O’simlik tarkibidagi alkaloidlarning ekologik sharoitga bog’liqligi. Ko’plab o’tkazilgan sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, iqlim, tuproq, sug’orilish dengiz satxidan balandligi, hududiyligi, kunning uzunligi, quyosh nurining kuchi va boshqa tabiiy sharoitlar o’simlik bioximyasida, ko’proq alkaloidligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Alkaloidli o’simlik yashayotgan geografik punkt, uning qaysi hududga ta’luqliligi, o’simlikni alkaloidligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Olmaota viloyatlarida o’suvchi Salsola brachiata, S. lanata, S.caricifolia va Zyfophyllum fabogo tarkibida alkaloidlari bilan taniqlidir. Lekin u O’zbekistonning tog’’li sharoitida, Markaziy Tyanshanning Ketantog’’ hududida mutlaqo alkaloidsizdir. O’zbekistonning turli xududlaridan yig’ilgan Lolium cuneatum tarkibida har xil miqdoridagi alkaloidlar tarkibi aniqlangan.
Koson va Kitob tumanlaridagi o’suvchi o’simliklar tarkibida Lolipidin , Lolin va Laninin Denov va Oxangaron tumanlarida Norlanin, Lolin, Lolinidin alkaloidlari aniqlangan.
Janubiy kengliklar sharoiti o’simliklar tarkibida yuqori miqdordagi alkaloidlarni to’planishiga sharoit yaratadi. Misol uchun biz itkuchala o’simligini olib qaraylik.
Itkuchala unchalik katta bo’lmagan, ko’p yillik maysasimon o’simlik. Aprel va may oylarida gullaydi va mevaga kiradi, iyun oyida tanasining yyerdan tashqaridagi qismi quriydi. Bu o’simlik ko’proq Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarining qir yonbag’rlarida o’sadi. Bu o’simlikning ko’raklarida zahar mavjuddir. Bu o’simlikdan saponin ajratib olingan (ayrim ma’lumotlarga qaraganda alkaloidlar ham aniqlangan). Xalq tabobatida uning mevasidan revmatizmda og’riq qoldiruvchi dori sifatida foydalaniladi.
Dengiz sathidan balandlik ham o’simlikni alkaloidligiga aytarli darajada ta’sir etadi. Tatarskayaning xinna daraxti ustida o’tkazgan kuzatuviga bag’ishlangan maqolasida dengiz sathidan balandlik o’simlikni alkaloidlar to’planishiga katta ta’sirini ko’rsatishini ta’kidlab o’tadi.
Dengizdan satxidan 500 metr balandlikda o’simlik o’z tarkibida 3.55% miqdorida alkaloidlar yig’gan bo’lsa, 1800 metr balandlikda bu ko’rsatkich ikki xissa 6.80% ni ko’rsatgan. Bundan xulosa shuki, dengiz sathidan yuqoriga qancha ko’tarilsak, alkaloidlar miqdori shuncha ortib borar ekan. O’simliklar tanasidagi moddalar almashinuvi to’g’risidagi dalillarni taxlil qilgan holda Sharopov shunday xulosaga keldi: ko’rinib turibdiki, atrof – muhitni hamma sharoitlari oqsilni to’planishi uchun yaxshi sharoitdir.
Iqlim (mo’tadil va quruq), tuproq turi (ayniqsa qora tuproq), azotli ozuqa, quyosh yorug’ligining doimiyligi, yuqori darajadagi havo va havoning ochiq kelishi o’simliklarni o’sish davrida alkaloidlarni tanada yig’ilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan.
Sakolovni aytishicha, alkaloidli o’simliklarni rivojlanishi va ularda alkaloidlarning hosil bo’lishi uchun yuqori darajadagi iqlim kyerak bo’ladi. Buning dalili sifatida issiq o’lkalarda alkaloidli o’simliklarni taqsimlanishiga qarasak bo’ladi.
Sovuq iqlimning alkaloidli o’simliklarga salbiy ta’sirini Suxorukov, Olshevskiy, Sokolov o’z ishlarida misol qilib ko’rsatganlar. Bu mualliflar bir fikrga kelishdi va shuni aniqlashdi: noldan past daraja o’simliklardagi alkaloid miqdorini pasayishiga olib keladi.
Alkaloidli o’simliklar o’z organlarida zaharli moddalarni saqlaydi. O’simliklarni zaharligiga ayniqsa ularning tarkibidagi kimyoviy moddalarning xillariga hamda miqdoriga bog’liqdir .
Glikozoidlar fyerment yoki qaynatilgan suv ta’sirida qand va aglyukan moddalariga parchalanadi. Ana shu aglyukan moddasi glikozidlarni odam organizmiga ta’sirini belgilaydi. Ko’pchilik glukozidlar yurakning ish faoliyatiga ta’sir etadi. Glikozidlarga saponin moddalari ham kiradi. Bu modda sovunga o’xshash ko’pirish xususiyatiga ega bo’lib, odam organizmiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Organizmni titratib yuboradi. Oshlovchi moddalar esa ta’m bilish nyervlarini qo’zg’atib yuboradi, so’lak va oshqozon suyuqligi ishlab chiqaruvchi bezlarning faoliyatiga yomon ta’sir qiladi.
Alkaloidli o’simliklar tarkibida bundan tashqari lenil, otquloq, filiks, limon, olma, yanchor va boshqa organik kislotalar bo’ladi. Bu kislotalardan eng zaharlisi sinil kislotasi bo’lib, aglyutin kabi ta’sirga ega. Shuningdek, ba’zi efir moylari ham inson organizmiga ta’sir etib, boshni og’ritadi va ko’ngilni aynitadi .
Agar o’simliklardagi zaharli moddalar hayvon yoki odam organizmiga o’tib qolgudek bo’lsa, ular organizmiga turli xil ta’sir qilib, nyerv sistemasining ish faoliyatini o’zgartiradi, hamda zaharlanishni vujudga keltiradi. Bunday o’simliklardan biri Madagaskar orolida o’sadigan tangin yong’og’ining mevasi bo’lib, u bodom mevasi kattaligidadir. Uning bir donasi bilan 20 dan ortiq odam zaharlanishi yoki o’lishi mumkin.
O’simlikning tarkibidagi zaharli moddalar ham ularning o’sish sharoitiga, rivojlanishiga yoniga, hamda tarqalishiga qarab o’zgarib turadi. Oqparpi o’simligi zaharli bo’lib, uni har yili manzarali o’simlik sifatida o’stirganda, bir necha yildan so’ng zaharsiz o’simlikka aylanishi mumkin. Boshqa rayonlarga nisbatan janubiy rayonlarda uchraydigan zaharli o’simliklarning zaharli moddalarning miqdori bir xil bo’lmaydi. Bu moddalar o’simlikning yyer ustki qismlarida, gullarida, ildizlarida yoki mevalarida to’planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |