1-topshiriq. Suvli stakanni ko’zdan kechiring: 1-stakanda /nomerlangan/ qumli tuproq solingan, 2-stakanda esa loyli-sochiq tuproq. Stakanlarda bir xil hajmli suv soling, chiziqcha bilan belgilangan. Qaysi stakanda suv tezroq shimilishini kuzating.
2-topshiriqni bajarishdan oldin o’qituvchi muammoli savol qo’yadi: nima uchun tuproq ancha rangli va sochilib turadi. O’quvchilar o’quv-tajriba uchastkasidan tuproq oladilar.
2-topshiriq. Suvli stakanga tuproq soling: 1-sida go’ngli, 2-sida qum solib diqqat bilan aralashtiing va tindirib qo’ying.
Bu paytda o’quvchilar 3-5 minut davomida tuproq namunasini ko’radilar va darslik bilan ishlaydilar. So’ngra xulosa chiqaradilar: 1-stakandagi suv qoramtir va uzoq tinmaydi, 2 stakan esa qumoq loyqasi cho’kadi, yuqorida esa toza suv qatlami hosil bo’ladi. Olingan natijalar asosida suhbat o’tkaziladi va umumlashtiriladi. Darsdan tashqari vaqtda shu mavzuda tajriba o’tkazish mumkin, turli tuproqlar tajribada turlicha mineral tuzlarga bo’linishini aniqlash maqsadida.
Xuddi shuningdek, nazorat jismlar bilan tadqiqot jismlarini o’zaro umumiy va farqiy belgilarini taqqoslash asosida aniqlash bo’yicha ham tajriba o’tkazish mumkin. Bunday tajribalar tirik tabiat burchagi hamda o’quv-tajriba uchastkasidagi o’simliklar ustida o’tkaziladi. Masalan, sabzavot, donli o’simliklar o’rganilgach, 3-sinfda bahorgi-yozgi vaqtda dala tajribasi o’tkazishga tayyorlanadi: “Ekish muddatini va yaganalashning sabzi hosiliga ta‘sirini aniqlash”, “Sug’orishning bodring hosildorligiga ta‘sirini aniqlash”, “Oziqlantirishning bug’doy hosiliga ta‘sirini o’rganish”, “Nom” mavzularida tajribalar qo’yiladi. Buning uchun tajriba rejasi ishlab chiqiladi. “O’quv” va fenologik kuzatish kundaligi yurgiziladi. O’quv-tajriba uchastkasida “tajriba maydonchasi” va nazorat maydonchasi tushunchasini o’quvchilar bilib oladilar.
Xullas, har bir o’quv tajribasi jism va hodisalar orasidagi, sabab-oqibat bog’lanishlarini aniqlashga imkon beradi. Uning natijalari haqiqat mezoni hisoblanadi. O’quvchilarga ilmiy bilimlar va amaliy ko’nikmalar hosil qilish uchun tajribalar o’tkazish zaruriy holdir.
Sinf xonasida olib boriladigan amaliy ishlar tarqatma materiallar bilan bog’liq bo’ladi. Bu paytda o’quvchilarning sezgi organlarining faolligi ko’chayadi, qabul qilish imkoniyati kengayadi. O’quvchilar kichik tajribalar o’tkazadilar. Masalan, biror narsa yoki bolg’acha bilan o’rib ko’rish yordamida narsaning mo’rtligi, egish bilan egiluvchanligini aniqlaydilar. Tarqatma materiallar – hasharotlar, o’simliklar va ularning qismlari, mayda hayvonlardir.
Amaliy ish boshlanishidan oldin ish maqsadi e‘lon qilinadi, o’qituvchi yo’l-yo’riqlar beradi, topshiriq mazmuni tushuntiriladi, materiallar tarqatiladi, kuzatish ish natijalari bo’yicha suhbat, xulosalarni daftarga yozish, rasmlar chizish.
Amaliy ish vaqtida o’qituvchi ayrim o’quvchilarga yordam beradi, faollashtiradi.
Tirik tabiat burchagida amaliy ishlar o’tkazish katta ahamiyatga molikdir. U uzoq muddatda kuzatish va tajribalar o’tkazish bilan bog’liq. Tirik tabiat burchagida o’tkazilayotgan amaliy ishlarda avvalo uning maqsadi va bajarish izchilligi tushuntiriladi. O’quvchilar qo’liga savolnoma berish kerak. Tabiat burchagidagi ishlarning natijalaridan tegishli mavzular o’rganilayotganda foydalaniladi.
Amaliy ishlar jarayonida o’qituvchi qo’shimcha tushuntirishlar beradi, ish sifatida baholaydi, yaxshi bajarganlarni rag’batlantiradi, yo’l qo’yilgan xatolarni bartaraf etishni taklif qiladi. Dars oxirida yakunlovchi suhbatda yakun yasaladi: darsda bolalar qanday yangi ma‘lumotlarni bilib olganliklari, nima qila olishni o’rganganliklari aniqlanadi.
Xotimada o’qituvchi ekilgan urug’lar yoki o’tkazilgan tajribalar qanday tashkil qilingani to’g’risida ma‘lumot beradi.
Sayohatlar jarayonida amaliy ishlar tashkil qilish, ko’zlangan maqsadga erishishda katta samara beradi. Mustaqil ishlar, o’simlik bargini yig’ish, o’lchashlar, o’simliklarni tashqi ko’rinishini taqqoslash, dorivor o’simliklarni o’rganish va foydali qazilmalar, hasharotlar kollektsiyasini yig’ishga qaratiladi.
Amaliy ishga kirishidan oldin o’qituvchi topshiriq beradi, ya‘ni ishni bajarish usuli bilan tanishtiradi – qanday barglar yig’ish, shoxlarni qanday kesish, o’simliklarni qanday kovlab olish; sachoqdan qanday foydalanish kerakligi ko’rsatiladi va shu kabi ish paytida ham ularga yerdan beriladi.
Sayohat jarayonida ko’rgazmali qurollar tayyorlashga alohida e‘tibor beriladi. Bulardan, tuproq turlari, foydali qazilmalar, hasharotlar kollektsiyalari, karam kapalagi, tut ipak qrtini rivojlanishini aks ettiruvchi stend: turli o’simlik guruhlari – barg turlari, ranglarini o’zgarishlari, o’lkaning manzarali daraxt, bo’talari, o’t o’simliklari, o’simliklarni urug’dan rivojlanish bosqichlariga doir gerbariylar tayyorlanadi. Bu ko’rgazmalar tabiatshunoslik kabinetini bezaydi hamda dars jarayonida foydalaniladi.
Xulosa:
SHunday qilib, mashg’ulotlar jarayonida o’qituvchi turli-tuman metod va uslublarni qo’llaydi, ular kompleks holda bo’lishi, bir-birini to’ldirishi kerak, hamda ular o’rganilayotgan jism va hodisalarni bolalar tomonidan yaxshi qabul qilishi va kurs tushunchalarni to’g’ri shakllantirishni ta‘minlashi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. Moskva ... Prosveshenie. 1990.
2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 1992 yil.
3. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |