Табиатни муҳофаза қилиш ландшафтнинг бир бутунлиги, табиий компонентларнинг ўзаро мувозанатини муҳофаза қилишга қаратилган



Download 276,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana02.08.2021
Hajmi276,5 Kb.
#136450
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
alohida muhofaza etiladigan hududlar

Qizilqum  qo‘riqxonasi  Buxoro  viloyatining  Romiton  tumani  hududida, 

Amudaryo  qayirida  joylashgan  qayir-cho‘l  qo‘riqxonasi  hisoblanadi.  Hududining 

katta  qismi  (3100  ga)  daryo  bo‘yidagi  to‘qaylarni  va  kichik  qismi  (800  ga) 

Qizilqum  massivini  o‘z  ichiga  olgan.  Qayir  o‘simliklari  o‘tish  qiyin  bo‘lgan  qalin 

to‘qayzorni  hosil  qilib,  boy  floraga  ega.  Bu  yerda  150  o‘simlik  turlari  o‘sadi. 

To‘qayzorlarni  ko‘proq  daraxt-butazor  o‘simliklari  (turang‘i,  jiyda,  tol,  lomonos, 

yulg‘un  va  boshqalar)  egallaydi.  Bundan  tashqari,  bu  yerda  har  xil  o‘tlar,  qamish, 

lo‘xgullilar,  ro‘vak,  ajriq  va  boshqalar  o‘sadi.  Qo‘riqxonaning  qumli  cho‘l  qismi 

uchun  qora  va  oq  saksovul,  cherkez,  qandim  va  quyonsuyak  harakterlidir. 

Qo‘riqxonaning  tabiiy  sharoiti  turli  xil  jonivor  va  qushlarning  yashashiga  qulay 

imkon  beradi.  Sudralib  yuruvchilardan  cho‘l  toshbaqasi,  qizil  quloq  yoki  quloqli 

yumaloqbosh  kaltakesak  hamda  bot-bot  yoki  yumaloq  bosh  va  Seversov  gekkoni 

deb  ataluvchi  kaltakesaklar,  suvilon,  zaharli  charxilon  va  boshqalar  uchraydi. 

Qo‘riqxona  hududida  qishlovchi,  mavsumiy  uya  qo‘yuvchi,  ayniqsa,  suvda 

suzuvchi qushlar ko‘p bo‘lib, ularning 82 turi mavjud. Shundan 29 turi yilning to‘rt 

faslida  ham  shu  yerda  yashaydi.  Yirtqich  qushlardan  burgut,  qora  qirg‘iy, 

kuykanak  (maymunqush),  jig‘altoy  va  boshqalar  uchraydi.  Qo‘riqxonaning  eng 

chiroyli  qushi  Amudaryo  qirg‘ovulidir.  Hozir  ularning  soni  2  mingdan  ortiq. 

Qo‘riqxona qushlaridan qirg‘ovul va burgut alohida  muhofaza qilinadi. 

Sutemizuvchilardan  ingichka  barmoqli  yumronqoziq,  malla  yumronqoziq, 

qum  sichqoni,  qo‘shoyoq; yirtqichlardan chiyabo‘ri, tulki, to‘qay mushugi va qum 

mushugi,  bo‘ri uchraydi. Shuningdek, bu yerda 200 ga yaqin yovvoyi cho‘chqa va 




buxoro  bug‘usi  yashaydi.  Qo‘riqxona  tashkil  qilingan  paytda  hammasi  bo‘lib  6 

bosh buxor bug‘usi bor edi. Hozirgi vaqtda ularning  soni yuzdan oshib ketdi.  




Download 276,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish