O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tаsdiqlаymаn”
O’quv ishlar bo’yicha prorektor
____________ N.S.Jo’rayev
“_____” ________ 2021 yil
TABIAT BILAN TANISHTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
(Sirtqi ) 3-kurs
Bilim sohasi:
|
100000 –Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 - Pedagogika
|
Ta’lim yo`nalishi:
|
5111800 – Maktabgacha ta’lim
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
V VI
|
1
|
Nazariy (ma’ruza)
|
16
|
8 8
|
2
|
Amaliy
|
16
|
8 8
|
3
|
Seminar
|
-
|
|
4
|
Mustaqil ta’lim
|
32
|
16 16
|
5
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
6
|
Auditoriya soati
|
32
|
16 16
|
7
|
Umumiy o’quv soati
|
64
|
32 32
|
Qo’qon – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018-yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Tabiat bilan tanishtirish” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o‘quv dаsturi Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Kengashining 2021yil avgustdagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
Ashurova. G QDPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Z.Azizova QDPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
QDPI Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani:
2021 yil “___” __________ ____________ A.Abdurashidov
(imzo)
QDPI Maktabgacha ta’lim kafedra mudiri : 2021yil “____”___________ ___________ G.Nazirova
(imzo)
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
“Tabiat bilan tanishtirish” fani talabalarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, maqsadi va vazifalari, metodlari; tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish; pedagogik kollejlarda tabiat bilan tanishtirish fanidan darslarni tashkil qilish va o’tish metodikasi haqida bilim berish, tegishli ko’nikma va malakalarni hosil qilish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- tabiat bilan tanishtirish fanining maqsad va vazifalari, uning rivojlanish tarixi, pedagog va psixologlarning tabiatni inson hayotidagi ahamiyatini, bola shaxsining rivojlanishida tabiatning o’rni va vazifalari haqidagi qarashlarni, pedagogik kollejlarida tabiat bilan tanishtirish fanining o’qitilishi, dars turlari va mazmunini bilishi kerak;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturini tuzish, turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil qilish va hayvon yoki qushlarni, o’simliklarni parvarishlash; tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari, metodlari ishni rejalashtirish, tabiat bilan tanishtirish ishiga metodik rahbarlik qilish, tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini rejalashtirish va ularni o’tkazish; tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirish; sayr va ekskursiyalarni o’tkazish malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
22. Ma’ruza mashg’ulotlari
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |