4.8.
Geokodlash
Geokodlash atamasi GATda koʻcha manzillarini kenglik va uzoqlik yoki
boshqa oʻxshash koordinata sistemasiga oʻzgartirish jarayonida qoʻllaniladi.
Geokodlashning yana bir nomi bu georeferenslashdir. Geokodlashning muhim
talablaridan biri obyekt va jadval orqali bogʻlangan ma’lumotlar yagona boʻlishi
hamda shu orqali kartada berilgan ma’lumotlar boshqa yerda takrorlanmasdan
chalkashlikka olib kelmasligi zarur. Masalan, kartadagi obyektga berilgan
“Qori-
Niyoziy 39, Toshkent 700000, Oʻzbekiston”
manzili dunyoning boshqa hech qaysi
joyida takrorlanmasligi zarur. Bundan tashqari, iloji boricha geokodlanayotgan
obyekt har doim
oʻzgarmas
va
barqaror
boʻlishi kerak. Aks holda tez-tez
oʻzgarib
turadigan
obyektlar
kelajakda
har
xil
chalkashlik
va
tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |