Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Gul tutqichli kiyiko‘ti- Ziziphora suffruticosa Pazij. (Z.slinopodioides Lam.)



Download 28,52 Mb.
bet215/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Gul tutqichli kiyiko‘ti- Ziziphora suffruticosa Pazij. (Z.slinopodioides Lam.)


Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyalar hosil qiluvchi, yuqori qismidan shoxlanuvchi, mayda tukli, binafsha rangli, balandligi 20-40 sm. Barglari bo‘g‘imlarda qarama-qarshi joylashgan. Nashtarsimon qisqa bandli, chetlari tekkis, mayda tuklangan. Tuklari poyalar uchida qalqonsimon joylashgan, gul tutqichlari (3)-4-5 mm uzunlikda. Kosachasi 5-6 mm uzunlikda, tuklangan, tojibargi ochiq-binafsha, 7-8 mm uzunlikda, naysimon, ostki labi 4-5 mm enlikda. Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog’‘larni old va o‘rta mintaqalarida toshli shag‘alli joylarida o‘sadi. Toshkent viloyatida tarqalgan.
Barglaridan tayyorlangan damlamasi bolalar tamoq og‘rig‘ida, qornidagi og‘riqlarda, qayt qilishda va sifilisda qo‘llaniladi. Gullarining ekstrakti oshqozon yallig‘ida, tez-tez qayt qilishda va yel haydovchi sifatida qo‘llaniladi.

Ingichka cho‘l yalpiz- Ziziphora tenuior L.


Bir yillik, asosidan shoxlanuvchi, momiq tuklangan, gullar to‘plamlarida uzun tuklar joylashgan, balandligi 5-30 sm. Barglari poyada 2 juft uzunchoq tuxumsimon kalta bandli tez to‘kilib ketuvchi, kosachasi nashtarsimon 5-8 mm uzunlikda. Uchburchaksimon uchli, tishchali. Tojibarglari ochiq binafsha rangli. 8-11 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi 3 qirrali uzunchoq n ashtarsimon. Qo‘ng‘ir rangda. 1.5 mm uzunlikda. May-iyun oylarida gullab, iyun-avgust oylarida urug‘lari yetiladi. O‘zbekistonni barcha tog’‘ oldi va tog’‘larni o‘rta mintaqalaridagi toshli, gil tuproqli, shag‘alli joylarida tarqalgan.
O‘simlikdan tayyorlangan qaynatma yurak ish faoliyatini yaxshilash uchun ichaklar ish faoliyatini yaxshilashda, ichburug‘da va ich qotishida ishlatiladi.
DORIVOR LIMONO‘T YYER USTKI QISMI (O‘TI) — HYERBA MELISSAE OFFICINALIS
O‘simlikning nomi. Dorivor limono‘t — Melissa officinalis L., yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, syertukli, 30—60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, biroz o‘tkir uchli, syer tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‘rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashib, to‘p gulni hosil qiladi. Mevasi — 4 ta yong‘oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning YYevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog’‘li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yyerlarda o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik to‘liq gullagan vaqtida yuqori uchidan 20—30 sm uzunlikda (poyaning pastki bargsiz qismi olinmaydi) qirqib olinadi va soya, havo o‘tib turadigan yyerda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot 30 sm gacha uzunlikdagi shoxlangan, syerbarg va to‘rt qirrali poya bo‘laklari, barglar va gullar aralashmasidan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon, o‘tkir uchli, yirik arrasimon qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Gullari uzun, tukli bo‘lib, siyrak to‘pgulga joylashgan. Kosachasi tikanli tishli, gultojisi ikki labli, oq rangli.
Kimyoviy tarkibi. Yyer ustki qismi tarkibida 0,01—0,33% efir moyi, C vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (xlorogen, rozmarin, fyerul, protokatex va boshqalar), trityerpenlar, flavonoidlar (lyuteolin–7–glikozid va boshqalar), 5—10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20—27% yog‘ bor. Limono‘tning efir moyi gyeraniol, nyerol, farnezol va ularni sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen-pulegol, gyeranial, nyeral va boshqa tyerpenlardan tashkil topgan.
Ishlatilishi. Limono‘t dorivor preparatlari Ibn Sino aytishicha yurakni mustahkamlaydi va unga yordam byeradi, shuningdek, traxoma, xiqchoq tutish, og‘izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalilklarni davolaydi. Xalq tabobatida limono‘t bilan nevroz, bronxial astma, ayollarni toksikoz, klimaks, yurak urishini buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi. Limono‘t damlamasi klinik sharoitida sinovlardan o‘tgan va uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon bosimini paysaytiruvchi vosita sifatida qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan. Dorivor preparatlari. Damlama.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish