Tabiatshunoslik darslarida axborot texnologiyadan foydalanish maqolani o’rganish va tahlil qilish
Tabiatshunoslik darslarida axborot texnologiyadan foydalanish maqolani o’rganish va tahlil qilish Ta'lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kеngayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini bеruvchi yaxlit tizimga, yangi tеxnologiyalarga aylanib bormoqda. Axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish yo’nalishida Respublikamizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan ta’lim to’g’risidagi qonunda bu dasturning tub moxiyati bayon etilgan. Chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muxim talabradan biri ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolaning mantiqiy tafakkur qila olishi, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z -o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish ko‘zda tutiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga o‘rgatiladi. Milliy urf - odatlar, ularga rioya etishga, bu urf odatlarni ardoqlashga davom etiladi. Birinchi sinfda o‘qitiladigan 1-2 sinf “Atrofimizdagi olam” 3-4- sinf “Tabiatshunoslik” o‘quv fanlari bu sohada keng imkoniyatlarga ega. Bu fanlar tevarak atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasvvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish ko‘zda tuiltadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida tabiat bilan tanishtirishda, bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shaklantirishda xilma-xil usullardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarni o‘stirish, ta’limni hayot bilan bog‘lash va mehnatga tayyorlashga qaratiladi. Darslarni turli usulida tashkil etish o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab qilsa-da, o‘quvchilarni shijoatkorlikka undab, fikrlarni vaqtdan unumli foydalangan holda tez, aniq, lo‘nda va ixcham ifodalashga zamin yaratadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida tabiat bilan tanishtirishda, bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shaklantirishda xilma-xil usullardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarni o‘stirish, ta’limni hayot bilan bog‘lash va mehnatga tayyorlashga qaratiladi. Darslarni turli usulida tashkil etish o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab qilsa-da, o‘quvchilarni shijoatkorlikka undab, fikrlarni vaqtdan unumli foydalangan holda tez, aniq, lo‘nda va ixcham ifodalashga zamin yaratadi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |