29-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
(29-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
30-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi axborot ochiq-oshkora yo‘sinda bo‘lib, uning asosiy ko‘rsatkichlari davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan e’lon qilish uchun muntazam berib boriladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari falokatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativda belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar to‘g‘risida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tabiiy resurslarning miqdor, sifat va boshqa xil ko‘rsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta’sir qiladigan yoki nomaqbul tarzda ta’sir etishi mumkin bo‘lgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, chiqindilarning hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
(30-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi tartibi, davlat tabiiy resurslar kadastrlarini, atrof muhitga zararli ta’sir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 1998-yil 10-martdagi 104-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi qarorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |