3. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish.
Ov qilish - tabiiy erkin holatda yashaydigan yovvoyi hayvonlarni va qushlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borib tutishga harakat qilish yoki uni ushlab olish (otish, tutib olish)ga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Ta'kidlash lozimki, ov qilishda umumiy qoidaga ko`ra asosan umurtqali hayvonot olami obyektlari ovlanishi nazarda tutiladi. Ov sanoat, havaskorlik va sport maqsadida olib borilishi mumkin.
Baliq ovlash- baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash deb hisoblanadi.
Ovchilik-baliq ovlash xo`jaligi xalq xo`jaligining tarmog`i bo`lib, yovvoyi hayvonlarni qo`riqlash va ko`paytirish, shuningdek, havaskorlik, sport ovchiligi va baliq ovlash yo`li bilan ulardan oqilona samarali foydalanish uning vazifasi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlaridan birining a'zosi bo`lgan o`n sakkiz yoshga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a'zolik badallarini va davlat bojini to`lagan jismoniy shaxslar o`q otish va boshqa ovchilik qurol-yarog`i bilan ov qilish huquqiga egadir.
O`zbekiston Respublikasi suv havzalarida jismoniy va yuridik shaxslar sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste'mol uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat beriladi.
Shu o`rinda ta'kidlash lozimki, qo`riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo`jaliklari bundan holi hisoblanadi.
Respublikamiz fuqarosi bo`lgan shaxslar yoki chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham yo`llanmalar, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar (ruxsatnoma) bo`yicha ov qilish huquqi berilishi mumkinligi qonunchilikda mustahkamlangan.
Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O`zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo`jaligini yuritish tartibi to`g`risida”gi NIZOM1ga muvofiq, yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi:
ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning O`zbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda bo`lishi va O`zbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek havonot dunyosidan foydalanish uchun to`lov to`langanligi to`g`risidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning o`zi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan jo`natiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari ko`rsatiladi;
ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va o`q-dorilarni respublikaga olib kirish uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur.
O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdog` qushini ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.
Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o`ljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo`yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to`g`risidagi dalolatnoma asosida beriladi.
Ovchilik–baliq ovlash joylarida qurol-yarog`, ov qushlari, qopqonlar, to`r materiallari va ov qiladigan hamda baliq tutadigan boshqa asbob anjomlar bilan yoki ovlangan ov mahsuloti va tutilgan baliq bilan bo`lish, shuningdek, yig`ilgan qurol–yarog` bilan yo`llarda bo`lish ov qilish va baliq ovlash hisoblanadi.
Ov va baliq ovlash ilmiy, madaniy-ma'rifiy, xo`jalik, shuningdek, sport-havaskorlik maqsadlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi huzuridagi hayvonot va o`simlik olamini muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bepul yoki qonun osti me'yoriy hujjatlarida ko`rsatilgan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi.
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunda ov qilish va baliq ovlash bilan bog`liq munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solingan. Ushbu qonunda ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari ham yoritilgan.
Ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo`llash man etiladi.
Falokatga uchragan va o`zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi (20-modda).
Ta'qiqlangan muddatlarda ovchilik baliq ovlash mahsulotlarini sotish va sotib olish. Shuningdek, ruxsat berilmagan usulda portlatish qurilmalarni qo`llash yoki elektr toki va hokazo.
Ta'qiqlangan joylarda tegishli ruxsatsiz hayvonot olami obyekti turlaridan ya'ni ovlangan, man etilgan turlar yoki ruxsat berilmagan usullarda belgilangan normadan ortiqcha ovlangan ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari noqonuniy ov qilish va baliq tutish mahsulotlari hisoblanadi.
Mazkur qonunning 25-moddasiga binoan ov qilish va baliq ovlash xo`jaligini yuritish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
ov qilinadigan va baliq ovlanadigan yer-suv maydonlari loyihalarining davlat ekologiya ekspertizasi;
hayvonlar miqdorini hamda ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlar holatini hisobga olish materiallari;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan kvotalar va ruxsatnomalar, hayvonot dunyosi obyektlarini va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish, ularni takror yetishtirish tadbirlarini o`tkazish to`g`risidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ov to`g`risidagi hamda ov qilish va baliq ovlash xo`jaliklarini yuritish to`g`risidagi nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O`zbekiston Respublikasida ov qilish va baliq ovlash xo`jaligini yuritish qoidalari ishlab chiqilgan bo`lib, ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasining «Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O`zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to`¦risida»gi 2004 yil 28 Oktabr 508-sonli qarori hisoblanadi. Ushbu qarorning ilovalarida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ham ko`rsatilgandir. Ov qilinadigan va baliq ovlanadigan yer-suv maydonlari loyihalarining davlat ekologiya ekspertizasi o`tkaziladi va hayvonlar miqdorini hamda ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlar holatini hisobga olish materiallari tahlil qilinadi.
Unda prognoz qilinayotgan, mo`ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini tekshirib ko`rish uchun davlat ekologik ekspertizasi o`tkaziladi. Davlat ekologik ekspertizasi aslida ixtisoslashtirilgan eksport bo`linmalari-O`zbekiston Respublikasi Davlat c ekologik holat va vaziyat inobatga olingan holda davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazilishini nazarda tutadi.
2. Қора ва рангли металлар мавзусини ўтишда ноанъанавий таълим методларидан фойдаланиш
Алюминий – муҳим енгил рангли металл ҳисобланади. Ишлаб чиқариш ва ишлатилиши бўйича у металлар орасида иккинчи ўринни эгаллайди. Халқ хўжалигининг деярли ҳамма тармоқларида алюминийнинг ишлатилишига сабаб бўлган муҳим физик хоссаларига зичликнинг кичиклиги, юқори эгилувчанлик, иссиқлик ва электр ўтказувчанлик киради. Алюминийнинг кўпгина физик хоссалари унинг тозалик даражасига боғлиқ ҳолда ўзгаради. Ҳозирги вақтда алюминий соф металл, туз ва оксидлардан иборат кўпгина қотишмалар кўринишида кенг ишлатилмоқда. Таркибида алюминий бўлган 250 га яқин минерал маълум. Муҳим алюминий таркибли рудалар бокситлар, нефелинлар, алунитлар ҳисобланади. Алюминий таркибли рудалардан дастлаб техник алюминий оксиди – глинозём, ундан эса металл алюминий олинади. Алюминий таркибли тоғ жинсларидан алюминий олиш учун хом ашё сифатида фойдаланиш, маълум бўлган қайта ишлаш усулларини қўллаш мумкинлигини ҳисобга олган ҳолда бажарилган техник-иқтисодий натижалар билан аниқланади. Оғир рангли металлар ишлаб чиқарадиган улкан корхоналар кон, бойитиш ва металлургик ишлаб чиқаришдан таркиб топган кон-металлургия корхоналари шаклида ташкил этилса, замонавий алюминий саноати эса глинозём ва алюминий заводлари аниқ ва алоҳида жойлашиши билан характерланади. Бу шу билан асосланадики, алюминийни электролитик усулда олиш кўп энергия талаб қиладиган ишлаб чиқариш категориясига киради ва бундай заводларнинг жойлашиши электростанциянинг электр энергияси арзон бўлган районларда жойлаштирилади. Глинозём ишлаб чиқариш аксинча, алюминий хом ашёси қазиб олинадиган конларга яқин жойларда жойлаштирилади, бу электролиз заводларига ташиладиган хом ашё ҳажмини камайтиради.
Металл алюминий олиш жараёни мураккаб бўлиб, у тўртта алоҳида технологиялардан ташкил топган:
1) глинозём ишлаб чиқариш;
2) криолит ва фторли тузлар ишлаб чиқариш;
3) кўмир маҳсулотлари ишлаб чиқариш;
4) электролит алюминий ишлаб чиқариш.
Алюминий ишлаб чиқаришнинг электролитик усули очилганидан ва қўланила бошланган вақтдан бери унинг ривожланиши қўлланилаётган қурилма ва ускуналарнинг конструкциясини яхшилаш, технологик жараёнларни механизациялаш ва автоматлаштириш, ҳамда уни такомиллаштириш йўлидан борилди. Усулнинг олиб борилиши ўзгармасдан қолаверди.
Алюминийни эритмаларни электролиз қилиш билан олиш усулининг кўпгина қулайликларига қамасдан, бу технология бошқа рангли металларни кўп миқдорда ишлаб чиқаришга нисбатан маълум камчиликларга эга:
1) ҳатто энг йирик электролизёрларнинг бир қуввати пастлиги;
2) электроэнергиянинг солиштирма сарфи юқорилиги;
3) ўзгарувчан токнинг ўзгармас тока айлантириш кераклиги;
4) глинозём ишлаб чиқариш технологик схемасининг мураккаблиги;
5) қимматли тоза фторли тузларнинг кўп сарфланиши;
6) паст навли алюминий таркибли хом ашёлардан фойдаланиб бўлмаслиги.
Do'stlaringiz bilan baham: |