Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
R E J A
:
1.
Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash.
2.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning moddiy dunyoqarashini shakllantirish.
3.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik
ruhida tarbiyalash.
4.
Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.
Tayanch
tushunchalar:
«bilish»,
«kuzatuvchanlik»,
«vatanparvarlik»,
«baynalmilalchilik», «mantiqiy tafakkur», «ijodiy faoliyat», «moddiy dunyoqarash»,
«amaliy faoliyat», «ekologik tarbiya», axloqiy tarbiya», «estetik tarbiya».
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib,
kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatning
tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O’quvchilar
Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday
foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati
atrof tabiat bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish, ularning o’zaro
bog’liqligini ochib berish;
odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma‘lumotlar
berish;
tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quvi va ko’nikmalari bilan
qurollantirish;
tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko’paytirishga
qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
Umumta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga
muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifalar bilan
bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena
tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchi gigiena va meditsina
sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli
saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini
shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va
go’zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta‘lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta‘lim deb atalmish
yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta‘limning tarbiyalovchilik harakteri
uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish
o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish
uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo’yicha barcha mavzular kompleks
tarbiya masalarini aks ettiradi.
O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega,
o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.
Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchi uchun tarbiyaviy
ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali,
amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual
qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari
tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan
chambarchas bog’lamoq zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilan
shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini
shakllanishiga ta‘sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda
tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya,
fiziologiya, gigiena, jo’g’rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari — bu
mehnat tarbiyasi
maktabi hamdir. Aniq
misollarda o’quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma‘naviy sihatligining
manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish
istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari
mehnatiga hurmat», «Maktaboldi uchastkasidagi ishlarda qatnashish», «Ishlab
chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning
turlari», «Maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati», «Xona o’simliklarini parvarish
qilish», «Qurilishlarda, zavod va fabrikalarda ishlovchi odamlarning kasblari»,
«Mavsumlar bo’yicha maktaboldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan
foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam
olish rejimi (tartibi)», «Dalada, borda, polizda odamlar mehnati», «Maktaboldi
uchastkasida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4- sinfda «CHo’llarda,
dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv,
havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati» mavzularidir.
Shunday qilib mehnat mavzusi o’quvchilarning tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har
tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiiyot — dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o’quv
materiali mazmunini yetkazishning o’ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning
asosiy maqsadi bilimlar yig’indisini faqat esda qoldirish bo’lib qolmasdan, balki
ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo’lgan
munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq-atvorda namoyon bo’lishi kerak. Bunda
birinchi o’ringa tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi chiqariladi.
Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko’rgazmali materiallardan, diafilmlardan,
markaziy va mahalliy davriy matbuot materiallaridan, kino va telefilmlarni (ularning
o’qituvchi bilan birga ko’rganlaridan keyin) muhokama qilishdan, Mehnat
Veteranlari, mashhur paxtakorlar, chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg’orlari to’g’risida
hikoya qiluvchi kitoblardan, stendlardan keng ko’lamda foydalanmoq lozim.
Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat
darslardagina emas, balki o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari
faoliyatlarida (ekskursiya, sinfdan tashqari mashg’ulot, maktaboldi uchastkasidagi
ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.
Jonajon o’lka tabiati — daryolar, tog’lar, o’rmon massivlari to’g’risidagi
matnlarni o’rgana turib, mamlakat hamda jumhuriyatning xalq xo’jaligi uchun
ularning ahamiyatini ta‘kidlab o’tish zarur. Bunday ma‘lumotlar vatanparvarlik
hissini, Vatan bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o’quvchilar tarbiyasida muhim omil
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |