Tabiatni seving va asrang


Yoshlarga tabiatni sevishni o‘rgatish



Download 139 Kb.
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi139 Kb.
#813710
1   2   3   4   5
Bog'liq
charos kursishi (1)

1.Yoshlarga tabiatni sevishni o‘rgatish
Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida 1,5 million hayvon va 500 mingga yaqin o‘simlik turlari mavjud ekan. O‘zbekistonda ular 4230 dan ortiq. Shulardan 770 tasida dorivorlik xususiyati ega. Ko‘rishimiz mumkinki, tabiatning o‘zi ulkan “dorixona”dir.
Yer yuzidagi ana shu o‘simliklar yiliga 400 milliard tonna kislorod ishlab chiqaradi. Bu esa insoniyat va jamiki jonzotlarning yashashiga imkoniyat yaratadi.
Tabiat insonni yediradi, ichiradi, kiyintiradi. Shu bois unga “ona” so‘ziga tenglashtirsak adashmagan bo‘lamiz.
Insonlarga ma’naviyat va ma’rifat urug‘ini tarqatuvchi Islom dinimizda ham hayvonot olami va bizning sog‘-salomat turmush kechirishimizga xizmat qilayotgan muhitni, havo, yer va suvni iflos qilmaslik haqida pandu nasihat va o‘gitlar bisyordir. Ulug‘larmiz ham “Atrof-muhitga mehrli, shafqatli munosabatda bo‘linglar, suvga, o‘zanlarga, serqatnov yo‘llarga, soya-salqin joylarga chiqindi tashlab, la’natga qolishdan qo‘rqinglar”, — deya qatta-qayta aytiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga qaraganda, o‘limga olib boruvchi ekologik omillardan birinchisi — bu havoning ifloslanishi bo‘lsa, ikkinchisi shovqin turar ekan. Bu ikki salbiy holatni bartaraf etish uchun, yashillik olamining tutgan o‘rni beminnatdir. Ona tabiatning ifloslanishi nafaqat yashillik dunyosiga salbiy oqibatlar ko‘rsatadi, balki inson salomatligiga ham jiddiy salbiy zarar yetkazadi. Misol uchun avtotransport vositasining dud­bo‘ronidan chiqadigan tutunda yuz xilga yaqin zaharli gazlar mavjud bo‘lib, va u biz nafas olayotgan atmosferaning musaffoligiga juda katta salbiy zarar yetkazadi. Tabiatga zarar yetkazuvchi bunday zavod-fabrika va boshqa omillar ko‘plab misollar keltirishimiz.
Qadimdan ota-bobolarimiz farzand ko‘rishlari munosabati bilan turli xil daraxt nihollari ekishgan. Momolarimiz oilada qiz bola tug‘ilsa, unib-o‘ssin, bir etak farzandlarni yetaklab yursin deya yaxshi niyat ila mevali daraxtlar ekishgan. Agar o‘g‘il bola tug‘ilsa, voyaga yetgach unga uy-joy qurish uchun kerak bo‘ladigan tol va teraklar ekib yetishtirishgan. Bu yaxshi udum albatta, yashillik olamini ko‘paytirishga yaxshilik yo‘lida xizmat qilgan.
Bir yo‘lovchi keta turib, nuroniy cholning mevali daraxtlar ekayotganini ko‘rib, debdi:
— Siz ekayotgan bu nihollar qachon voyaga yetadi-yu, qachon meva beradi, sizga nasib qiladimi, yo‘qmi?
— Menga savobi tegsa, bo‘ldi. Kelajakda ularning mevasini farzandlarimiz yeydi, — degan ekan u.
Ming afsuslarki, bugungi kunda ba’zi bir yoshlarda yetarli ekologik madaniyatning shakllanmagani, ularga ota-onalari tomonidan tabiat muhofazasi yoki ekologik madaniyat haqida yetarli tushuncha berilmagani sababli ona tabiatga, yashillik olamiga nisbatan hurmatsizlik, toptash, ezg‘ilash, sindirish yoki ataylab zarar yetkazish holatlari ko‘plab uchrab turadi.
Yoz kunlarining birida oi­laviy bilan, tabiat qo‘ynida dam olgani bordik. Tog‘ etagidagi soya-salqin joyda mashinani yo‘l chetiga to‘xtatdik. Narsalarni daraxt ostiga olib borishdan avval ikki nafarimiz 50-100 metrlar chamasi nariroqdagi joyni ko‘rishga bordik.
Ming afsuski, bizga sirtdan ma’qul ko‘ringan salqin joy, yashillikka burkangan joy bizdan avval kelib-ketganlarning kasridan achinarli holatda kelib qolgan ekan. Maysalar payxon qilingan, ichimlik shishalariyu ovqat va sigaret qoldiqlari, non bo‘laklari sochilib yotar edi.
Bir savol tug‘iladi. Nahotki, dam olishga kelganlar bu yerga o‘zidan keyingi odamlarning hordiq chiqarishi, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga haqqi borligini o‘ylab ko‘rmasa-a? Ular bizni yedirib, kiyintiradigan, to‘ydiradigan ona tabiatga nohaqlarcha munosabatda bo‘lgani uchun gunohga botishi va uning uvoli tutishini nahotki xayollariga keltirishmasalar?
Agar ularda ekologik madaniyat ko‘nikmasi shakllantirilganda edi, bunday achinarli holatga duch kelmagan bo‘lardik.
Ulug‘ olim Abu Rayhon Beruniy aynan ana shundaylarga “Agar odamlar tabiatga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lsalar, uning qonun-qoidalarini qo‘pol ravishda buzsalar, bir kun kelib tabiat ulardan o‘ch oladi, o‘shanda hech qanday kuch uni to‘xtata olmaydi” — deya yozgan edilar.
