T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
beparvo chehrali, serjahl chehrali, tabassum chehrali. 
 
Nazorat savollari: 
1.  Odamlarni  chehrasining  holati  bo’yicha  necha  guruhga  bo’lish 
mumkin? 
2.  Beparvo va serjahl chehra nimani bildiradi? 
3.  Tabassumning biznesmenlar uchun ahamiyati nimada? 
 
6.2.2. Xushmuomalalik 
 
Biznesmenlar  uchun  o’zaro  va  xalqaro  munosabat  qilishning 
universal 
vositalaridan 
yana 
biri 
xushmuomalalik 
hisoblanadi. 
Xushmuomalalik  –  bu  ichki  madaniyat  va  nafaqat  hamkorlarni,  boshqa 
insonlarni  ham  hurmat  qilish  belgisi  va  madaniyatli  kishilar  o’rtasidagi 
muomala 
qilishning 
odatga 
aylangan 
usuli 
sifatida 
qaraladi. 
Xushmuomalalik  boshqalarga  va  o’ziga  xurmat  bilan  qarashning, 
hamkorlar va suhbatdoshlar  manfaatini hisobga olishning hamda ularning 
hurmatga sazovorligini tasdiqlashning elementar qoidasidir. 
Xushmuomalalik  munosabatga  aloqador  biznesmen  kishilarning 
kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, natijada munosabat tomonlarining bir–
birlariga bo’lgan hurmati oshadi, bu esa o’z navbatida munosabat obyekti 


 
 
45 
bo’lgan  masalalarning  ijobiy  hal  bo’lishiga,  biznes  bo’yicha  aloqalarning 
yanada  mustahkamlanishiga imkon  beradi. Shu sababli ham  bo’lsa kerak, 
Servantes  “Xushmuomalalikdek  bironta  narsa  ham  shuncha  arzon 
turmaydi va shunday qimmat baholanmaydi” – degan edi.  
Ma’lumki,  xushmuomalalik  haqiqiy  va  soxta  bo’lishi  mumkin. 
Esingizdan chiqmasinki, soxta  xushmuomalalik – bu  ikki yuzlamalik va 
madaniyatsizlik  belgisidir.  Haqiqiy  xushmuomalalik  esa  biznesmen  va 
boshqa  madaniyatli  kishilarning  ichki  madaniyati  va  his  tuyg’ularidan 
kelib  chiqadi  va  boshqacha  muloqotga  tushishga  yo’l  qo’maydi.  Shuning 
uchun  ham  madaniyatli  biznesmen  hamkorlari  bilan  ham,  ko’chada  ham, 
jamoat joylarida ham, oila a’zolari va o’rtoqlari bilan ham bir xil haqiqiy 
muomalada  bo’ladi.  Madaniyatli  odamning  xushmuomalaligi  uning 
kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi. 
Xushmuomalalik  bir  nechta  shakllarda  bo’lishi  mumkin,  masalan 
ochiq  chehra  bilan  muomala  qilish,  hurmat–ehtirom  bilan  (katta 
yoshdagilar  va  boshliqlarga  nisbatan)  muomala  qilish,  vazminli  muomala 
qilish  (notanish  kishilar  bilan),  xolis  hurmat  yuzasidan  xushmuomalalik 
qilish  (ya’ni  odamshavandalik  qoidalaridan  kelib  chiqgan  holda)  va  o’ta 
xushmuomalali  muomala  qilish.  O’ta  xushmuomalalikning  ham  chegrasi 
bor, 
undan 
chiqmaslik 
kerak, 
chunki 
o’ta 
xushmuomalalik 
xushomadgo’ylikka va laganbardorlikka aylanib ketishi mumkin. 
Dunyo 
xalqlarining 
o’zaro  munosabat  qilish  poydevorini 
xushmuomalalik,  ya’ni  shirinsuxanlik  tashkil  qiladi.  Shu  sababli  ham 
shirinsuxanlik chet mamlakatlar xalqlari va millatlar urf–odatlariga hamda 
vatandoshlarga  bo’lgan  hurmat  belgisi,  boadablilik  bilan  munosabatga 
tushishning  asosiy  qoidalaridan  bir  hisoblanadi.  Xushmuomalali 
biznesmenlar  doimo  izzat–hurmatda  bo’ladi.  “Yaxshi  gaplar  bilan  ilon 
inidan  chiqar”  degan  o’zbek  maqolining  mazmuni  ham  xushmuomalalik 
qanday katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish