Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
266
deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligi
natijasi.
Geokodlash (Geocoding) −
jadval va qatlam umumiyligini ta’riflaydigan
obyektlar, yozuvlardan va sonlardan iborat geografik ma’lumot, kartadagi
obyektlarga biriktirilgan bazaviy ma’lumotlarning joylashuv tizimi.
Geoma’lumot (Geodata) −
geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan formatga
joylashtirilgan joyning geografik ma’lumotlari.
Geomatika
(Geomatics)
..
−
..
axborot
texnologiyalari,
multimedia
va
telekommunikatsiya vositalarining ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim
tahlilida, avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi.
Geoportal (Geoportal) −
internet tarmogʻi orqali geografik ma’lumotlarni
joylashtirish, olish yoki geografik xizmat lardan foydalanishga imkon beruvchi
veb-portal turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |