Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘zbekiston hududining balandlik mintaqalariga



Download 28,52 Mb.
bet132/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O‘zbekiston hududining balandlik mintaqalariga
bo‘linishi

Mintaqalar nomi

Maydoni, ming ga

Foiz
his.

Mutlaq balandligi

Cho‘l

27594,8

61,16

250 metr balandlikkacha quyi cho‘l, 250-400 metr oralig‘i yuqori cho‘l

Adir

2479,7

9,5

400-1200 m

Tog’‘

961,9

2,13

800-1200 dan 2700-3000m gacha

Yaylov

701,8

1,55

2700-2800 m dan baland

Ekin ekiladigan yyerlar

11577,7

25,66




Jami

45115,9

100




Keyinroq akademik Q.Zokirov o‘simliklarning 3 pog‘onali tipologik tasnifini taklif etadi.


1.Iqlim zonasiga xos o‘simliklar tiplari (majmui).
2. Iqlim tipi ichida tuproqning mexanik va kimyoviy holatiga qarab o‘simliklarning o‘zgarishi asosida ajratiladigan edafotiplar.
3.Edafotip ichida esa o‘simliklarning o‘sish holati va ekologik xususiyatiga ko‘ra senotip ajratadi.
O‘zbekiston tabiatining murakkabligi-relefining va uni hosil qiluvchi tog’‘ jinslarining, iqlim (ayniqsa gidrotyermik rejim), gidrologik va gidrogeologik, tuproq sharoitlarining xilma-xilligi hamda atrofdagi hududlarning ta’siri respublikamizda nihoyatda turli xil o‘simliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Binobarin, cho‘l, vodiy, to‘qay, plato va tog’‘larda o‘simlik qoplamining shakillanishi uchun geografik, ekologik sharoit bir-biriga o‘xshamaydi, shu sababli bu hududlarning o‘simlik qoplami bir-biridan katta farq qiladi.
O‘zbekistonda o‘simliklarning majmuiga qarab ajratilgan bir necha o‘simlik zonalari mavjud.
O‘zbekistonning tekislik qismida nihoyatda issiq va qurg‘oqchil iqlim sharoitida cho‘l zonasi vujudga kelgan. Bu zonada ikki xil cho‘l-mo‘‘tadil va subtropik cho‘llar ajratiladi. Bu har ikkala mintaqa uchun ham iqlimning issiqligi, qurg‘oqchiligi va juda ham kontinentalligi xosdir.
Cho‘l mintaqasi o‘simliklari ham xilma-xil ekologik sharoitga va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Cho‘l o‘simliklarining hayoti asosan iqlim sharoitiga, xususan namlik bilan ta’minlanishi darajasiga bog‘liq.
Cho‘l zonasi o‘simlik o‘sishi uchun qanchalik noqulay bo‘lmasin, u yyerda o‘sadigan o‘simlik turlari xilma-xil guruhlar vakillaridan tashkil topgan. Bo’lar asosan ksyerofitlar, mezoksyerofit efemyerlar va mezoksyerofit efemyeroidlar guruhlaridan iborat.
O‘zbekiston cho‘llaridagi efemyerlar jazirama issiqlar boshlanguncha o‘z hayot jarayonlarini to‘liq o‘tib tugallaydilar (masalan, lolaqizg‘aldoq, chitir, chuchmoma, gunafsha).
Efemyeroid o‘simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlik boshlanguncha vegetatsiyasini davom ettiruvchi ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Iloq, lola, boychechak, yovvoyi piyoz va qo‘ng‘irbosh bo’larga misol bo‘ladi.
Mezoksyerofit o‘simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlar boshlanganda o‘z hayotini anabioz holda, ya’ni majburiy tinim holatida o‘tkazishga moslashgan o‘simliklar kiradi.
Ksyerofit o‘simliklar guruhiga quruq va issiq yoz sharoitiga moslashgan issiq yozda ham o‘z vegetatsiyasini davom ettiradigan o‘simliklar kiradi. Ularning ildizlari juda uzun, bargalari namni kam bug‘latishga moslashgan mayda bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda cho‘l mintaqasi katta maydonni egallaganidan va shimoldan janubga katta masofaga cho‘zilganidan hamda mutlaq balandlik har xil bo‘lganidan iqlimi, o‘simligi va tuproqlari ham xilma-xil. Shu sababli bu mintaqa ikki qismga: pastki cho‘l va yuqori cho‘lga bo‘linadi.
Pastki cho‘l mutlaq balandligi 250 metrgacha bo‘lgan hududlarni egallaydi, o‘simligi ancha turli-tuman. Bu cho‘lda barg va poyalari semiz o‘simliklar o‘sib, ularda tuz ko‘p bo‘ladi. Pastki cho‘lda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar qorasaksovul, chyerkez, qorabaroq, sarsazan, achchibuta, boyalich, cho‘g‘on, karrak, arpag‘on, donasho‘r, xabalak, qorasho‘ra, baliqko‘zlardan iborat.
Yuqori cho‘lga mutlaq balandligi 250-400 m bo‘lgan hududlar kiradi. Ularning o‘simlik dunyosi xilma-xil. O‘simlik qoplamining asosini shuvoq tashkil etadi. Yuqori cho‘lda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklarga yovshon, quyonsuyak, qizilqandim, singren, qirqbo‘in, iloq, yantoq, kavrak, isiriq, achchiqmiya, boychechak, chuchmoma, partek, yaltirboshlar kiradi.
Umuman olganda cho‘l mintaqasida o‘simlik qoplami siyrak, lekin nam etarli bo‘lgan bahorda cho‘l yamyashil tusga kiradi, efemyer va efemyeroidlar yer betini qoplaydi. Jazirama issiq va quruq kunlar boshlanishi bilan ular quriydi va cho‘l sarg‘ish ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda tekislik qismidagi tuproq-grunt sharoitlariga bog‘liq holda turli o‘simlik tiplari uchraydi. Qumli, gilli, toshloq (gipsli), sho‘rxok yerlar o‘simliklari bir-biridan farq qiladi.
Qumli cho‘llarda tuproq tarkibining 80-90 % i qumlardan iborat, u suvni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun qumli cho‘llarda yozda tuproqning 50 sm gacha bo‘lgan yuza qismi quriydi, undan pastdagi 60-120 sm qalinlikdagi qatlamida nam saqlanadi. Bu hol qumli tuproqlarda oziqa kam bo‘lsa ham o‘simliklarning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi va ularning xilma-xilligiga sabab bo‘ladi. Qumli substratda o‘sishga moslashgan o‘simliklarni psammofitlar deyiladi. Qumli yerlarda butalardan quyonsuyak, efemyeroidlardan qumni mustahkamlaydigan iloq uchraydi. Qum tepalari orasidagi pastliklarda gilli-qumli tuproqlarda qora saksovul o‘sadi. Qandim, oq saksovul, chyerkez mustahkamlangan qumli cho‘llarda uchraydi. Ko‘chma qumda selin ham keng tarqalgan. Chyerkez, juzg‘un, shuvoq, ba’zi joylarda yantoq ham o‘sadi.
Qumli cho‘llarning yaylov sifatidagi ahamiyati katta Ulardan yil davomida foydalaniladi. Bu cho‘llar har gektaridan o‘rta hisobda 1-2 sentnyerdan xashak byerishi mumkin. Chyerkez alkoloidi qon bosimini pasaytirishda, sangrayquloq alkoloidi tyeri saratoni kasalini davolashda qo‘llaniladi.
Toshloq cho‘llar Ustyurtda va Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog’‘lar atrofida keng tarqalgan bo‘lib, o‘simligining asosini ksyerofit butalar va chala butalar tashkil etadi. Toshloq cho‘llarda, masalan, Ustyurtda 400 ta o‘simlik turi bo‘lsa, shundan atigi bir nechtasigina landshaft hosil qiladi. Bo’lar asosan bo’rgan, shuvoq, boyalich. Ular bilan birga partek, tikanli buta-tuya, singren, karrak, seta, cho‘g‘on va isriq ham aralashib o‘sadi. Bahorda nam etarli yillari yer yuzini efemyerlar qoplab oladi. Ustyurtda yana saksovul ham uchraydi. Shuvoq, karrak, seta, cho‘g‘on chorva uchun yaxshi ozuqa bo‘ladi. Isriqdan garmin alkoloidi olinib, undan tibbiyotda asab kasalliklarini davolash, qon bosimini pasaytirish, nafas olishni yaxshilashda foydalaniladi. Xalq tabobatida isriqdan bo‘g‘inlar og‘riganda, sholni davolashda, nafas olishni yaxshilashda, gijjani tushirishda, tumov, asab, tutqaloq, bezgak va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanganlar. Ustyurt o‘simliklaridan yil davomida yaylov sifatida foydalanish mumkin.
Sho‘rxok, sho‘r va taqirli cho‘llarga Aydar, Mingbo’loq, Borsakelmas, Shorsoy va boshqa sho‘rlangan yyerlar kiradi. Sho‘rxok cho‘llarda galofit o‘simliklar tipi asosiy o‘rin tutadi. Bu yerlar tuprog‘ida oson yeruvchi tuzlar ko‘p bo‘ladi. Galofit o‘simliklar ko‘pincha tanasi semiz bo‘ladi, ularning tanasidagi tuzlar miqdori o‘simlikning og‘irligiga nisbatan ba’zan 45 % ni tashkil qiladi. Bunday o‘simliklarning asosiy vakillari boyalich, tyeresken, kavrak sho‘rligi juda yuqori bo‘lgan yyerlarda, tanasi semiz sho‘ragullilar-sarsazan, qorasho‘ra, ko‘kpek, yulug‘un, sho‘rajiriq, zovurlar bo‘yida, qizilmiya, oqbosh yyer osti suvi yuza joylarda o‘sadi. Galofit o‘simliklar ichida itsegak zaharli o‘t bo‘lib, mol yemaydi. Undan anabazin alkoloidi olinadi. Anabazin sulfat qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda qo‘llaniladi.
Taqirlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi, faqat taqir yoriqlarida va atrofida siyrak holda sho‘ra o‘simliklari (itsegak, bo’rgan) uchraydi.
Cho‘l mintaqasining asosan lyosli jinslar tarqalgan yuqori cho‘llarida (250-400 m) efemyer, efemyeroid va bo’lar orasida o‘sadigan cho‘l o‘simliklari yaxlit o‘simlik qoplamini hosil qiladi. Efemyerlardan qashqayo‘ng‘ichqa, lolaqizg‘aldoq, chuchmoma, gunafsha, efemyeroidlardan qo‘ng‘irbosh, rang (qorabosh) kabi o‘simliklar syeryomg‘irli bahor faslida barq urib o‘sib cho‘lga chiroy bag‘ishlaydi. Bo’lardan tashqari baland cho‘llarda sassiq quvray, lola, gulsapsar, mingbosh, chalov, shuvoq, astragal, ba’zan isriqlar ham o‘sadi. Lekin o‘simliklar asosini gilli cho‘llarda efemyeroid-qo‘ng‘irbosh va rang tashkil etadi. Bo‘z tuproqli efemyer cho‘llarning bahorgi yaylov sifatida ahamiyati katta, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda har gektaridan 5 sentnyergacha xashak yig‘ib olish mumkin.
Cho‘l mintaqasidagi daryo qayirlarida turang‘il, tol, chirmoviq, ilonpechak, baqatyerak, jiyda, na’matak, yulg‘un, ching‘il, qamish, qizilmiya, yantoq, sho‘rajriq kabilar o‘sib, to‘qaylarni hosil qiladi. To‘qaylar Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron daryolari qayirlarida uchraydi. Bo’lar o‘ziga xos tabiat landshaftlari bo‘lib, siyrak, zax o‘rmon va chakalakzorlardan iborat bo‘ladi. To‘qaylarning kengligi bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha boradi. Keyingi yillarda yil davomida mol boqilishi, daryo suvining kamayishi va inson faoliyati bilan bog‘liq boshqa omillar ta’sirida to‘qaylar maydoni qisqarib bormoqda. Hozir Quyi Amudaryoda 1 mln. gektarga yaqin to‘qay yyerlar qurib yotibdi. To‘qay o‘simliklaridan qizilmiya shifobaxsh hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, cho‘l zonasi o‘simligi chuqur o‘rganishni, yaylov sifatida foydalanishni ilmiy asosga qo‘yishni taqazo etadi.
Cho‘l zonasining katta qismida qadimdan yyerlar o‘zlashtirilib, ekin ekib kelingan, bu yyerlarda yirik vohalar joylashgan. Ular o‘ziga xos o‘simlik dunyosiga ega. Vohalar o‘simligi asosini madaniy, manzarali, tolali, oziq-ovqat, sabzavot-poliz, ziravor va boshqa o‘simliklar tashkil etadi. Eng ko‘p maydonni paxta egallaydi. Uning issiqsevar ingichka tolali navlari O‘zbekistonning janubida yetishtiriladi. Paxta bilan beda, makkajo‘xori, bug‘doy, arpa, sholi almashib ekiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish