5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalanish
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.
II. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV IDORALARINING TABIATNI MUHOFAZA ETIShGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
(7-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;
(7-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek to‘lovlarni undirish bo‘yicha imtiyozlar belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish”;
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |