Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик


 Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana16.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#378731
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
tabiat qonunlari va geoekologik tamoyillar asosida tabiatdan foydalanish

 

2.6. Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik 

kartalashtirish 

  Atrof - muhit  holatini kartada tasvirlash muhim  masala, uning  ilmiy va ahamiyati 

barchaga  ma`lum.  ekologik  kartalashtirish  deganda  faqat  birgina  «Ekologik  karta‖ni 

tuzishni nazarda tutmaslik kerak. ―Ekologiya‖ tushuncha- siga ko`ra tirik organizmlarning 

bir-birlari  va  atrof  muhit  bilan  bo`lgan  o`zaro  munosabatlarini  o`zgarish  deb  qaralsa,  u 

holda bu yo`nalishda bir necha bir-birlari bilan bog’liq bo`lgan mavzuli  kartalar yaratish 

mumkinligi ravshan bo`ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, 

inson bilan tabiat munosabatlarining geografik  va ekologik aspektlariniqamrab olganlari 

tufayli  bu borada ko`plab turli  mavzuli  analitik  va sintetik  kartalar  tuzish taqozo etiladi. 

  Ekologik 

kartalarni 

mazmuni, 

funktsional 

vazifasi 

(biror 

maqsadga 

yo`naltirilganligi),  undan  foydalanish  turiga  ko`ra  uch  tipga:  1)  umumekologik,  2)  aniq 

maqsadga yo`naltirilgan, 3) amaliy kartalarga ajratish mumkin. Umumekologik kartalarga 

mazmunan    keng  qamrovli,  ko`pgina  ekologik  hodisalar  va  jarayonlarni  majmuali 

umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu  guruhdagi kartalar sintezlashgan toifaga  mansubligi 




 

68 


tufayli  kartografik  mazmuni  ancha  murakkab  tuzilmaga  ega  va  shuning  uchun  ham  boy 

ma`lumotlarga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  ―Tabiatdan  foydalanish  kartasi‖,  ―Ekologik 

karta‖, ―Geoekologik karta‖, va boshqa shu toifadagi kartalar umumekologik kartalar deb 

atash mumkin. 

  Aniq maqsadga yo`naltirilgan ekologik kartalar maxsus kartografik mazmuniga ega 

bo`lib,  biror  ekologik  yoki  tabiat  muhofazasiga  oid  hodisalarni  tasvirlashga  qaratilgan 

bo`ladi.  Bu  jihatdan  qaraganda  Ushbu  toifadagi  kartalar  mazmuni,  ma`lum  maqsadga 

yo`naltirilganligi  tufayli  tabiat  komponentlari  yoki  resurslaridan  foydalanish  jarayonida 

vujudga  kelgan  ekologik  vaziyatni  tavsiflaydi.  Bu  borada,  masalan,  suv  resurslaridan 

foydalanish  borasida  xududda  tarkib  topgan  ekologik  ahvol  va  u  bilan  bog’liq  boshqa 

jarayon va hodisalar umumlashgan holda kartada aks ettiriladi. Albatta, asosiy kartada suv 

resursidan  foydalanish  va  uning  ekologik  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlari,  ayrim 

karta-kesmalarda  asosiy  kartani  mazmunini  to`ldirish  maqsadida  ba`zi  hodisalar 

tasvirlanadi.  Bu  guruhdagi  ekologik  kartalar  ma`lum  tabiat  resurslaridan  foydalanish 

natijasida  tarkib  topgan  ekologik  ahvol  va  u  bilan  bog’liq  boshqa  jarayon  va  hodisalar 

umumlashgan holda aks ettiriladi. Albatta asosiy kartada suv resurslaridan foydalanish va 

uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim karta-kesmalarda asosiy kartani 

mazmunini  to`ldirish  maqsadida  ba`zi  hodisalar  tasvirlanadi.  Bu  guruhdagi  ekologik 

kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni 

tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi. 

 Amaliy  ekologik  kartalar  mazmunan  tegishli  ekologik  vaziyatlarni  yaxshilashga 

 

xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o`z oldiga qo`ygan aniq maqsadiga ko`ra bu 



toifadagi  kartalar  sintetik  va  analitik  guruhlarga  bo`linadi.  Sintetik  ekologik  kartalar 

mazmunan  ancha  boy,  ularda  hisob-kitob  natijalari  olingan  ko`rsatkichlar,  mezonlar, 

me`yoriy  ma`lumotlar,  kuzatish  asosida  erishilgan  jamlama  ma`lumotlar,  tajribaviy  va 

dala  axborotlari  maxsus  kartografik  shartli  belgilar  asosida  tasvirlanadi.  SHuni  alohida 

ta`kidlash  lozimki,  bu  guruhdagi  kartalar  ko`proq  qayta  ishlangan,  ya`ni  tahlil  qilingan 

miqdoriy va sifatli ko`rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik kartalardan keskin 

farq qiladi. 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish