20
Bilq-bilq, qayiqning ichida suv gapirganday bo'ldi, bu gal uning ovozi
balandroq eshitildi. Mattis cho'chib tushdi va o'ylashdan to'xtab hushyor tortdi —
suv uning tizzasigacha chiqib ketibdi. Aftidan, qayiqqa o'tirayotganda, uning
chirigan tubiga shikast yetkazgan shekilli — endi suv avvalgidan tezroq
yig'ilayotgan edi.
Haddan ziyod berilib uzoq o'ylagan bo'lsa kerakki, iliq suv oyog'ini ko'ma
boshlaganini ham sezmabdi: qayoqdagi narsalarni o'ylayvergandan keyin iliq suv
odamga sezilarmidi?
Bu asno suv uni halok etishi ham mumkin edi, chunki u suzishni bilmasdi.
Hozir u qayiq bilan birga suvning tubiga cho'kib ketadi.
— Xohlamayman! — deb qichirdi u ko'zlari qinidan chiqib. So'ng bor kuchi bilan
suvni cho'michda tashqariga sepib tashlay boshladi. U suvga o'tirib olib, suvni
yarim cho'michlab separdi.
Men qirqqa ham kirganim yo'q, o'ylardi u, hali juda erta.
Mattis qora terga botib, suvni qancha sepib tashlamasin, u kamayish o'rniga ortib
borayotganini angladi.
— Yordam beringlaaar! Cho'kyapmaaaan! — U bor ovozi bilan baqirdi. — Hoooy,
kim booor? Yordamgaaaa! Tezrooooq! Tezroooq!
U haddan tashqari uzoqqa suzib ketgan ekan, baqirgani foydasiz, ovozi
qirg'oqqacha yetib bormasdi.
Havo xiraligidan ko'rinmayotgan tomorqalarda uning chaqirishlari
eshitilmasdi. U qancha harakat qilmasin, qayiqda suv hamon ortib borardi.
Bu hammasi juda tez yuz berdi.
— Yo'q! — qichqirdi u.
Mattis to'ppa-to'g'ri o'ziga qarab turgan ko'zlardan ko'zlarini uzolmasdi. Ko'zlar,
faqat ko'zlar, ajalning ko'zlari.
Ammo Mattis o'lgisi kelmasdi.
— Xohlamayman! — qichqirdi u bo'zarib.
Suv sepib tashlashni davom ettirarkan, nihoyat, kichkina yalang'och orolchaga
ko'zi tushdi. Yap-yaqinida. Faqat ungacha yetib olish kerak, shunda u qutuladi.
Kallasi tez va aniq ishlardi. U, cho'mchni tashlab, eshkaklarga yopishdi.
Qayiq ancha o'tirib qolgan va suvi ko'payib og'irlashgan bo’lsa-da, harholda
joyidan siljidi. Mattis jon-jahdi bilan eshar, kuchi odatdagidan ortib ketgan edi.
Hozir u kuchi bormi-yo'qligi to'g'risida o'ylamas, faqat suvdan o'ziga qarayotgan
bu ko'zlardan nariroq suzib ketishga oshiqardi.
— Xege! — qichqirdi u.
Xege uni eshitolmasdi, ammo u faqat Xegeni yordamga chaqirishi lozim edi. U har
qanaqa falokatga uchraganda ham, har doim Xegeni yordamga chaqirardi.
Bu orada qayiq oz-ozdan orolchaga yaqinlashib borardi. Undagi suv yana bir necha
taxta yuqoriga ko'tarilgan va o'ziga yangi teshiklar topa boshlagan edi. Qaytish
to'g'risida Mattis o'ylamasdi.
U orolchaga yetib borishiga aqli yetgach, ortiq qichqirmadi. Hozir, hozir! U
eshgan sari, butun borlig'i shodlikka to'la borardi. Mana, nihovat u qutuldi —
toshloq orolga yetishiga ozgina qoldi.
Qayiqning tubi suv qa'riga tegdi va burni qirg'oqqa taqalib turib qoldi. Mattis
qayiqdan chiqdi, obdan tinkasi quribdi, chiqa solib yerga o'tirdi. Qo'llarini yerga
tiradi, terini artdi.
Sal bo'lmaganda...
O'tib ketdi-ya!
Xudoga shukur!
Bu orolcha kichkina suvosti qoyasining cho'qqisi edi, yoriqlaridan zaif o'tlar
o'sib chiqqandi. Har qalay o'tiradigan joyi bor edi. Mattis nafasini rostlab oldi,
hafto qayig'ini ham qutqarishga harakat qilib qo'rdi. U qayiqdagi suvlarni sepib
tashlashga qaror qildi, ammo qirg'oqqa chiqarolmasligiga ko'zi yetdi, unga baribir
suv kirishda davom etardi. Qayiq og'irlashib, o'tirib qoldi — uning hamma yog'i
chirigan edi. To'g'ri, u endi suvga cho'kib ketmayotgan edi.
Bu yer sayoz bo'lgani uchun, u suv tubiga o'rnashib qolgan, Mattis qirg'oqda,
qayiqning arqonidan tutib o'tirardi. O'tirishdan boshqa iloji ham yo'q edi.
Boshqalarning yordamisiz bu yerdan suzib ketolmasdi. U arqonni qo'lidan qo'yib
yubormasligiga sabab — uni bog'lab qo'yadigan hech narsa yo'q edi. Garchi u suv
tubiga o'rnashgan va havo ham sokin bo'lsa-da, Mattis baribir uni qo'yib
yuborishdan qo'rqar, birdan shamol turib qolsa, bu chirik matohni surib ketishi
mumkin, degan fikrda edi. Holbuki, uni hali sozlab ollish ham mumkin — o'zini
o'zi quvontirib, o'zini o'zi umidlantirar edi.
Ozgina bo'shashib olgandan keyin, yana biroz o'yga cho'mish — qanday
rohat! Ammo bunga shoshilmasa ham bo'ladi. Quyosh qizdira boshladi, Mattisning
joni yayrab ketdi — egni-boshi jiqqa ho'l bo'lib ketgandi. Kun shu qadar qizidiki, u
hatto yechina boshladi. Uyga qanday yetib borish to'g'risida Mattis hozircha o'yla-
masdi — hayoti yonga qoldi, boshqasi asta-sekin bo'laveradi.
— Eh, qanday zo'r bo'ldi-ya! — dedi u baland ovoz bilan, uyalmasdan. Bu yerda,
bu orolchada o'zing bilan o'zing xohlagancha gapirishaverasan.
Favqulodda ruhiy hayajon va og'ir vumushdan so'ng Mattis bo'shashib ketdi,
shunday chiroyli qizitib turgan oftobda tovlanib uxlagisi keldi. Qirg'oqqacha borish
esa bir gap bo'lar. Ertami, kechmi kimdir bu yerga suzib kelar-ku! Qorni
ochmagandi, faqat uyqusi kelardi. Biron kishi kelib qolmasidan oldin uxlab olish
mumkin.
Ammo Mattis arqoni qo'lidan chiqib ketishidan qo'rqardi. Bu — uni o'zi sevgan
hamma narsalar bilan bog'lab turuvchi rishtarasan edi. U uyqusini yengib
ololmasligiga amin bo'lgach, birdan-bir narsaga, ya'ni o'ziga bog'lamoqchi bo'ldi.
U arqonni to'pig'iga o'rab, pishiq tugun bilan tugdi. Qayiq suv tubiga mahkam
o'rnashgan bo'lsa ham, kim biladi devsiz, bu hol uzoq davom etadimi, yo'qmi.
— Men seni, sen meni — ikkimiz bir-birimizni asraymiz, — dedi u qayiqqa qarab.
Keyin hammasi birdan g'oyib bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |