14.11.2020 amaliyotning o`n ikkinchi kuni
Bugun biz togʻ oʻsimliklari morfologiyasi bilan tanishdik. Togʻ oʻsimliklari jamoalarining oʻziga xos hususiyatlari,xarakterli turlari, tarqalishini oʻrgandik. Togʻ oʻsimliklaridan Zarafshon togʻ jambili (Thymus zeravschanicus Klok) koʻp yillik oʻt. Boʻyi 5-10 (15)sm, oʻrmalab oʻsuvchi yarim butacha. Barglari teskari-tuxumsimon yoki teskari-choʻziq, nashtarsimon. Gultojisi pushti-qirmizi, kallaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun-sentabr oylarida gullab-urugʻlaydi. Togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi.
Togʻ rayhon (Origanum tythanthum Gontsch) koʻp yillik oʻt. Boʻyi 30-60 sm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlangan. Barglari choʻziq-tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi och siyohrang. Iyun-sentabr oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi.
16.11.2020 amaliyotning o`n uchinchi kuni
Yaylov mintaqasi oʻsimliklari bilan tanishdik, yaylov oʻsimliklari morfologiyasi, oʻsimlik jamoalarining oʻziga xos hususiyatlari, xarakterli turlarini koʻrib, oʻrgandik.
Geografik zonallik va vertikal zonallik qonuniyatlarga koʻra shimoldan janubga tomon va tekislikdan togʻlarga koʻtarilgan sari oʻt qoplami turi va tabiiy iqlim sharoitlari ham oʻzgarib boradi. Shu sababli yaylovlar oxirigacha tavsiflanadi: tundra, oʻrmon, oʻrmon- dasht, dasht, chala choʻl, choʻ, togʻ zonalari. Madaniy yaylovlar yaratishda Qoraqum, Qizilqum choʻllarida qora saksovul, izen, qandim, qoʻngʻirbosh, chogon kabi choʻl yaylov ekinlari ekiladi. Tabiiy yaylovlar hosildorligini oshirish uchun har yili qoramol boqiladigan yaylovlar almashtiriladi. Oʻt ham navbat bilan oʻriladi. Oʻtzorlar oʻgʻitlanadi, zararli va zaharli oʻtlarga qarshi kurashiladi.
Oʻzbekistonda jami pichanzorlar maydoni 112000 ga, yaylovlar maydoni 22,15 mln ga boʻlib, uning asosiy qismi choʻl va togʻli hududlarda joylashgan. Shundan 19,4 mln ga yaylov suv bilan ta' minlangan.
17.11.2020 amaliyotning oʻn toʻrtinchi kuni
Toʻqay oʻsimliklari jamoalarining oʻziga xos hususiyatlari, morfologiyasi, xarakterli turlari bilan tanishdik. Toʻqaylar daryo(ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo) qirgʻoqlari boʻylab turlicha kenglik hamda uzunlikda joylashgan.
Toʻqaylarda, asosan, daraxt, buta va koʻp yillik oʻtlar keng tarqalgan. Daraxtlardan turongʻil(teraklar turkumidan), kaptarjiyda, tol turkumining bir qancha vakillari; butalardan yulgʻun; koʻp yillik oʻtlardan shirinmiya, yantoqning ayrim turlari, qamish, famatsiya kabilar oʻsadi.
18.11.2020 amaliyotning o`n beshinchi kuni
Bugungi amaliyotimizda qishloq va shaxarlarimizda oʻstirilayotgan manzarali daraxt va buta oʻsimliklar bilan tanishdik, rahbarlarimiz tomonidan ular haqida batafsil malumotlar olib, oʻrgandik.
Bambuk (bambusa) boshoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. 200 dan ortiq turi ma'lum, aksariyati koʻp yillik. Faqat ayrimlari bir yillik oʻsimlik. Poyasining diametri 30 sm gacha, boʻyi 40 m gacha boʻladi. Ba'zi turlari har yili, boshqalari bir necha yilda bir marta gullaydi. Bambuk yer yuzining deyarli barcha nam iqlimli tropik hududlarida oʻsadi. Sahalin va Kuril orollaridagi ignabargli va yaproqli oʻrmonlarning soya joylarida uning 6 turi uchraydi. Bambuk xalq xoʻjaligida uy, koʻprik qurish, duradgorlikda ishlatiladi. Tolasidan qogʻoz tayyorlanadi. Ayrim turlarining shirasidan qand olinadi.
Archa (Juniperus turkistanica) doimiy yashil oʻsimlik, chunki shoxlaridagi barglari 2 3 yil turadi va bir vaqtta toʻkilmasdan, balki butun yil boʻyi toʻkilib turadi. Shuning uchun archa qishda ham huddi koʻpchilik ochiq urugʻlik oʻsimliklar singari yozdagidek yam-yashil boʻlib turadi. Kichkina barglarida barg ogʻizchalari kam boʻlib, ular bargning ustki tomonidan mum gʻubori ostida boʻladi. Shuning uchun archa suvni kam bugʻlantiradi. Bu unga tuproqda ham nam kam paytta ham yashashga imkon beradi. Archa juda ham yorugʻsevar oʻsimlik. Yaqin atrofda soya soladigan oʻsimlik boʻlsa archaning shox shabbalari juda qalin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |