Rastr ma’lumot tiniqligi.
Rastr ma’lumotdagi katakchalar (
cell
) berilgan
rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga
koʻra, tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m
2
(10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi
ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m
2
joyni tasvirlagan boʻladi.
Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi
yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli
tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji
boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan ma’lumot bizga joy haqida yanada
aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega
boʻlgan piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |