Hamma; ho‘p bo‘ladi shohim!
4-xizmatchi; Podshohi olam agar menga ruxsat bersangiz, men butun ona sayyoramizning tabiati qo‘ynidagi tirik jonlarning insonlarga qarata qilgan murojaatlarini etkazsam.
Shoh; Senga ruxsat! Yetkaz!!!
4- xizmatchi; rahmat! (mungli musiqa ohanglari ostida murojaatnomani o`qiydi)
M U R O J A A T N O M A
Biz, cho‘l ahli bilan bir dunyoda yashayotgan aziz insonlar! Biz cho‘l ahli siz insonlarga murojaat qilar ekanmiz! Sizlardan yalinib-yolvorib so‘raymiz! Bizlarni tinch qo‘ying! Cho‘lni o‘zlashtirmang. Axir siz insonlar dunyodagi ongli, aqlli, bilimli mavjudotsizlarku. Biz sizlarni hech tushuna olmadik. Allaqanday shaharlar qurasizlarmiey, tuppa-tuzuk oqayotgan daryolarni to‘sib, cho‘llarni suvga bostirib, o‘zlashtirib yuborasizlarmiey, daraxtlarni yoqib, o‘sha shahar degan beton uylari ko‘p bo‘lgan joylarda katta-katta trubalardan ko‘p tutun chiqarib musaffo osmonni, havoni bulg‘aysizlarmiey. O‘zi maqsadlaringiz nima? Axir o‘ziningiz ham shu ona tabiatni bir bo‘lagisizku! Eslang! Birinchi inson bo‘lib tabiatda ilk yaralgan vaqtlaringizda, ona tabiat sizlarni o‘zi saqlaganku,
7
o‘shanda siz ham juda nochor edingiz. Termachilik, ovchilik qilib tayyor tabiat bergan ne’matlar bilan yashagansiz. Lekin o‘sha paytlarda ona tabiatga hech qanday zarar etkaza olmagansiz. Ona tabiat sizlarni o‘zi saqlagan. Dunyoda eng mehribon zot onadir. Tabiat ham hammamizning O N A miz-ku. Axir sizdek aqlli, ongli mavjudot o‘z onasini nahotki qiynasa.Keyingi vaqtlarda siz insonlar tabiatga o‘ta shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqdasizlar. Axir sizlarda bir naql borku, “Chumolini ham uyi buzilmasin”. O‘zingiz esa butun cho‘l ahlini, o‘rmon ahlini, tabiatni uyini buzmoqdasiz-ku. Sizlardan yana bir bor yalinib, yolvorib so‘raymiz bizni tinch qo‘ying!!! Tinch qo‘ying!!!, tinch qo‘ying!!!.Axir cho‘l ona sayyoramizning pechkasi ekanligini juda ham yaxshi bilasizlar-ku, Ona sayyoramizda iqlim o‘zgarmoqda, buning sababi, siz insonlarning ona tabiatimizga salbiy ta’siringiz tufayli sodir bo‘lmoqda. Sizning ta’siringiz natijasida Orol dengizi quridi. Sizning ta’siringiz natijasida Iqlim o‘zgarmoqda. Sizning ta’siringiz natijasida O‘rmonlar yonmoqda, yo‘q bo‘lib ketmoqda, Sizning ta’siringiz natijasida daryolar, ko‘llar qurimoqda. Chunki daryolarning suvlarini to‘sib keraksiz tomonlarga oqizdingiz. Sizlardan iltimos ona tabiatni o‘z holiga qo‘ying!!! Tegmang!!! Tegmang!!!, tegmang!!!
Butun cho‘llarning tirik jonlari, Jumladan; o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami, ko‘zida yosh bilan, sizlardan iltijo bilan so‘raydi. Bizlarning yashashimizga halaqit bermang!!!
Hurmat bilan: Butun ona sayyoramizning tabiati qo‘ynidagi jonzotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |