Parlament (fr. gapirmoq) - saylov asosida tuziladigan qonun chiqaruvchi oliy davlat organi.
Respublika (lot. jamiyat ishi) - fuqarolarning umumiy saylovi asosida boshqariladigan davlat.
Monarxiya (yunoncha) - yakka hukmronlik.
Qanday sabablarga ko‘ra XIX asr so‘nggi choragiga kelib Fran- siya iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 4-o‘ringa tushib qoldi?
Nega hokimiyat uchun kurashda respublikachilar g‘alaba qozondi?
Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?
@1. Fransiyada iqtisodiy ahvolning xususiyatlqrini ochib bering. 2. Hokimiyat uchun kurash qanday kechdi? ~
6-§. Fransiyaning ichki ^iyosati
TT .. .. „ .... Respublika hukumati ichki siyosatda bir qa-
Uchmcm Respublika x . . . . . . , .
.... . r .. tor muhim tadbirlami amalga oshirdi. Chu- nonchi, 1881-1882-yilarda ta Inn to g nsida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi la’minlandi. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majbuny bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlan asosida ollb bonladtgan bo Id,.
°l,y pedagoglk blhm yurtlanda о q.tuvchi kadrlar tayyorlash yo Iga qo y ildi. Majbuny a hm dastunda о g.11 bolalar uchun gun- nastika predmeti majbuny deb belgilandi. Bundan о smirlami bo lajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko‘zda tu- tilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o‘quv yurtlarida ayol o‘qituvchilar tayyorlana boshlandi. 1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi. Ishchilar o‘z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdi. Bu birjalar ishsizlar haqida, ulaming turmushi haqida g‘amxo‘rlik qila boshladi.
Mahalliy kengashlarga o‘z rahbarlarini saylash huquqi berildi. Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.
@„Boy mamlakatlar uchun mustamlakalar sarmoya kiritiladigan eng qulay obyektdir... Men aytamanki... Fransiya hamma vaqt ortiqcha sarmoyaga ega bo‘lgan, katta-katta summalar eksport qilib kelgan. Janoblar... Buyuk irqlar quyi irqlarga nisbatan alohida huquqlar- ga ega, deb ochiq aytadigan vaqt keldi“. (Fransiya hukumatining boshlig‘i J. Ferrining 1885-yilda deputatlar palatasida so‘zlagan nutqidan.)
Mamlakatda respublikani mustahkamlash tobora iyosiy vo chyquj- qaror topa bordi. 1876-yilgi Senatga bo‘lgan saylovlarda respublikachilar qo‘li baland keldi. Bungacha davlatni boshqargan monarxiya tarafdori bo‘lgan Prezident Mak-Magon iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Mamlakatda ichki swosiy hayotning o‘ziga xos bir xususiyati - bu ko‘ppartiyaviylikmng qaror topganligi edi. Ulaming ichida radikallar, sotsialistlar va respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi.
Fransiya siyosiy hayotida, ayn1 paj^da, demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri ham o‘sib borayotgan edi. Chunonchi, mamlakatda millatchilik, shovinizm g‘oyatari keng tarqala boshladi. Bu g‘oyalar tarafdorlari qudratli qo‘shingina Blzas va Lotaringiyani qaytarib oli- shi mumkinligiga ishonar edi. Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxi- yachilar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning maqsa- di - mavjud tuzumni ag^darish edi. Bu maqsadga erishish uchun anarxistlar kurashning terror usulini qo'lladi. Ular parlanrent binosiga bomba tash adi -•
1894-yilda hatto mamlakat prezidenti Sadi Kamo ham о Idinldi. Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus to- momdan Germantyaga maxfty ma lumotlar yetkazib benlayotganligim amqladi.
Maxsus xizmat bu masalada Fransiya armiyasi Bosh shtabida xiz- mat qiluvchi, yahudiy millatiga mansub kapitan A. Dreyfusdan shubha qila boshladi. Tez orada u josuslikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Aslida A. Dreyfus josus emas edi. Biroq soxta hujjatlar va soxta guvohlar yordamida uning ,josus“ligi fosh etildi. Harbiy sud uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.
Siyosiy kuchlar „Dreyfus ishi“dan mamlakatda demokratiyaga qarshi tashviqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyatlami yanada avj oldirish uchun foydalandi.
Mamlakatda A. Dreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiy josus fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi. Ular haqiqiy josusni fosh etish uchun tekshiruvni davom ettirdi. Va nihoyat, haqiqiy josus aniqlandi. U bosh shtab mayori Estergazi bo‘lib chiqdi.
Biroq Bosh shtab va u bilan mustahkam bog‘langan kuchlar bu haqiqatni oshkor etishni o‘zlari uchun katta sharmandalik deb hisob- ladi. Lekin bu haqiqat sirligicha qolib ketmadi. 1897-yilda u matbuot yuzini ko‘rdi.
Fransiyaning barcha demokratik kuchlari A. Dreyfus ishini qayta ko‘rib chiqishni talab eta boshladi. Sharmanda bo‘lishni istamagan kuchlar soxta guvohning o‘ldirilishini uyushtirdi. Estergazi esa Fran- siyadan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
„Dreyfus ishi“ atrofidagi kurash uzoq davom^etdi. Oxir-oqibatda hukumat uni ozodlikka chiqarishga majbur bo‘ldi. Biroq u aybsiz- ligi uchun emas, ,,sog‘lig‘i yomonlashgani“ uchun ozod qilindi. A. Dreyfus faqat 1906-yildagina to‘la oqlandi.
T .. .. . ... XX asr boshlaagakelib, mamlakatda mo‘tadil
Iqtisodiy hayotdagi . . , ,® ,
o‘zgarishlar siyosiy barqarorlilMa minlandi. Bunga XIX asr 90-yillarining o‘rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildLBu davrda Fransiya, xususan, temir rudasi qazib chiqarish bo‘yicha AQSH va Germaniyani ortda qoldirdi.
Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. Natijada, sanoatda xizmat qilayotgan aholining soni 36 foizga yetdU40 foiz ЛоВ qishloq xo'jaligida band.edi
Fransiya eksportida jun binnchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazla- ma uehinchi fransuz. vinolari toTtinehi o'rinni egalladi Fransiyaning chetga kapital ch.qansh quyyat, yanada ortdr Bu borada u dunyoda Buyuk Bntaniyadan so ng ikkinchi о ringa chiqdi. 1914-yilga kelgan- da Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Janubiy Amerika davlatlariga 24 mlrd. frank miqdorida kapital chiqardi.
Bu kapitallar foiz hisobida Fransiyaga juda katta miqdorda da- romad keltiribgina qolmay, ayni paytda, siyosiy ittifoqchilami ham vujudga keltirdi.
Ijtimoiy harakat Fransiya mehnatkashlarining ahvoli esa og‘ir edi. Ular kuniga 10-12 soat, ba’zan 14-16 soat- gacha ishlashga majbur edi. Mehnatkashlar o‘z haq-huquqlari uchun kurasha boshladi. Bunday sharoitda ishchilar harakatini uyushtirish muhim ahamiyatga ega edi. 1880-yilda ishchi tashkilotlari vakillari „Fransiya ishchi partiyasi“ni tuzdi. Ayni paytda, ishchilar mehnat birj alari tuzildi. Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida g‘amxo‘rlik qila boshladi.
Chunonchi, mehnat qonunlari Kodeksiga ko‘ra, ish vaqtida olin- gan jarohat uchun to‘lov to‘lanadigan bo‘ldi. Haftada bir kun - dam olish kuni joriy etildi.
1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko‘rsatkich Germaniya va Buyuk Britaniyada 70 yosh edi). Ayni paytda, ijtimoiy harakatda ikki asosiy oqim mavjud edi. Ulaming biri - jamiyatni parlament yo‘li bilan (islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo‘l bilan (qurolli qo‘zg‘olon) qayta qurish yo‘li edi. J^kinchi yo‘l bora-bora o‘z ta’sirini butunlay yo‘qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |