T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
 
19 
Kunlardan bir kun iyulning oxirida Mattis baliq ovlagani jo'nadi. Jilla 
bo'lmasa, ko'l bo'ylab o'z qayig'ida suzmoqchi bo’ldi. Haftaning o'tgan ikki kunida 
odamni sevintiradigan hech nima bo'lmadi. Qo'shninikida pichan tashigan kun 
hisob emas, birgina kunning nimasini hisobga qo'shasan? 
Bugun Xega o'zi uni koiga jo'natdi. Ko'l jivir-jivir qilar, cheksiz-chegarasiz 
edi. Mattis uzoq-uzoqlarga, to kichkina tosh orolgacha suzib bordi. Qayerdadir, 


olis bir joyda avval bir motor, keyin boshqasi tar-tar qildi, ammo umuman olganda 
ko'l kimsasiz, huvullagan edi. Qirg'oqning yaqin joylarida tanish tomorqalar, olis-
olislarida esa notanishlari ko'rinardi. 
Mattisning baliqchilik anjomlari ikki pulga qimmat, qayig'i esa undan battar 
— suv kiradigan yorig'i bor edi. Mattis qayiqda o'ylab o'tirgandi, boshmoqlariga 
suv tegib, seskanib tushdi va suvni cho'michlab sepib tashlay boshladi. Keyin yana 
o'yga cho'mdi. Qarmog'i qayiq quyrug'iga ulangan, po'kagi esa baliq ilkishini kuta-
kuta uyquga ketgandi. Ufq tarafda teranlikdan iyul quyoshi lovullab ko'tarilardi. 
Mattis goh quyoshga, goh uning suvdagi aksiga qararkan, o'zini go'yo ikki quyosh 
oralig'ida o'tirganday his qilardi. Va o'zidan boshqa hech kim ērta bilan bunday 
tinch havoda baliq ovlamasligini bilardi. 
Ovlamasa ovlamasin, menga nima? 
Baliq o'zi, odatda, hech kim kutmagan paytda qarmoqqa ilinadi, deb o'ylardi 
Mattis, shunday bo'lgach, men emas, ular Tentak. 
U otlanib yo'lga chiqayotganda, Xege aytgan gapini o'ylardi: 
— Sendan hech kim kulmayotgan bo'lsa ham, sen odamlar mendan kulyapti, deb 
hisoblaysan. 
Xege shunday degandi. Bu so'zlar tomorqalar ko'ringanda xotirasiga qalqib chiqdi. 
U o'zini ochiqdan ochiq kimlar xafa qilganini eslashga urinardi. Ammo xira 
bolakaylardan boshqa, hech kim yodiga kelmadi. Orqasidan uni turli laqablar bilan 
atashardi, ammo odamlar har doim hammaning orqasidan gapirishadi. Shunisiga 
hayronman. 
Suv bilq-bilq qilib boshmog'iga oqib kira boshladi. U yana cho'michiga 
yopishdi. 
Ko'lda suzavotganda o'yga cho'mish mumkin emas, o'yni qirg'oqda o'ylash 
kerak, dedi o'ziga o'zi va qayiqqa kirgan suvni shunday jon-jahdi bilan sepib tash-
ladiki, quyruq tomonda nuqralar buluti ko'tarildi. 
Ammo tez orada yana o'yga cho'mdi — bu o'z-o'zidan yuz berdi. Baliq 
ilinmayotgani uchun ortiqcha vaqti ko'p edi. 
U yashagan umri haqida edi. Hayoti ko'ziga xuddi tuman qoplaganday xira 
ko'rinardi. Mattis kichikligida oilani otasi tebratardi. Xegega o'xshagan kichkina va 
aqlli edi. Esini tanigandan buyon hamma uni bironta ish bilan mashg'ul bo'lishga 
undardi. Otasi erta taslim bo'ldi. Onasi esa Mattisga, hali hammasi o'zgaradigan-
day, umid ko'zi bilan qarardi. Ammo u Mattis o'spirinligida olamdan ko'z yumdi. 
Bir necha yildan so'ng baxtsizlik yuz berib, otasi ham o'rmonda halok bo'ldi. Bu 
voqea yodiga tushsa, har gal o'sha manzaralar ko'z oldida gavdalanib, Mattisni 
dahshatga solardi. 


Xege ikkovlari yolg'iz qolishdi. Ular hozirgiday yashay boshlashganiga 
ancha bo'lgan. Mattisni birinchi marta Tentak deyishlaridan oldin, u hammaga 
o'xshamasligini tasavvur ham qilmasdi. Bu so'zni eshitgan kun hayotining bir 
chegarasi bo'lib qoldi. 
Mattis tomorqali sohillarga qararkan, hech kim menga yomonlik tilamaydi, 
deya takrorlab qo'yardi. U Xegedan aytgan bu so'zlari uchun minnatdor edi va
chindan ham shunday degan fikrni o'ziga singdirishga harakat qilardi. 
U cho'michi bilan yana suvni sepib tashlamasa bo'lmay qoldi. Bu suv degani 
ham qaytmas balo ekan-da! Uni cho'ktirmoqchi shekilli? 
Men cho'kkim kelmaydi, men yashagim keladi! 
Eh, shu asno qarmog'iga ko'lga kelganiga arzigulik katta bir baliq ilinsavdi! Uyga 
zo'r ov bilan qaytardi! 
Suvning tub-tublarida, qumloqlar aro naqshin soyalarday baliqlar ko'rinar, 
Mattisning qarmoqchasi aynan ular ustiga tashlangandi. Ular ham, xuddi 
Mattisning o'ziday, qilt etmay qotib qolishdi. Lekin juda hushyor, qochishga shay 
edilar. Mattis qo'lini sal qimirlatsa, shu ondayoq ular qaysidir bir qora chuqurga 
bekinib olishardi. Qarmoqdagi yemishga uchmasdilar. Ular ham aqlli edilar. Mattis 
qayoqqa bormasin, har yerda aqllilar tiqilib yotardi. 
Xege bo'lsa bir ahvolda, deb o'yladi u birdan. 
Xegening ahvoli yomon. 
Mattis ko'l uzra buni o'ylamoqchi emasdi. Ammo bu o'zidan o'zi bo'ldi. 
Xegening bugungi tuni og'ir bo'ldi. Mana shuning uchun ham u tong otishi bilan 
Mattisni ko'lga jo'natdi. 
Mattis kechasi uyg'onib kctdi, uning qulog'iga yoqimsiz narsalar eshitildi. 
Tovushiar Xegening xonasidan kelardi. Mattis oyoq uchida eshikka biqinib bordi 
va ichkariga qaradi. Xege yuzini devorga o'girib yotardi. Mattis chiroqni yoqdi, 
ammo Xege qimirlamadi. 
Uni vijdon azobi qamrab oldi — hammasiga u aybdor. 
— Yana men-a? — eshik yonida turib, ehtiyotkorlik bilan so'radi u. 
Xege Mattisga o'girilmay: 
— Yo'q! Senga nima a!oqasi bor? — deb javob berdi. 
— Bo'lmasa kim aybdor? 
— Hech kim, — javob berdi u. — Menga nima bo'lganini o'zim ham bilmayman. 
U o'girildi — ko'zlari iztirobga to'la edi. Hammasi Mattis o'ylaganidan ham 
yomonroq edi. Mattis uchun yana bir muammoning cheti ochildi. 
— Qo'limdan hech nima kelmaydi, — dedi Xege. — Bor, joyingga borib yot, 
Mattis! 


Har doimgiday, u yana bir to'siqqa to'qnash keldi. Xegening holi yomon, deb 
o'yladi Mattis birdan. Xege meni boqadi, meni boqish uchun har kuni kofta to'qib, 
pul topisni kerak. 
U opasining qoiini siladi: 
— Xege! Lekin hali to'qiy olsang kerak-a? Xcge shart o'zini tortib, teskari o'girilib 
oldi. 
— «To'qiy olsang?» Gapirma, nima deyayotganingni o'zing ham tushunmaysan. 
Bu so'zlardan keyin Mattis ko'nglidagi o'ylarini, avval uyalganidan aytolmagan 
fikrlarini to'kib sochishga majbur bo'ldi: 
— Sen meni boqasan, har doim boqib kelgansan, — dedi. 
Xege g'iq etmadi. - Men sen tufayli yashayapman. Bu kammi, axir? Bu juda ham 
muhim. 
Umuman u bunday deb o'ylamasdi, unda bunday o'y butunlay yo'q edi, ammo 
aqliga kelgan dastlabki gapni aytdi. 
Xege uning gapini tasdiqlab boshini Liqillatmoqchi bo'lgandi, manglayi devorga 
urildi, yengil gurs etgan ovoz eshitildi. 
— Menimcha, bu juda ham muhim, — takrorladi tamoman esankirab. — Men 
uchun. 
— Albatta, Mattis. Men uchun ham shunday. Ammo bu gap Xegega ozlik qildi. U 
devorga o'girilgancha yotar, yuzini Mattisga ko'rsatgisi kelmasdi. 
— Meni o'z holimga qo'y. Mattis, bu mening ishim. Amal-taqal qilarmiz. 
— Unday bo'lsa menga qara. 
— Yo'q, — qaysarlik bilan javob berdi u. Bu safar Mattis Xegening yuzini 
ko'rmadi. 
Mattis qo'llari shalvirab turardi. Xegega nima desaykin? Xegening o'zi ham 
o'ziga nima bo'layotganini bilmasdi. Holbuki, u juda aqlli. U Xegeni yupatmay 
shatir-shutur qilib o'z xonasiga chiqib kctdi. Xege endi shunaqa bo'lib qoldi. Shu 
yildan e'tiboran. Unga nima bo’ldiykin? 
Ertalab Xegening aftidan hech narsani bilolmadi, nonushta ustida ham 
Mattisdan baliq oviga borish-bormasini so'ramadi. Mattis taqdirga tan berib. ovga 
otlandi. 
Qiziq, hozir Xege nima qilayotgan ekan? Nima uchun uni hech kim 
ko'rmasligi kerak? 
Mattis qayiqda o'tirar va o'ylab o'yining tagiga yetolmasdi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish