Geografik maydonchada qanday mavzudagi darslarni olib borish mumkin?
Geografik maydoncha. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi maktab oldidagi maydonning geografiya maydonchasida o’tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning harakatini muntazam kuzatib borish, joyda mo’ljalga olish, masofani o’lchash kabi ishlarni bajarish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan bog’liq topshiriqlarni amalga oshirish mumkin.
O’quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki aniq uquv va ko’nikmalarni egallashda ham o’quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. o’quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o’iganishga, o’simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo’jaligi ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari - tashkiliy qism, o’qituvchining yo'1-yo'riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir. 1-2- sinf o’quvchilari o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarni mehnat ta'limi bilan bog’liq holda, 3-4- sinflar - yana tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan bog’liq holda o’tkazadilar. Boshlang’ich sinflarning o’quvchilari o’quv-tajriba maydon-chasida sabzavot va manzarali o’simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog’liq bo’lgan kuzatishlar, ekskursiyalar, agrotexnik va texnik-texnologik ma'lumotlar, shuningdek, o’quv-chilar olishi kerak bo’lgan zarur o’quv va ko’nikmalar dasturda ko’rsatilgan. Tajribalarni o’tkazish rejasi tabiatshunoslik darsligida aks ettirilgan, shunga ko’ra o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarning eng muhim xususiyatlarini belgilab o’tamiz. Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablarga muvofiq olib boriladi. 0'rganiladigan material (urug’lar, ko’chatlar, o’simliklar) tabiiy holda
ko’riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog’liq yo'1-yo'riqlar beriladi, so’ngra o’quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar. Maktaboldi maydonchasidagi mashg’ulot rejasini keltiramiz:
darsning vazifalari;
darsga tayyorlanish;
darsni jihozlash;
dars o’tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo’yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o’qituvchining tushuntirishi, o’qituvchining ish uslublarini ko’rsatishi, suhbat, ko’rsatilgan uslublarni o’quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha yo'1-yo'riqlar berish); yakuniy suhbat. Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashni, ularni tozalab, ko’rsatilgan joyga qo’yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o’quvchilarning o’zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qafiy intizomga erishish uchun o’qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o’quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko’rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak. Maktab geografiya maydonchasida o 'tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko’p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’iganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo’ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo’liga har xil to’siqlar qo’yilsa, qiiB'oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog’i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko’ringani uchun, yotiq va tik yonbag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda tepalik modelini tayyoriaydilar. Shuningdek, soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin. Bunda o’quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o’quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo’yteha aniqlash, quruqlik yuzasining shakllari, tog’lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir. Takrorlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |