3- Topshiriq. Bolalarning tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va malakalarini shakllantirish yo‘llarini ko‘rsating.
Tarbiyachi bolalarda bilish jarayonining to‘liq rivojlanishi uchun dastur vazifalarini va Davlat talablaridagi “Bilish jarayonining rivojlanishi" katta sohasining har bir kichik sohasi talablari, kutilayotgan natijalarini yaxshi bilishi va natijalarni (rivojlanish ko‘rsatkichlar) tanlashi, maqsadni amalga oshirish uchun tegishli markazlarni tayyorlash, jihozlar bilan boyitish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirishi lozim.
Markazdagi faoliyat bolani maqsad sari undashi, bolada qiziqish uyg‘otishi, bajarayotgan ishidan o‘ziga kerakli bo‘lgan bilimni olishi, tanlangan materialni yakuniy hulosasi aniq namoyon bo‘lishi, mavjud jihoz va ko‘rgazmalarning guruh bolalarining yoshiga mos, havfsiz va ularda qiziqish paydo qilishi lozimligi inobatga olinadi.
Markaz har xaftaning boshida yangi mavzu bilan jihozlanishi va hafta davomida yangi jihozlar bilan boyitib borilishi lozim va mavzu asosida berilayotgan vazifalarni bola mustaqil bajara olishi uchun imkoniyat yaratilgan bo‘lishi kerak; ya’ni vazifani bajarish bo‘yicha ko‘rsatma, yo‘nalish yoki sxemalar bilan ta’minlanganligiga e’tibor qaratiladi.
Markazlardagi ish davomida tarbiyachi bolalardagi faollikni va ularda yangi bilimlar bazasini qay darajada boyitilayotganligini, bolalar faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari va yutuqlarini kuzatib boradi. Lozim bo‘lsa bolalarga yengillik yaratish va ulardagi qiziqishni yanada oshirish maqsadida markazdagi jihozlarni boshqa biron bir jihozlar yoki mavzudan chetlashmagan holda yangi vazifalar bilan almashtirish mumkin. Faoliyat davomida faol bo‘lmagan bolalar bilan yakka ishlash hamda ularning ota-onalarini faoliyatga jalb etish choralarini ko‘rish mumkin.
Har hafta oxirida tarbiyachi bolalar faoliyatini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratadi, bolalar nimalarni bilib olgani, nimani bilishni hoxlashlari. Kun davomida suhbatlar jarayonida bir hafta davomida berilgan bilimlarni natijalari aniqlanadi ya’ni bolada tabiat va atrof-olamdagi o‘zgarishlar, tabiat hodisalari, amaliy tajribalar asosida nimalar hosil bo‘lishi yoki halok bo‘lishi, nimalarni yaratish mumkinligi, tirik va jonsiz tabiatni bir-biridan qanday ajratishi va tabiat uchun qanday foydali ish qilishlari mumkinligi haqidagi bilim
va malakalari tahlil qilinadi. Yakuniy hulosa chiqarishda tarbiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdimi yoki yo‘qmi buni aniq faktlar (mavzu asosida topishmoqlar, muammoli vaziyatlar, ta’limiy o‘yinlar) asosida tahlil qiladi. O‘tkazilgan tajribalarning bolalar ongiga qay darajada ta’sir etganligi, ularga nisbatan qiziqish ortgan ortmaganligi, o‘z mehnat natijalarida hosil bo‘lgan, yaratilgan narsalarni ehtiyot qilish, uni asrash kabi malakalarni singdirilganligiga hulosa qilinadi. Shundan so‘ng keyingi haftaga tayyorgarlik ko‘riladi.
“Bilish jarayonining rivojlanishi” yuzasidan Tarbiyachi turli yosh guruhda quyidagi vazifalar bo‘yicha ish olib boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |