Zarur jihozlar: rasmli xat; rasm-sxema, jonli, jonsiz tabiat rasmlari, globus; tabiatda suvning aylanishi maketi; tuproqli(iflos) suv, varonkali bankalar(4 tadan); marlya, filtr uchun paxta; «tabiatda o’zini tutish qoidalari» belgilari.
Tashkiliy qism.
Tarbiyachi guruhga rasmli xatni olib kiradi.
Tarbiyachi: Biz bolalar, g’aroyib rasmi bilan xat oldik. Keling o’qib ko’ramiz.
«Adirda toza, tiniq daryo oqar edi. Daryoning qirg’og’iga o’yinchoqlar ishlab chiqaruvchi korxona qurdilar. Kichkintoylarni xursand qilib yangi o’yinchoqlar paydo bo’la boshladi. Korxona esa daryodan toza suv olib iflos suvni chiqara boshladi. Daryoda suv juda ko’p edi, korxona suvni ko’p ishlatgani uchun endi suv kamaydi. Daryodagi baliq kasal bo’lib qoldi. qushlar va hayvonlar esa undan suv ichmay qo’ydilar. Daryo xalokatga uchramoqda! Yordam bering! Tomchivoy». Tomchivoy va barcha tirik jonzotga toza, tiniq daryoni qaytarishga yordam beramiz! Faqat, keling avval kimga va nima uchun suv kerakligini eslab olaylik!
2. «Suv kimga kerak?» didaktik o’yini
Bolalar rasm sxema yoniga keladilar. Jonli va jonsiz tabiatdan suv zarur bo’lganlarini tanlab olamiz. Tanlangan rasmlarni rasm-sxemaga yopishtiramiz va suv unga nima uchun kerakligini tushuntiradilar.
Globus bilan ishlash
Tarbiyachi. Siz nima deb o’ylaysiz, Erda suv ko’pmi? Globusda erda suv va quruqlik qancha joyni egallaganligi yaqqol ko’rinib turibdi. quruqlik qanaqa rang bilan belgilangan? Suv-chi?(yashil, jigarrang va sariq bilan quruqlik belgilangan, moviy rangda esa- suv.
Tarbiyachi; Erda nima ko’p, suv-mi yoki quruqlik ekanligini aytish mumkinmi?(Erda quruqlikdan ko’ra suv ko’proq)
Tarbiyachi: Globusdagi moviy rangli masofa «akvatoriya» deyiladi. U suv xavzalaridan iborat. qanday suv havzalarini bilasiz? Globusda eng ko’p masofani qaysi suv havzalari egallaydi?(daryo, ko’l, ariq, dengiz, okean. Eng ko’p qismini okean va dengizlar, kamroq qismini daryo, ko’l, ariq egallaydi)
Tarbiyachi: Dengiz va okeanlardagi suvlar bilan daryo va ko’llardagi suvlarning farqi nimada? Inson qanday suvni ko’proq ishlatadi?(Chuchuk suvni inson ko’p miqdorda ishlatadi)
Tarbiyachi: Chuchuk suvni inson juda ko’p miqdorda ishlatadi, uning zaxiralari erda doimo to’lib turadi. Bu qanday sodir bo’lishini bilishni istaysiz-mi?
Tabiatda suvning aylanishi
Tarbiyachi: Tasavvur qiling, siz suv xavzasiga keldingiz. Juda ko’p tomchi dugonachalar o’ynab, maza qilmoqdalar. quyosh juda qattiq qizdirmoqda. Tomchi dugonachalar esa bittadan bo’lib xavoga uchib ketadilar. Ular juda balandlarga uchib ketadilar. Erdan juda balandda xavo soviy boshlaydi. Tomchilar yana birlashadilar. Shunday bulutlar xosil bo’ladi. Shamol ularni erga xaydaydi. Bulutlar rangi to’qlashib, og’ir bo’lib qoladi. Ulardan yomg’ir xosil bo’ladi. Yomg’ir-suvning kichik tomchisi. Ular erga tushib, o’simliklar va xayvonlarni sug’oradilar va erni namlaydilar. Er ostida tomchilar er osti jilg’alarini xosil qiladilar. Jilg’alar suv xavzalariga quyiladilar.
Er yuzida suv zaxiralari ana shunday yo’l bilan to’lib boradi. Bu jarayon tabiatda suvning aylanishi deb aytiladi, «aylana» so’zidan, suv aylana bo’ylab xarakat qiladi. Erdan osmonga, osmondan esa erga. Kim tomchining xarakatlarini aytib bera oladi? U qaday ataladi?
5. «Tomchilar aylana bo’ylab xarakat qilmoqdalar» xarakatli o’yin
Tarbiyachi: Kelinglar, biz xam tomchilarga aylanib, ularning sayohatlarini o’ynaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |