Maktabgacha tayyorlov guruhi.Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga ko‘proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi.Tarbiyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi.Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shu kabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murak- kabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi.
Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba’zan esa asboblar - termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |