2.2. “Tebranma harkatlar” mavzusiga oid dars ishlanmasi.
Mavzu: Tebranishlar haqida umumiy ma’lumotlar.Garmonik va Majburiy tebranishlar
Darsning maqsadi. Tebranishlar, garmonik va majburiy tebranishlar, rezonans,matematik mayatnik haqida ma`lumotlar berish.
Tayanch so`zlar. Davriy harakat, tebranishlar,rezonans,
Darsning jihozlari. Plakatlar , tarqatma didaktik materiallar.
Darsda foydalaniladigan metodlar. “Fizik diktant”interfaol metodi.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism -2 minut
Uy vazifalarini tekshirish-10 minut
Yangi mavzuning bayoni-20 minut
Yangi mavzuni mustahkamlash -10 minut
Uyga vazifalar berish -3 minut
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalaniladigan “Fizik diktant” metodidan foydalanishga hozirlik ko`rish.
Uy vazifalarini tekshirish o`qituvchi “Fizik diktant” metodidan foydalanib, uy vazifalarini tekshirish uchun o`qituvchilarga quyidagilarga javob yozib topshiriladi.
Tebranish nima
Tebranishlarning turlari
Garmonik tebranish
Matematik mayatnik nima
Purjinali mayatnikka ta’rif
Matematik mayatnik formulasi
Purjinali mayatnik formulasi
8. Rezonans nima
Yangi mavzuni bayoni. O`qituvchi mavzuni tushintirishda tebranuvchi harakatlar nima ekanligiga katta e`tiborni qaratishi lozim. Davriy harakat nima, tebranma harakat nima, tebranishlar nima ular haqida to`liq ma`lumotni berishi kerak.
Mavzuni yoritishda tebranishlar nima ekanligi tushuntiriladi.
Quyidagilarni tushintirishga alohida e`tabor beriladi.
-harakat
-tebranish
-garmonik tebranish
-majburiy tebranish
-matematik mayatnik
Mavzuni tushintirish jarayonida slayidlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Dars jarayonida o`qituvchi muammoli hamda qiziqarli savollar bilan o`quvchilarga murojaat etsa, dars yana-da mazmunli o`tadi.
Mavzuni tushintirishda darslikda berilgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda tebranishlar haqidagi quyidagi ma`lumotlarni ham bayon etish tavsiya etiladi. Harakati o`rganilayotgan jismlar guruhi mehanikada jismlar sistemasi yoki oddiygina Sistema deb yuritiladi.Sistemada jismlar orasidagi o`zaro ta’sir kuchlarini ichki kuchlar deyiladi.Sistemadagi jismlarga shu sistemadan tashqaridagi jismlarning ta’sir kuchi tashqi kuchlar deb ataladi.Tebranma harakat qila oladigan Sistema shunday bir vaziyatga egaki, u o`z holicha bu vaziyatda qoldirilganda istalgancha uzoq vaqt davomida bo`la oladi.Bu muvozanat vaziyatdir.Sistema to`g`ri chiziq yoki yoy bo`ylab harakatlanib o`zining muvozanat vaziyatidan goh bir tomonga goh qarama-qarshi tomonga chiqishidan iborat davriy harakat tebranma harakat yoki tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan sistemaga ko`rsatilayotgan ta’sirning harakterigabqarab,tebranishlar erkin (yoki hususiy) va majburiy tebranishlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |