3 MAVZU: SEZGI A’ZOLARINING FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Reja:
1.
Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli.
2.
Ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalarning analizator faoliyatining
hususiyatlari
3.
Ko’rish organing yosh hususiyatlari.
4.
Teri, hid bilish va ta’m bilish organlarining umumiy tuzilishi.
5.
Eshitish organining yosh xususiyatlari.
6.
Ko’rish va eshitish organlarining gigienasi.
Tayanch tushunchalar:
Analizator, sklera, rangdor parda, to’r parda, gavhar,
ko’z akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan ko’rish, nog’ora pardasi, uzangi,
sandon, bolg’acha, evstaxiy nayi, chig’anoq, yarim aylana kanallar.
Tashqi dunyodan ta’surotlarni qabul kiluvchi organlarga sezgi organlari deb
ataladi. Oliy nerv faoliyatini o’rganish mobaynida analizatorlar haqida tasavvurlar
vujudga kelgan. I.P.Pavlov ta’limoticha analizatorlar uch qismdan:
analizatorlarning retseptor qismi-retseptor: O’tkazuvchi qism; markaziy yoki
markaziy qismdan tashkil topgan yagona funktsional sistemadir.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida har bir analizatorning oliy markazi
joylashgan bo’ladi. Pereferik qism - ma’lum turdagi ta’sirlovchilarni qabul qiladi.
O’tkazuvchi qism qo’zg’alishlarni markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi.
Retseptorlar
turli
xil
bo’ladi:
fotoretseptorlar,
termoretseptorlar,
mexanoretseptorlar.
SHovqun-suron ayniqsa yosh bolalar va o’smirlarga kuchli salbiy ta’sir
qiladi. SHu bois voyaga Yetmagan bolalarning traktor, mashinalar ishlab turgan
joylarda uzoq turib qolishi, ba’zan mexnat qilishi (bunday holatlar qishloq xo’jalik
ishlari bilan shug’ullanishda uchrab turadi) eshitish analizatori faoliyati va uning
buzilishi bois kelib chiqadigan hastaliklar nuqtai nazardan juda no’maqbul
hisoblanadi.
Eshitish analizatorining yosh xususiyatlari. Bola qancha yosh bo’lsa
shunchalik eshitish o’tkirligi pasroq bo’ladi va eshitish analizatori tezroq charchab
qolish xususiyatiga egadir.
Analizatorlarga: 1.Teri analizatorlari. 2.Xid bilish analizatorlari. 3.Eshitish
analizatora 4.Ko’rish analizatori. 5.Maza bilish analizatori. Har bir organ ma’lum
ta’sirotni qabul qiladi.
Korti a’zosi besh qator bo’lib joylashgan tukli hujayralardan tuzilgan. Bu
a’zoning har bir qatori 60-70 ta tukli retseptor hujayralardan iborat. Hujayralarning
tuklari turli uzunlikda bo’lib, eng kalta tukligi (130-135 mkm) hujayra
chig’anog’ining asosida (lamina basilaris) joylashgan. CHig’anoq asosida
chig’anoq yo’liga ko’tarilgan sari hujayralarning tuklari asta-sekin uzunlashadi.
Eng uzun tukli (230-234 mkm) retseptor hujayralar chig’anoq yo’lining
uchidajoylashgan. Ularning ustki tomonida tomsimon plastinka (membrana
tectoris) bo’ladi. Uning bir uchi tukli hujayralar ustida, erkin ikkinchi uchi
chig’anoqning asosiy membranasiga birikib joylashgan
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: