2. Didaktik markazlashgan texnologiya
. Bu texnologiya markazida ta'lim
jarayoni turadi va ta'lim jarayoni tarbiyadan ustun qo‗yiladi. Aynan didaktik
vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‗yiladi. Bunda o‗qituvchi
yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‗qituvchi va talaba) bir
xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta'lim olish va tomonlar hamkorlikda ish
olib boradilar.
3
. Shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalar
. Ta'lim tizimining markazida
talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga so\lom psixologik muhitni tashkil
qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish,
qobiliyatini o‗stirishga qaratilgan. Bu yo‗nalishni to‗rt guruhga bo‗lish mumkin:
a) Insoniy texnologiyalar (Gumanno-lichnostyu texnologii). Bu texnologiya
o‗zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‗nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu
texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va
talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr
bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik
kabi \oyalar asosida qurilgan. O‗qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt -
sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod
etiladi.
v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi.
Talaba o‗zi tanlagan vosita va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni
xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uy\unlik hosil bo‗ladi.
g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni
o‗rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Ilmiy tajribani o‗rganish bo‗yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik
rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya
– (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy
ko‗rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul – qo‗z\atuvchi,
reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va ra\batlantirish. Ular o‗zlashtirish
mexanizmi mana shu ko‗rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi.
Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning
onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.
33
Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul
qilishiga, idrok qilish refleksini o‗rganishga asoslangan, yangi mavzuni
o‗zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda
tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish
xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi.
Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy
umumlashtirishlardan
foydalanish,
mantiqiy
bo\liqliklar
va
guruhlash
sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan
yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo‗lgan assotsiatsiyalar asosida
yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi
oson bo‗lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab
xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan
murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga
yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga
asoslanadi. His–tuy\ularni uy\otishga qaratilgan. O‗zlashtirish jarayonida
insonning nafaqat ongi, balki his-tuy\ulari ham ishtirok etishini va o‗zlashtirish
jarayonida hissiyotlarni uy\otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan
ham anglab yetishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul
qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‗ladi degan fikrlar asosida o‗zlarining
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni
o‗zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uy\otish va har bir talaba ana
shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |