Qizilsuv qo‘riqxonasi Qashqadaryo oblastida Yakkabog‘ tizmasining
archazorlar bilan qoplangan yon-bag‘irlarida tashkil etildi. Uning 20 ming gektarli
maydonida ayiq, qoplon, tog‘ echkisi (kiyik) muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonada,
asosan, tog‘ o‘rmon mintaqasi (archazor) va uning hayvonlari muhofaza qilinadi.
Miroqi qo‘riqxonasi Hisor tizmasining shimoliy yon-bag‘irda, Oqsuv daryosi
va uning irmoqlari havzasida joylashgan bo‘lib, tog‘, dasht, o‘rmon va subalp
mintaqalarini qamrab olgan. Qo‘riqxona va uning landshaftlari juda xilma-xildir.
Qo‘riqxona o‘ziga xos o‘simlik va hayvonlarga juda boy bo‘lib, ularning tarqalishi
balandlik mintaqalari qonuniyatiga buysunadi. Qo‘riqxonada Tyanshan tulkisi,
ayiq, Farg‘ona bo‘rsig‘i, bars (ilvirs), silovsin kabi hayvonlar muhofaza qilinadi.
Qo‘riqxonaning asosiy vazifasi balandlik mintaqalarining tabiiy komplekslarini
o‘rganish va muhofaza qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |