1-rasm. Kalitlar to`plami.
1-asboblar idishi; 2-otvyortka; 3-umumlashgan otvyortka; 4-g‘ildirak kaliti; 5-domkrat; 6-12x14 gayka kaliti; 7-domkrat dastagi.
Avtomobilning tashqi holati.
Avtomobilning ichki va tashqi sirtlarini tozalash uchun tez bug‘lanib ketadigan aralashmalardan (lak, benzin, benzol eritkichlar, xo‘jalik yuvish vositalaridan) foydalanish ruxsat etilmaydi.
Bu aralashmalarning ba’zilari yengil alangalanuvchi va zaharli bo‘lib, inson salomatligiga xavf tug‘dirishi yoki avtomobilga shikast yetkazishi mumkin.
Avtomobilning tashqi sirtiga yopishgan yoki tomgan loy, moy va boshqa iflosliklar vaqt o‘tishi bilan quyidagi shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
Buyoq rangining o‘chishi.
Buyoq ko‘chishi oqibatida korpusning zanglashi.
Korpusni nam va iflosliklar ta’siri natijasida yemirilishi;
Shuning uchun avtomobil doimo toza holda bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |