- Geografik qobiqning bir butunligi va muayyan muvozanatda ekanligi.
- Geografik qobiq ham, har bir landshaft ham tabiiy komponentlar - tog‘ jinslari, relyef, iqlim, yer osti va yer usti suvlari, tuproq, o‘simlik hamda hayvonot dunyosining hududiy birikmasidan tashkil topgan. Bu tabiiy komponentlarning har biri o‘ziga xos qonuniyatlar asosida mavjud va rivojlanadi.
- Landshaftlarning o‘zgarish ko‘lami uning tarkibiy qismlarining, ya’ni tabiiy komponentlarning bir–biri bilan bog‘liqligi, aloqasi, hamjihatligi hamda o‘zgarish miqyoslariga bevosita bog‘liq.
- Shuningdek, komponentlarning rivojlanish tezligi ham har xil.
- Konservativlik ( lot. konservatus qo‘riqlanish, himoyalanish, muhofazalanish) darajasiga ko‘ra komponentlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin: litogen asos–relyef–iqlim- suv–tuproq-o‘simlik–hayvonot dunyosi
Do'stlaringiz bilan baham: |