Rastr soʻrovi.
Rastr ma’lumot soʻrovi quyidagi usullar yordamida
bajariladi:
1.
Rastr ma’lumotning piksel qiymatlari orqali. Bu soʻrov usuli rastr ma’lumot
soʻrovida eng koʻp qoʻllaniladigan usul hisoblanadi. Bunga qiymati 10 dan kam
boʻlgan barcha piksellarni belgilashni misol qilib keltirsak boʻladi. Rastr
ma’lumot soʻrovi Boolean operatsiya orqali ham (
AND, OR, NOT
) bajarilishi
mumkin.
2.
Atributlar orqali. Bu usul rastr ma’lumot mavzuli yoki tasniflangan va rastr
piksellari atribut ma’lumotlar bilan bogʻlangan boʻlsa amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |