HIND XURMOSI
Hindistonda banan - hind xurmosi deb ataladigan ajoyib daraxt o’sadi. Banan daraxti yoshligida ingichka, nozik bo’ladi, lekin tez o’sib ulg`ayadi va juda ko’p shoxlaydi.
Shoxlaridan novdalar, o’ziga xos «ildizlar» o’sib chiqadi. Kokilga o’xshash novdalar yergacha osilib tushadi va yerga tekkan joyidan ildiz otadi. Bir necha yildan keyin uning o’zi ham rosmana daraxtga aylanadi. Shunday qilib, bir daraxt o’zidan ko’payib, juda katta maydonni egallaydi.
Hindistonning Kalkutta shahridagi bir tup banan ko’payib, hozir 1000 tup daraxtga aylangan va 1,2 gektar joyni egallagan. Bu daraxt hozir 200 yoshda. Banyanlarning shoxlari birbirlariga tutashib ketib, ulkan bir daraxtzorni eslatadi. Shuning uchun bananni «o’zi bitta, tanasi mingta daraxt» deb atashadi.
Shri-Lanka orolidagi mashhur bananning 1360 ta yo’g`on va 3000 ta mayda tanasi bor deyishadi. Uning asosiy ona tanasining yo’g`onligi 2 metrga boradi, boshqalarining yo’g`onligi 1 metr. Bu antiqa daraxtning novdasimon o’sib chiqqan ildizlari nam havodan oziqlanadi; shunday ildizlari bo’lmasa hind xurmosi bunchalik ko’paymas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |