Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet233/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

C hyerkez (Salsola richtyeri Karel.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 1—2,5 m keladigan butadir. Poyasi tik shoxlangan. Eski tuplarining po‘stlog‘i kulrang, yoshlariniki esa oqish bo‘lib, tanasi tuksizdir. Barglari navbatlashib joylashgan, ipsimon, uzunligi 4—8 sm, asosi enli, uchi o‘tkirdir. O’q ildizi uzun bo‘lib, tuproqqa ancha chuqur kiradi. Chyerkez mart — aprel oyida ko‘karadi. Iyun — iyul oyida gullaydi. Gulqo‘rg‘oni kulrang, uchi o‘tmas, chetlari pardasimon hoshiyali. Qanotchalari rangsiz, ba’zan binafsha yoki pushti rangda bo‘ladi. Changdoni bir necha bo‘lakka bo‘lingan. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. U qanotchali bo‘lib, urug‘i markazida joylashgan; qanotchalari shamol yordamida osonlik bilan tarqalishga imkon byeradi. Mollar xush ko‘rib yeydi. Chyerkezning novda va barglari tarkibida darmon dori sifatida ishlatiladigan salsolin alkaloidi bor. Bargidan jun matolari bo‘yash uchun bo‘yoq olish mumkin, yashil novdalarini yondirganda kulidan potash hosil bo‘ladi. Cho‘lda yaxshi -o‘sadigan bu o‘simliklar ko‘p tomonlama foyda keltiradi.
Cho‘g‘on (Aellenia subaphylla (SAM) Aellen) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 40— 180 sm ga yetadigan chala butadir. Barglari qalami, syeret, uzunligi 10—50 sm, u aprel oyida ko‘karadi. Uning novdalari bo‘g‘im-bo‘g‘im, tez sinuvchan, oqish rangda. Cho‘g‘on may-iyun oylarida gullaydi. Gul oldi barglari mayda, qisqa, syershirali. Gulyonbargchalari yarim doyra shaklida. Gullari boshoqsimon, uzun, to‘pgul hosil qilib, o‘rnashgan. Gultoji oq rangli. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Mevasi qanotchasimon, diametri 10— 15 mm ga yetadi. U kuchsiz shamol ta’sirida ham uzoq-uzoqlarga tarqala oladi. Cho‘g‘onning urug‘i mevasidan ajralmagan xolda yaxshi unadi. Uni kuzda (noyabrda) va bahorda (fevral-martda) ham ekish mumkin. Cho‘g‘on respublikamizning qum, bo‘z tuproq, shag’al aralash toshli va gipsli joylarida (Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda) ko‘p o‘sadi. Uni chorva mollari yil bo‘yi yaxshi yeydi. Ayniqsa kuz va qishda qo‘y, echki, tuyalar sevib yeydi. Qadimdan xalq tabobatida cho‘g‘onning novdasi, bargi va gullaridan tayyorlangan qaynatma ko‘pgina kasalliklarni, chunonchi soch to‘kilishi, asab kasalliklarini davolashda keng ishlatib kelingan. A.P.Orexovning yozishicha, uning yashil novdalarida salsolin alkaloidi borligi aniqlangan. Bu alkaloiddan tayyorlangan preparatlar bilan qon bosimining oshishi, bosh og‘riq, ko‘krak siqishi kabi kasalliklarni davolash mumkin. U kishining asabini mustahkamlab, mehnat qobiliyatini oshiradi. Cho‘g‘on qaynatmasidan, hatto chorva mollarini davolashda ham foydalaniladi. I.V.Larinning yozishicha, beudjilar kishilarda uchraydigan kuydirgi va boshqa yaralarni cho‘g‘ondan tayyorlangan dorilar bilan davolar ekan. O’lkamizda cho‘g‘onning katta tabiiy maydonlari bor, undan turli maqsadlarda keng foydalanish mumkin.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish