Tabiatshunoslikni o‘qitish metodlari reja



Download 34,55 Kb.
bet4/7
Sana11.04.2022
Hajmi34,55 Kb.
#544288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4m

6 x 6 x 6 metodi- Ushbu metod yordamida bir vaqtning o`zida 36 nafar o`quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masala hal etiladi. Guruhning har bir a’zosi imkoniyatlari bilib olinadi. 6x6x6 metodi asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda, har birida 6 nafardan ishtirokchi bo`lgan 6 ta guruh o`qituvchi tomonidan o`rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o`qituvchi 6 ta guruhni qaytadan tuzadi. Qayta shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bitta vakil bo`ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o`z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda hal etadilar.
Klaster” metodi -“Klaster” metodi pedagogik didaktik strategiyaning muayyan shakli. U o`quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. “Klaster” so`zi “bog`lash” yoki “shoxcha” degan ma’noni anglatadi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkonini beruvchi tuzilmani aniqlashga yordam beradi. “Klaster” metodini yangi mavzuni o`rganishni boshlashdan oldin o`tkazsa, yaxshi natija beradi. Bu usul tez va oson esda saqlanadi. “Klaster” metodi puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida qo`llaniladi.
Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi - Fikrlarning shiddatli hujumi metodi E.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan. G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. Ushbu metodning mohiyati quyidagicha:
- jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o`quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish.
- o`quvchilarga ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirish. Fikrlarning shiddatli hujumi metodi E.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan. G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. Ushbu metodning mohiyati quyidagicha:
- jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o`quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish.
- o`quvchilarga ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirish.
"Aqliy hujum" metodi -muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o`z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko`nikma hamda malakalarni hosil qilishni rag`bat­lantiradi. "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda bir nechta qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
- o`quvchilarning keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildiri­shiga erishish.
- har bir o`quvchining bildirayotgan fikri yoki g`oyalar miqdorini, fikrlarini rag`batlan­tirish navbatdagi yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga erishish.
- har bir o`quvchi o`zining shaxsiy fikr yoki g`oyalariga asoslanishi hamda ularni o`zgartir zgartirishi mumkin. Ushbu metoddan samarali foyda­lanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
- o`quvchilarning o`zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.
- muammoni aniqlash.
- g`oyalar qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi.
- birovlarning fikridan kulish, yoki piching qilishga yo`l qo`ymaslik.
- o`z fikrini bildirish, yangi g`oyalar tug`ilishiga imkon berish.
- g`oyalar yozilgan qog`oz, g`oya bilan to`lgandan so`ng ularni yozuv taxtasiga osib qo`yish.
- boshqalar tomonidan bildirilayot­gan fikrlarni yodda saqlash, ular asosida muayyan xulosaga kelish.
“Fikriy hujum” metodi- Mazkur metod o`quvchilarning mashg`ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan rang-barang g`oyalarni to`plash shuningdek, ijobiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo`lgan fikrlarni yengishga o`rgatish uchun xizmat qiladi. ”Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo`lib uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o`rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatdan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni jazolashdan iboratdir. Bundan ko`zlangan maqsad o`quvchilarning mashg`ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o`qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko`lamining kengligiga bog`liq. “Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog`ida o`quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir
Tabiatshunoslikni o`qitishda zamonaviy pedagogik (didaktik-o`yinli, hamkorlikda o`qitish, muammoli, modulli ta'lim) va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Metodik uslublar. Ularning turlari, tabiatni, Metodlarini tanlash va o`quv jarayonida to`g`ri qo`llashkatta amaliy ahamiyatga ega.
Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob‘ektlar va ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi. O’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning boshqa texnika vositalari tobora keng qo’llanilmoqda. Har qaysi ko’rgazmali qurollar muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi.
Tabiiy qurollar — bu tabiat jismlaridir. Ular o’rganilayotgan material to’g’risida ancha haqiqiy tasavvurlar beradi va bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon beradi. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga – o’simliklar tirik namunalari barcha organlari bilan, tayyor gerbariylar, urug’lar to’plami, fiksasiyalangan (ho’l) pereparatlar, guldastalar, hayvonot olamining tirik namunalari, skelet va tulumlar, hasharotlar kolleksiyasi, qushlarning tuxumlari va uyalari, loy, qum, daryo toshlari, shag’al, suv, qushlarning pati, minerallar kabilar kiradi. Bular jonli va jonsiz tabiat jismlariga bo’linadi.
Jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari, shuningdek o’z joylarining daraxtlari uchun xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bo’lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan, shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Tabiatda o’tkaziladigan darslar vaqtida va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat ob‘ektlaridan foydalaniladi.
Shuningdek tabiiy ob‘ektlardan hayvonlarni o’rganishda ham foydalanish ma‘qul. Garchi ko’pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko’rsatish mumkin bo’lsa ham ekskursiyalarga afzallik berish kerak bo’ladi, chunki bunda o’quvchilar faqat ularning tashqi ko’rinishini ko’rishgina emas, balki xarakterli harakatlari va xulq-atvorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tirik hayvonlar bo’lmaganda ularning chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish mumkin.
Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali, masalan, har xil rangdagi granit, slyuda, kvarts, dala shpati, loy, qum, kaltsit (bor, marmar, ohak tosh), tuz (o’g’itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, har xil toshko’mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar (temir, cho’yan, po’lat, alyuminiy), tuproq namunalari va boshqalar bo’lishi kerak.
Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida aniq va to’g’ri tasavvurlar hosil qilish uchun ko’rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik kursini o’rganish uchun zarur bo’lgan ko’pchilik ko’rsatuv jihozlari maxsus magazinlarda sotiladi. Chunonchi, 3—4-sinflarda tabiatshunoslikni o’rganish uchun «Jonajon o’lka tabiati» turkumidagi jadvallar chiqarilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha devoriy o’lkashunoslik suratlaridan, shuningdek zoologiya bo’yicha jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o’lkashunoslik ob‘ektlari to’g’risida tasavvur va tushunchalar -shakllantirishga yordam beradi. 2-3 sinflar uchun tabiatshunoslik bo’yicha chiqarilgan turli mavzudagi jadvallardan, shuningdek «Uy hayvonlari», «Hayvonot dunyosi», «O’lkamiz o’simliklari» suratlar, turkumidan foydalanish ham mumkin.
Tasviriy ko’rgazmali qurollar namoyish qilinadi – jadvallar, suratlar, sxemalar, qismli rasmlar, gulqog’ozlar to’plami, xarita, globusa, modellar, mulyajlar, plakatlar, proektsion apparatlar va ekran vositalari.

Download 34,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish