Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


To‘qaylarning tuprog‘i bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqdan iborat



Download 28,52 Mb.
bet125/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

To‘qaylarning tuprog‘i bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqdan iborat. Yuqori mintaqalarda toshloq maydonlar ham uchraydi. To‘qaylardan qishloq xo‘jaligida, chorva mollarini boqishda ma’lum darajada foydalaniladi. Professor I.I.Granitov, bunday joylarni kelgusida o‘zlashtirish kyerakligi haqida gapirib, u yyerlarda kichik-kichik suv omborlari barpo etish lozimligini ta’kidlagan edi. To‘qaylar daryo yoqalariga yaqin bo‘lganligidan u bu yyerda o‘sadigan o’simliklar juda turli-tumandir. Quyida to‘qayzorlarda ko‘p o‘sadigan dorivor o‘simliklarning ba’zilari bilan tanishib o‘tamiz.


To‘qay zonasi ayrim dorivor o‘simliklarining biologiyasi va ekologiyasi hamda tibbiyotdagi va xalq ho‘jaligidagi ahamiyati


I ngichka bargli jiyda (qush jiyda, qarg‘a jiyda)-Elaeagnus angustifolia L.


Qushjiyda (Elaeagnus angustifolia L.) jiydadoshlar oilasiga mansub, balandligi 8 m keladigan, po‘stlog‘i qo‘ng‘ir-qizil rangli daraxtdir. Yosh novda va barglari kumushsimon oq tukchalar bilan qoplangan. Bargi ellipssimon shaklda bo‘lib, uzunligi 3,5—7 sm va eni 0,7— 1,8 sm, bandi 1,2 sm gacha bo‘ladi. Guli xushbo‘y hidli, gulbandli, barg qo‘ltig‘ida 1—3 ta bo‘lib joylashgan. Gulqo‘rg‘onining tashqi ko‘rinishi kumushsimon-oq, ichki tomoni deyarli tuksiz va sariq rangdadir. Changchisi juda qisqa, ipsimon va cho‘ziq changchidan iborat. Mevasi danak mevadan iborat bo‘lib, dumaloq-tuxumsimon shaklli, bo‘yi 1,3 sm, eni 0,7 sm keladi. Danagi cho‘ziq-tuxumsimon, usti chiziqchali, uzunligi 1 sm ga, eni esa 0,5 sm ga teng. Qushjiyda may oyida gullaydi; mevasi sentyabr oyida yetiladi. Bu o‘simlik O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yovvoyi holda va qisman madaniy holda o‘sadi. U ayniqsa to‘qayzorlarda hamda sho‘rxok yyerlarda ko‘p tarqalgan. U manzarali, asalchil, mevali hamda efir moyli o‘simlikdir. Uning mevasidan oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda esa dori-darmonlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Qushjiydaning bargi bod va bel og‘riqni, mevasi esa ich ketishni davolaydigan vositadir. Uning tarkibida 10 % tanid moddasi bo‘lib, ulardan tyeri oshlashda foydalanish mumkin. Qushjiydaning har bir tupidan 2—20 kg jiyda olish mumkin. Mevasi qand moddasiga juda boydir. Ularda 50% uglevodorodlar, 11% oqsil, 12% kletchatka, tanid moddalari va minyeral, tuzlar bor. Shuningdek, mevasi tarkibida 0,34 mg % Bi, 0,21% B2, 0,069 mg % PP, 93 mg % S, 0,23 mg % E vitaminlari bo‘ladi. Barglarida 8— 12 % tanid va 200 mg % S vitamini bor.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish