimoli-sharqidagi juda katta tyerritoriya va Osiyo qismining shimoli doimiy muzliklar ta’sirida bo‘ladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish