Dars kamchiliklari. O`qituvchi nutqida jargon va rus millati tilidagi so`zlarni ko`p ishlatdi. Darslik bilan ishlamadi. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan alohida ishlanmadi. Darsdagi asosiy kamchilik o`quvchilar baholanmadi rag`lbatlantirilmadi.
6 – topshiriq: 4-sinf “Tabiatshunoslik” fani bo‘yicha aniq mavzu misolida dars reja-konspektini taqdim etish hamda topshiriqlar bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlash.
Fan: Tabiatshunoslik
Mavzu: Sayyoralar
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga sayyoralar haqida bilim berish va bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning axloqiy tarbiyalarini mustahkamlash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
Kommunikativ kompetensiya:
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, ulardan samarali foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
DARSNING BORISHI:
I-bosqich.Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
II-bosqich. O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
III-bosqich.Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
IV-bosqich.Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi
Savollar;
1. sayyoralar nomlarini bilasizmi?
2. bizning sayyoramiz nomi?
3.mars sayyorasi qanday rang?
4.eng kichik sayyora qaysi?
. V-bosqich Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqti 5 minut
VI-bosqich. Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti 4 minut
Do'stlaringiz bilan baham: |