Hozirgi davrda ko‘plab mamlakatlarda yuz berayotgan turli tabiiy ofatlar, sel va kuchli to‘fonlar, yong‘inlar, kuchli yer silkinishiyu chang bo‘ronlari balki insoniyatning ona tabiatga nisbatan ana shunday shaf­qatsizligi yoki undan befoyda foydalanishi oqibati bo‘lsa kerak.
Ona tabiatni asrash va sevishda biz kattalar yoshlarning e’tiborsizlik va loqaydliklariga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Shunday ekan, maktab, uy, ko‘cha, mahallada bo‘ladimi, ularning xatti-harakatini kuzatuvda bo‘lgan holda o‘git va maslahatimizni ayamasak, albatta, buning samarasi sezamiz.
Avvalo, barchamiz shu ona zamin bag‘rida, gullab-yashnayotgan mamlakatda hayot kechirayotgan ekanmiz, ona tabiatni, yeru osmonni, atrof-muhitni asrab-avaylashga, uni asl holatida kelajak avlodga yetkazishga mas’ul ekanligimizni esdan chiqarmasligimiz shart.
Ona tabiat
Toshpo‘lat Xolmatov
Yoz der:
Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der:
Mevam, bolim bor,
Bari senga ol!
Qish der:
Kumush qorim bor!
Qorbobo yasang!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt.1
Yerimiz - ona tabiatimizning ajoyib tuhfasidir. Bizning yerimiz bizning boyligimizdir. Ona yerni sevish-tabiatni sevishda namayon bo‘ladi Bilasizmi, nima uchun ona yer deymiz?
Menimcha ona yer deyishimizdan maqsad inson dunyoga kelishi bilan ilk bor uni ko‘radi, uning nafasidan nafas oladi va birinchi qadamni uning baģrida bosadi.Tabiat bizni sevadi,tòydiradi va ardoqlaydi...
Bolalarda tabiatga bolgan mehrlarini oshirish maqsadida turli xil metodlardan foydalaniladi. Masalan, mavzuga doir ertakalar aytish,bolalarni ekskursiyalarga olib chiqish va tabiat bilan tanishtirish.
Masalan, bolaligimda boshlanģich sinf raxbarimiz bizga aytib bergan ertak hamon yodimda. Masalan, bolaligimda boshlanģich sinf raxbarimiz bizga aytib bergan ertak hamon yodimda. Kòp yillar avval Usmon va Umar ismli egizaklar bòlgan ekan.Ular juda inoq va ahil ekanlar. Ularning ota onasi ularni yoshlik choģlaridan mehnatga òrgatgan edilar. Usmon juda tirishqoq, mehnatsevar va baģrikeng bòlib ulģaydi. Ammo Umar juda dangasa edi. Usmon tabiatni, borliqni juda sevar, tabiatga zarar yetkazadigan ishlar qilmas edi. U nafaqat tabiat balki hayvonot olamini ham behad yoqtirardi. Agar kimda kim ularga zarar yetkazsa juda jahli chiqar va uni tòģri yolga solishga harakat qilardi. Baxtga qarshi Umar unday emas edi. Uni na tabiat na atrof-muhit va na hayvonot olami qìziqtirardi. U daraxtlarga ozor berar, kuz vaqtida xazonlarni tòplab yoqib yuborar va hayvonlarga ozor berardi. Ukasini bu ishidan Usmon juda ranjirdi. Bolalarda tabiatga bolgan mehrlarini oshirish maqsadida turli xil metodlardan foydalaniladi. Masalan, mavzuga doir ertakalar aytish,bolalarni ekskursiyalarga olib chiqish va tabiat bilan tanishtirish.
Masalan, bolaligimda boshlanģich sinf raxbarimiz bizga aytib bergan ertak hamon yodimda. Kòp yillar avval Usmon va Umar ismli egizaklar bòlgan ekan.Ular juda inoq va ahil ekanlar. Ularning ota onasi ularni yoshlik choģlaridan mehnatga òrgatgan edilar. Usmon juda tirishqoq, mehnatsevar va baģrikeng bòlib ulģaydi. Ammo Umar juda dangasa edi. Usmon tabiatni, borliqni juda sevar,tabiatga zarar yetkazadigan ishlar qilmas edi. U nafaqat tabiat balki hayvonot olamini ham behad yoqtirardi. Agar kimda kim ularga zarar yetkazsa juda jahli chiqar va uni tòģri yolga solishga harakat qilardi. Baxtga qarshi Umar unday emas edi.Uni na tabiat na atrof-muhit va na hayvonot olami qìziqtirardi. U daraxtlarga ozor berar, kuz vaqtida xazonlarni tòplab yoqib yuborar va hayvonlarga ozor berardi. Ukasini bu ishidan Usmon juda ranjirdi. Kunlardan bir kun Usmon ukasini toza suvga axlat tashlayotganini kòrib qoldi. Undan qattiq ranjidi va unga bunday qilish gunoh ekanligini va bu odamlarga va tabiatga zarar yetkazishini aytdi. Lekin Umar uni gaplariga parvo qilmadi, ahamiyatga ham olmadi. Agar shunday qilsa suv ifloslanishini natijada bu suvdan havonlar ichib kasallanishini nafaqat hayvonlar balki insonlar ham kasal bòlishini uqtirayotgan akasiga parvo ham qilmadi. Shu orada Umarning sevimli kuchugi kasal bb qoldi bundan Umar juda tashvishga tushdi. Uni veterinarlarga tekshirtirish uchun olib bordi ammo foydasi bolmadi. U kuchukchasidan ayrildi.Bu holatni veterinar shunday izohladi:Kuchukchangiz suvdan zaharlangan dedi.


Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish