Fazoviy ma’lumotlar bazasi (Spatial database) .. − .. geoaxborot tizimi
ma’lumotlar bazasining boshqacha nomi.
Fazoviy soʻrov (Spatial query) − berilgan ma’lumotlar toʻplami yoki raqamli
vektor formatdagi kartadagi belgilar yoki xususiyatlarni ularning geografik yoki
fazoviy bogʻliqligiga qarab belgilash jarayoni.
Fotogrammetriya (Fotogrammetry) .. − tasvirlar,
aerofotosuratlar
orqali
oʻlchovlar amalga oshiriladigan fan.
GAT texnologiyalari (GIS Technologies) − geoaxborot tizimining funksional
imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik
asos.
Generalizatsiya (Generalization) − kichik miqyosdagi geotasvirlarni kattaroq
miqyosga oʻtkazib umumlashtirish operatsiyasi.