O’.T.I.B.D.O’:-----------------M.Axmedova
SANA:4.O3.2016-2O17
27- dars
UY HAYVONLARI
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga uy hayvon-larining ahamiyati, ularni parvarish qilish haqida ma’lu-motlar berish, uy hayvonlari haqida o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi; o‘quvchilarda uy hayvonlariga bodgan mehrlarini oshirish, ularni parvarish qilishdagi kishilar mehnatini hurmat qilishga o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda uy hayvonlari va ularni boqish haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish.
Darsning jihozlari: uy hayvonlari, ularni yaylovda boqish, fermada parvarish qilish tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, uy hayvonlari, ularni yaylovda boqish, fermada parvarish qilish tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. O‘tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilish. Awalgi darsda o‘tkazilgan «6 x6» interfaol metodi va MSNI-3 natijalari tahlil qilinadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Uy hayvonlari» mavzuyi boshida quyidagi savollar berilgan:
1. Qanday hayvonlarni bilasiz?
2. Uy hayvoni deb qanday hayvonlarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.
3. Uy hayvonlari odamlarga qanday foyda keltiradi? Misollar keltiring.
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari toddiradilar. Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga uy Hayvonlari qayerdan kelib chiqqanligi, ulardan sigir, qo‘y va otni parvarish qilish haqida batafsil so‘zlab beriladi. 0‘quvchilarga qo‘shimcha tarzda quyonlar haqida quyidagi ma’lumotlarni bayon qilish mumkin.
Quyon. Quyonlar ikki xil bodadi: yovvoyi quyon va xonaki quyon. Yovvoyi quyon yerda uzun in qazib, unda bofalarini boqadi va dushmanlaridan himoyalanadi. Yovvoyi quyon o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular kechasi ovqat qidirib yuradi. Yovvoyi quyonning yungi kulrang-qo‘ng‘ir bodadi. Shuning uchun u tepalik joylarda ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydi.
Xonaki quyonlar yovvoyi quyonlardan tarqalgan. Quyonning har xil zotlari bor. Rus oq quyoni, katta oq quyon, to‘q qo‘ng‘ir quyoni, angor quyoni va boshqalar. Quyonlar sabzi, lavlagi, karam va pichan bilan boqiladi. Yaxshi boqilgan ona quyon bir yilda besh marta bolalaydi.
Quyonning kichkina boshi, ikki juft oyogd va kalta dumi bor. U keyingi uzun oyoqlari bilan depsinib, sakrab-sakrab yuradi. Barmoqlarida qattiq tirnoqlari bodadi. Xonaki quyon terisi, tivit va go‘shti uchun boqiladi. Quyon terisidan palto, shapka va yoqa tikiladi. Quyon tivitidan esa yengil va issiq ro‘mol, sharf va boshqa narsalar to‘qiladi.
Yaxshi parvarish qilingan quyondan shirin go‘sht ham olinadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilar bilan quyidagi savollar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi:
1. Uy hayvonlari qayerdan kelib chiqqan?
2 . Qoramollar nima bilan oziqlanadi? Bo‘sh kataklarni toddiring:
3. Qo‘ylar nima uchun boqiladi?
4. Ot haqida nimalarni bilasiz?
0‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi toddiradi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi. «Men sevgan uy hayvoni» mavzusida hikoya yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |