Efir moyli dorivor o’simliklarning
ayrim vakillari biologiyasi va ekologiyasi
KASHNICH
O‘simlikning nomi. Ekma kashnich. — Coriandrum sativum L., seldyerdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbellifyerae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 30—70 sm ga yetadigan o‘simlik. Poyasi silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, tuksiz, ildizoldi barglari uzun bandli, uch bo‘lakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, poyasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki bo‘lakka qirqilgan, o‘rta va yuqori qismdagilari esa bandsiz bo‘lib, ipsimon ikki-uch bo‘lakka ajralgan. Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‘ramasiz, murakkab soyabonga to‘plangan; gulkosachasi besh tishli, meva bilan birga saqlanib qoladi. Tojbargi beshta, pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi — yumaloq, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang, qo‘shaloq doncha. Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani YYevropaning janubidagi davlatlar hamda Turkiya, Ukrainada, Kavkazda, Kuybishev va Voronej viloyatlarida hamda O‘rta Osiyo respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Mahsulot yozning ikkinchi yarmida birinchi soyabonlardagi mevalar qo‘ng‘irrangga kira boshlagan paytda (50—60% mevalar pishgandan so‘ng) yig‘ila boshlanadi. O‘simlik mashinada o‘riladi, soyabonlar bir tomonga qaratib bog‘lanadi, so‘ngra yetilmagan mevalar pishishini tezlashtirish uchun bog‘lamlarning soyabonlarini yuqoriga qaratib, birbiriga suyab, g‘aramlab qo‘yiladi. Kashnich yertalab o‘rib to‘planadi va bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi, kun isiganda o‘rilsa, qurigan mevalar to‘kilib ketadi. Havo ochiq bo‘lsa — dalada, yog‘ingarchilik paytida esa — usti byerk joylarda quritiladi. Mevalarining hammasi pishganidan va quriganidan keyin o‘simlik mashinada yanchiladi. Shamol mashinada sovurib, mevalari ajratib olinadi.
Kimyoviy tarkibi. Kashnich mevasi tarkibida 0,7—1,5% efir moyi, 10—20% yog‘, 11—17% oqsil va boshqa moddalar bo‘ladi. Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuqlik, o‘ziga xos xushbo‘y va yoqimli mazasi bor.
Ishlatilishi. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan, o‘t haydaydigan vosita sifatida va bavosil kasalligida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi. Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydovchi hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‘llaniladi, shuningdek, farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi. Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda parfumyeriyada qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |